O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
18.12.2018

SIFAT, BILIM VA MALAKA TIBBIYOTNING ASOSIY USTUNLARIDIR

Maqsuda VORISOVA, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari, Oliy Majlis Senati a’zosi:

— Suqrot «Barcha kasblar odamlardan, faqat uchta kasb xudodandir: bular muallim, qozi va shifokordir», degan edi.

Tibbiyot keng qamrovli, juda masuliyatli soha. Tibbiyotda islohot qilamiz, deb eng qiyin davrlarda ham (ocharchilik, turli epidemiya, urush davri) muvaffaqiyatli ishlab turgan tizimni izdan chiqardik. Orniga tushunarsiz bir tuzilma yaratildiki, u na davlat topshiriqlarini bajara oladi, na xalq manfaatdor boladi. Shuning uchun biror ozgarish kiritishdan avval chuqur oylab, xorij tajribasini shunchaki kochirma qilmasdan, aholi talablari, mavjud imkoniyatlar, vrachlar va hamshiralarning real imkoniyatlarini hisobga olgan holda (rahbariyatga beriladigan chiroyli hisobot uchun emas) xalqni rozi qiladigan tizim yaratilishi kerak.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 7 noyabr kuni imzolangan ota muhim Ozbekiston Respublikasi sogliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boyicha kompleks chora-tadbirlar togrisidagi qaror mamlakatimizda ana shunday sogliqni saqlash tizimini yaratishga asos boladi. Qarorda xizmatni tashkil qilish, uni moliyalashtirish, kadrlar tayyorlash kabi bir qator muammolar yechimi korsatilgan.

Dunyoda, mening bilishimcha, tekin narsaning ozi yoq. Har qanday moddiy buyum yoki xizmat oz narxiga ega. Faqat uning haqi kim tomonidan tolanishiga qarab, pulli yoki bepul, deb bilamiz. Uzoq yillar davomida xalq talimi va tibbiyot toliq davlat taminotida bolgani sababli aholi uni tekin deb qabul qilishga organib qoldi. Lekin maorif ham tibbiyot ham doimiy mablag talab qiladigan tizim bolgani, ayniqsa, songgi yillarda bu mablag yil sayin koproq talab qilinayotgani sababli har ikki sohada pulli xizmatlar joriy qilinishi orinli, deb oylayman.

Misol uchun, Prezident qarorida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam hajmiga kirmaydigan xizmatlar, tekshiruvlar pullik asosda tashkil etilishiga ruxsat berilmoqda. Tajribamdan kelib chiqib aytadigan bolsam, hozirda qishloq tumanlaridagi poliklinika va QVPlarda laborator tekshiruvlar hajmi ancha cheklangan. Bemorlar zarur tekshiruv uchun tuman markazi yoki shaharlarga borib, pulli tekshiruvdan otishga majbur bolmoqda. Qaror asosida esa bunday tekshiruvlarni shu joyning ozida pulli asosda tashkil etish mumkin boladi. Bu esa bemorning ham mablagini, ham vaqtini tejaydi.

Tibbiyotda aholining gashini keltiradigan yana bir holat turli hujjatlarning kopligi va vrachlarning asosiy vaqti ularni toldirishga sarflanishidir. Malumki, tibbiy xodimning ish vaqti qatiy olchangan va har bir bemor uchun malum vaqt belgilangan. Lekin ularga qoshimcha asoslanmagan holda bir qancha yumush yuklanishi ish sifati pasayishi, bajarayotgan vazifasidan bezishiga sabab bolmoqda.

Qarorda ana shu holatni butunlay tugatish, tibbiyot xodimi vaqtini asosan bemorlarga sarflashi uchun imkon yaratish maqsadida hujjatlar elektron korinishga otkazilishi belgilangan.

Shuningdek, majburiy mehnatga jalb qilinishi tajribali xodimlarning ishdan boshab ketishi, yosh mutaxassislarning birlamchi tibbiyot muassasalariga kelish xohishi butunlay sonishiga sabab boldi. Natijada birlamchi bogimda minglab vrachlar orni bosh turibdi. Qishloq oilaviy poliklinikalarining vrachlar bilan taminlanishi Sirdaryo va Surxondaryoda 50 foizdan kam, Jizzax, Xorazm, Toshkent viloyatlarida esa 60 foizga yetmaydi. 4 nafar vrach ishlashi lozim bolgan muassasada bir vrach ishlasa, qanday sifatni talab qilish mumkin, bu vrachning kuchi, vaqti qanchaga yetadi?..

Sogliqni saqlash tizimida ish orinlarining asossiz qisqartirilishi shu darajaga yetganki, 30 orindan kam bolgan bolalar shifoxonasida tungi navbatchi vrach shtati yoq. Shoshilinch tibbiy yordam bolimlarida ham ish orni qisqartirilgani sababli shoshilinch operatsiya holatlarida qabulxona vrachi va hamshirasi jalb qilinadi, qabulxona esa tibbiy xodimsiz qoladi. Tuman markaziy poliklinikalarida tor doira vrachlari ham keskin kamaytirildi. Masalan, bolalar ortasida kasalliklarning kop qismini LOR kasalliklari tashkil qilishiga qaramay, bu yonalish mutaxassisi, revmatologlar va boshqa koplab aholi uchun zarur bolgan mutaxassisliklarning ish orinlari qisqartirildi.

Qarorda ana shu muhim masalalarni hal qilish yollari belgilangani yaqin yillarda tibbiyot mavqei qayta tiklanishiga umid beradi. Buning uchun ambulator xizmat, yani poliklinika hamda QVPlarda moliyalashtirish aholi jon boshiga nisbatan olib boriladi va muassasa oziga biriktirilgan insonlarning salomatligini yaxshilashdan mafaatdor boladi. Chunki aholi qanchalik soglom bolsa, ogir kasalliklarning oldi olinsa, nogironlik holatlariga yol qoyilmasa, moddiy mablaglar muassasa ixtiyorida qoladi hamda rivojlanish uchun sarflanadi.

Aholi salomatligini yaxshilash yolida qabul qilingan hujjatlar talablarini toliq bajarish sohada xizmat qilayotgan mutaxassislarning vijdoniy burchi bolishi kerak, deb oylayman.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: