O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
18.12.2018

ADOLAT YOLIDAGI QATIY KURASH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligiga bagishlangan tantanali marosimdagi nutqi kishini chuqur oylashga, xulosalar chiqarib olishga undamoqda, kongilda kopdan-kop fikrlar uygotmoqda

Ma’ruzani matbuotda takror va takror oqib, avvalo, bir haqiqatni chuqur his etdik, mamlakatimizda inson huquqi, manfaati himoyasi yolida boshlangan shiddatli islohotlar mavsumiy emas, ular izchil davom etadi. Prezidentning qatiy sozlari, yangi takliflari bunga kafolat beradi. Biz kecha xayolimizga keltirmagan, aqlimiz yetmagan, yetsada, ishonishimiz qiyin bolgan masalalar kun tartibiga qoyilmoqda, ularning yechimi boyicha aniq takliflar bildirilmoqda.

Maruza mano-mazmunidan korinib turibdi, mamlakatimizda qilinayotgan barcha ishlar inson huquqi va manfaatini samarali himoya etishga, insonni uluglashga qaratilgan. Bunga koplab misollar keltirildi...

Oylab qarasak, ulug va savobli, qiyosi yoq ishlar bolayapti. Bu etirofda mubolaga yoq. Korib, bilib turibmiz, uy-joysiz, muhtojlikda kun korib kelayotgan yuzlab, minglab odamlarga qachon bunchalik keng qamrovli etibor, amaliy yordam korsatilgan? Qachon shunchalab uy-joy bepul berilgan, jihozlab berilgan? Qaysidir korxonaning qorovulxonasida, omborxonasi burchagida yoki qarindoshining bir kulbasida bola-chaqasi bilan yillab yashab kelayotgan nogiron kishilar, yakka-yolgiz ayollarning uy-joy bilan taminlanayotgani insonparvarlikning chinakam namunasi emasmi? Ularning quvonchi, koz yoshlarini korgan, yuraklari qatidan otilib chiqayotgan sozlarini eshitgan kishi bu savobli ishlar ahamiyati naqadar yuksakligini his etadi, anglaydi.

Prezidentimiz maruzasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tarixiy ozgarishlar Bosh qomusimizning hayotbaxsh kuchidan dalolatligi alohida takidlandi. Shu orinda bir fikr xayolga keladi. Konstitutsiya insonparvarlik goyalari, ulug maqsadlar bilan har qancha toldirilmasin, hayotda oz ijrosini topmasa, hech qachon qadri bolmaydi. Bu achchiq haqiqatni yaqin otmishda oz kozimiz bilan korganmiz. Konstitutsiya qogozda qolib, hayotda boshqa tartib bolardi. Oddiy qilib aytganda, gap boshqa, ish boshqa edi.

Masalan, sud-huquq sohasini olaylik. Konstitutsiyada nimalar deyilgandi-yu, amalda qanday edi?.. Xalqimiz huquqlari, shani, qadri shafqatsiz poymol etib kelinganini keksa avlod yaxshi biladi. Afsuski, mustaqillik yillarida ham otgan zamon illatlaridan qutulish qiyin kechdi. Ichki ishlar, prokuratura, sud, milliy xavfsizlik xizmati odamlar tasavvurida asosan jazolovchi idoralar sifatida muhrlangan edi. Bundan ikki yil ilgari sud-huquq tizimi faoliyati togrisida nihoyatda achchiq, ammo ochiq gaplar aytildi, tarixiy islohotlar boshlandi. Bu idoralar jazolovchi emas, balki inson huquqi, manfaatini himoya etishi kerakligi qattiq uqtirildi. Har birining vazifasi, vakolat doirasi aniq belgilab berildi. Bundan ikki yil ilgari sudlarda oqlov amaliyoti deyarli qollanilmayotganligi, bunday holat fuqarolar huquqlarini poymol etayotgani, odamlarda haqli noroziliklarni keltirib chiqarayotgani tahlil etib berilgan edi.

Bir faylasuf asossiz chiqarilgan har bir hukm jamiyat vijdoniga otilgan oq, degan ekan. Ozbekona qilib aytganda, aybsiz odamni qamoqqa tashlash gunohi azimdir. Asossiz qamoqda yotish azobini boshidan otkazgan biladi. Haqsizlik, adolatsizlik inson qadrini yerga uradi, umrini qisqartiradi, yuragida bitmas jarohat qoldiradi. Shuning uchun ham nohaq qamalgan odamni oqlash, oilasi bagriga, hayotga qaytarish, adolatni tiklash eng savob va ulug ishlardandir. Bilib-bilmay jinoyatga qol urgan, qilgan ishidan chin dildan pushaymon bolganlarni avf etish insonparvarlikning oliy korinishi, amaliy namoyishi emasmi?..

Maruzada keltirilgan ayrim raqamlarga etibor qarataylik: Joriy yilning ozida 1 ming 881 ta jinoyat ishi dalillar yetarli bolmaganligi sababli tugatildi. Ilgari qanday bolardi? Dalil top, isbotla, boyniga qoy, deb qoshimcha tergovga qaytarilardi, tergov chozilib, qonunsizlik avj olib, begunoh odam qamoqda iztirob chekib yotaverardi. Yana bir raqam: sudlar tomonidan 590 nafar shaxs oqlanibdi. Bu raqam 2016 yilda bor-yogi 28 tani tashkil etgani yoki 2017 yilda 263 ta ekanini hisobga olsak, sud-huquq tizimidagi islohotlar oz samarasini berayotgani yaqqol korinadi. Bundan besh-on yil ilgari bir yilda shuncha odam oqlanishini tasavvur etish mumkinmidi? Qancha yozmang, yugurmang, qon yutmang, oqlov yoq edi. Chunki qonundan ustun kuchlar, buyruqlar bor edi. Sudyalar yuragini hovuchlab ish korishi ham alamli haqiqat edi...

Bugun aybdorni aybdor, aybsizni aybsiz, deb ochiq aytilishi, oqlov hukmlari chiqarilayotgani avvalo, sud-huquq sohasidagi islohotlar samarasidir. Konstitutsiyamizda bitilgan kafolatlarning hayotdagi ijrosidir, insonparvarlik siyosatining yaqqol misolidir.

Xalqaro ekspertlar Ozbekiston Konstitutsiyasi umuminsoniy goyalarga, milliy qadriyatlarga asoslangan eng insonparvar konstitutsiyalardan biri ekanini kop bor etirof etishgan. Bugun esa Konstitutsiya asosida yurtimizda olib borilayotgan tarixiy islohotlarni, xususan, sud-huquq tizimida inson huquqlarini taminlash boyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni ibrat qilib korsatishmoqda. Bugun biz bir haqiqatni tobora teran va chuqur anglab yetmoqdamiz: Eng ulug, savobli ish — odamlar huquqi, manfaatini himoya etish, eng oliy vazifa xalqimizga halol xizmat qilish. Bu ishlarni birovga koz-koz qilish yoki nom chiqarish uchun emas, farzandlarimiz kelajagi, xalqimiz baxt-saodati, ona vatanimiz jonajon Ozbekistonimiz taraqqiyoti, kuchli-quvvatli bolmogi uchun qilmoqdamiz.

Inson huquqi faqat sud-huquq tizimi faoliyati bilan bogliq emas, albatta. Mehnat qilish, talim olish, tadbirkorlik erkinligi, barcha mulk shakllarining tengligi va davlat tomonidan muhofaza etilishi kafolatlangan. Boshqacha aytganda, inson munosib yashashi uchun nimaiki zarur bolsa, hammasi uning huquqlari hisoblanadi. Huquqlar buzilishi esa asosan mansabdor shaxslar tomonidan sodir etiladi. Maruzada juda ogir bir raqam keltirildi. Mamlakatimizda inson manfaatlari himoyasi uchun keskin kurash borayotgan, kop achchiq sinovlarni, adolatsizliklarni boshidan otkazgan xalqimiz izzat-hurmatini joyiga qoyish, qadr-qimmatini uluglash, yurtdoshlarimizga mehr-oqibat korsatish uchun halovat bilmay kurash ketayotgan bir paytda 1 ming 177 nafar mansabdor shaxs korrupsiyada ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortilganini qanday baholash mumkin? Ular orasida tuman, viloyat hokimlari ham borligi kishini qattiq oyga toldiradi. Hokim bolish katta sharaf, ozingdan yaxshi nom qoldirish uchun yaratilgan ulkan imkoniyat. Davlat rahbari senga odamlar taqdirini ishonib topshiryapti. Shu ishonchning ozi katta baxt, har kimga nasib etmaydigan baxt. Bu ishonchni qadrlab, tunu kun elga, yurtga sadoqat bilan mehnat qilayotgan hokimlar bor. Ammo yuzi qora bolib qolgan hokimlarni kim, nima yoldan urdi? Laganbardorlarmi, ochkozlikmi, masuliyatsizlikmi?.. Ehtimol jamoatchilik nazorati yoqligi sababli bu illatlardan qutula olmayotgandirmiz? Savol va sabab kop, albatta.

Ammo maruzada korrupsiyadek ogir, jirkanch jinoyatlarga murosasiz bolmasak, jamoatchilik nazoratini ornatmasak, bu baloga qarshi kurashimiz samarali bolmasligi aytildi. Prezident jahon tajribasidan kelib chiqib, Oliy Majlis palatalarida Korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha qomitalar tashkil etishni taklif qildi.

Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari goyat muhim orin tutishini ham takidladi. Afsuski, bu borada biz jurnalistlar hamon sukut saqlab kelayapmiz. Bugun buning sabablarini ozimizdan sorashimiz va unga javob topishimiz zarur boladi.

Hayot tajribasidan malumki, qayerda jamoatchilik nazorati sust bolsa, osha yerda korrupsiya avj oladi, muammolar kopayib ketadi, odamlar jabr koradi. Ommaviy axborot vositalarida esa aksariyat hollarda falonchiyev pora bilan qolga tushibdi, qamoqqa olinibdi, degan xabarlar bilan chegaralanamiz. Osha rahbar korrupsiya tuzogiga ilinib qolishiga nima sabab boldi, uni bunga nima majbur qildi? Uning irodasi sustmidi, tarbiyasi mortmidi, manaviyati kemtikmidi?.. degan savollar ustida oylamaymiz. Tahliliy xulosalar chiqarishga har doim ham intilmaymiz.

Maruzadagi birorta masala yoqki, ommaviy axborot vositalariga daxldor bolmasa. Shu bois ham uni bugungi va ertangi faoliyatimiz uchun dasturilamal, deb bilamiz. Maruzani diqqat bilan oqisak, hayotimizning kopdan-kop muammolariga javob topamiz. Jamiyat oldidagi javobgarlik, burch va masuliyatimizni chuqur his etamiz. Adolat oz-ozidan ornatilmasligi, buning uchun har birimiz har kuni qatiy kurashmogimiz lozimligini anglaymiz.

Safar OSTONOV,

Ozbekistonda xizmat korsatgan jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: