O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
18.12.2018

PREZIDENT QOYGAN VAZIFALAR IJROSI UCHUN AVVALO, NURONIYLAR, DEPUTATLAR JAVOBGAR BOLISHI KERAK

Akram AKBAROV, Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashidagi O‘zXDP guruhi a’zosi:

— Davlatimiz rahbarining Qashqadaryo viloyatiga tashrifi bu hududda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga yanada baland ruh bagishladi. Koplab yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish, uy-joylar bunyod etish, investitsiyalarni jalb qilish yuzasidan yangi vazifalar belgilab berildi. Men etiborni yana bir muhim jihatga qaratmoqchiman.

Prezidentimiz Qarshi shahrida viloyat va tuman hokimlari, sektor rahbarlari ishtirokida otkazgan yigilishida deyarli har kuni farmon, qaror chiqayotgani, ularning ustida tashkilotlar, ekspertlar oylab, yillab ishlayotgani, bu ish azobligi, ammo ularni amalga oshirish on karra azobligi haqida gapirdi. Haqiqatan ham bu ozgarish, bu islohotlar osongina, oz-ozidan bolayotgani yoq. Bugungi ijro hokimiyatining oldidagi vazifalar juda katta. Haqiqatning yuziga tik qarab aytish kerak, ular kechayu kunduz tinim bilmay ishlayapti. Farmon va qarorlar ijrosini taminlashga harakat qilayapti. Lekin ochigini tan olishimiz kerak, bu jarayonlarda keng jamoatchilikning orni va roli sezilmayapti. Nuroniylar, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi deputatlarda faollik bugungi talab darajasida emas.

Togrisini aytay, yoshim saksondan oshgan bolsada, Prezidentimizning sozlari, davatlarini eshitib, hayajonlanib, tolqinlanib ketaman. Hali kuch-quvvatim bor, Vatanim, xalqim uchun mehnat qilishga tayyorman.

Oylaymanki, har bir deputat, nuroniy, ozini shu yurt taqdiriga daxldor sanagan inson bu jarayonda faol ishtirok etishi kerak. Tomoshabin bolib otirish yoki men uchun kimdir qilib beradi, degan kayfiyat bilan bugun yashab bolmaydi.

Ayniqsa, mahalliy Kengash deputatlariga katta vazifalar yuklanyapti. Deputat endi chinakamiga xalq manfaati himoyachisi bolmogi kerak.

Mahalliy davlat boshqaruvi organlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, kamchiliklarga nisbatan murosasiz bolish talab etilyapti.

Bu ozgarish va yangilanishlarni bitta-ikkita odam bilan amalga oshirib bolmaydi. Odamlar, jamoatchilik uygonishi zarur. Ertaga nevaralarimiz, kelajak avlodimiz yaxshi yashashi, mamlakatimiz rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishi uchun bugun ozimizni qiynashimiz, mehnat qilishimiz kerak boladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: