O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
18.12.2018

DUNYO ETIROF ETGAN TASHABBUS

Avval xabar qilinganidek, 2018 yil 12 dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining yalpi majlisida «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» nomli maxsus rezolyutsiya qabul qilindi. Ushbu rezolyutsiya Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil sentabr oyida Nyu-York shahrida bolib otgan BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida ilgari surgan tashabbusning amaliy ifodasidir.

Helena FREYZER, BMTning Ozbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi, BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili:

— Marifat va diniy bagrikenglik nomli rezolyutsiya BMTga azo davlatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi. 51 davlat Ozbekiston tomonidan ilgari surilgan konstruktiv taklif, yani dunyoda mavjud barcha dinlarga nisbatan manaviy bagrikenglik madaniyatini kuchaytirishga doir goyani qollab-quvvatladilar. Chunki ushbu rezolyutsiya bagrikenglik bilan birga, madaniy va diniy bilimlarni kuchaytirish tamoyilini ham olga surgan holda, global tinchlik va farovonlik uchun ustuvor yonalish bolib xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Vladimir NOROV, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori:

BMT Bosh Assambleyasining yalpi sessiyasida Marifat va diniy bagrikenglik rezolyutsiyasi qabul qilinishi 2018 yilning muhim tarixiy voqeasi boldi. Ushbu hujjat Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yurtimizda millatlararo va diniy bagrikenglikni taminlash borasida uzoqni kozlab olib borilayotgan izchil chora-tadbirlarning dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinishidir. Rezolyutsiyada asosiy etibor huquqiy madaniyatni oshirish, diniy marifatni kuchaytirish orqali insonlar ongini sof tuygular bilan oziqlantirishga qaratilmoqda. Bugungi kunda Ozbekistonda hukm surayotgan millatlararo va dinlararo totuvlik, dostlik va bagrikenglik muhiti ijtimoiy barqarorlikni taminlash, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, Vatanimizning xalqaro maydonda obro-etiborini yanada yuksaltirishda muhim omil bolmoqda.

Amani al-ITR xonim, Misr Arab Respublikasining Ozbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi:

Ushbu muhim rezolyutsiyani Misr ham qollab-quvvatladi. Davlatlarimiz ortasida ayni masaladagi tutash nuqta, bu Ozbekiston bilan Misrning diniy totuvlik jamiyat barqarorligida muhim rol oynashini anglab yetganidir. Rezolyutsiyadan koplab muhim jihatlar orin olgan. Talim yonalishini oladigan bolsak, Ozbekistonda turli millat vakillari, turfa dinga etiqod qiluvchilar ozlarining munosib orniga ega. Mazkur yonalishda mamlakatingizda keng kolamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Rezolyutsiya tashabbuskori bolgan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rolini alohida takidlab otishni istardim. Bu Ozbekistonning xalqaro hamjamiyat oldida turgan murakkab muammolar yechimini topishda oqilona tashabbusi boldi.

Irfon Yusuf SHOMIY, Pokiston Islom Respublikasining Ozbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi:

Ozbekiston ilgari surgan tashabbusning muhimligi shundaki, dunyoning 50 dan ortiq mamlakati endi uning hammuallifi hisoblanadi. BMTda maqullangan rezolyutsiyani Pokiston ham dastlabki bosqichdan qollab-quvvatladi. Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mazkur rezolyutsiyaning asosini tashkil etuvchi sohalarni rivojlantirish yolida koplab ishlarni amalga oshirdi. Konsensus yoli bilan qabul qilingan hujjatda barcha azo davlatlar Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusini yuksak baholadilar. Xalq birdamligi, diniy bagrikenglik, inson huquqlari uning asosini tashkil etadi. Mazkur rezolyutsiya dunyo hamjamiyati uchun eng maqbul hujjat boladi, deb oylayman. Yaqinda Samarqandda Inson huquqlari boyicha Osiyo forumi bolib otgan, unda Samarqand deklaratsiyasi qabul qilingan edi. Xalqaro hamjamiyat va tarixan mushtarak bolgan mintaqa mamlakatlari ham bu tashabbusni qollab-quvvatlaydi.

Mosud MANNON, Bangladesh Xalq Respublikasining Ozbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi:

Bangladesh Respublikasi har doim tinchlik va totuvlik, diniy bagrikenglik tarafdori bolgan. Shu bois, Ozbekiston rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbusni birinchilardan bolib qollab-quvvatladi. Diniy bagrikenglik boyicha Ozbekiston dunyoda eng namunaviy va ornak bola oladigan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Men Ozbekistondagi 5 yillik elchilik faoliyatim davomida ozga din vakillariga nisbatan garaz munosabatni kuzatmadim. Aksincha, barcha din vakillari, millat va elatlar tinch-totuv, ahil va hamjihat yashaydi. Bu Ozbekiston Prezidenti olib borayotgan siyosat natijasida yurtda diniy bagrikenglik muhiti qaror topganidan dalolatdir. Qolaversa, bu masala faqat qonunlar bilan mustahkamlab qoyilgani uchun emas, balki kopchiligi islom diniga etiqod qiluvchi Ozbekiston xalqining boshqa din vakillariga nisbatan doimo hurmat-ehtiromda bolib kelgani bilan ham bogliq. Odamlarning turli millat vakillari bilan dostona munosabati, avvalo, ozaro muloqotlar orqali shakllanadi. Marifat va diniy bagrikenglik nomli rezolyutsiyaning BMT Bosh Assambleyasida qabul qilinishi ana shu ijobiy munosabatlar natijasidir.

VIKENTIY, Toshkent va Ozbekiston mitropoliti:

Bu tashabbus Ozbekiston tomonidan ilgari surilgani tasodif emas. Chunki bu yurtda azaldan diniy bagrikenglik mustahkam qaror topgan. Ozbekistonni bagrikenglik beshigi ham deyish mumkin. Dunyo xalqlari ham bu diyordagi kabi tinch-totuv, ahil hayot kechirsin, degan goya ilgari surilgani bejiz emas. Biz turli millat va konfessiyalar vakillari Prezident Shavkat Mirziyoyevning qollab-quvvatlovi, komagini doimo his qilib turamiz. Bunday etibordan juda minnatdormiz.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: