27.11.2012

Deputatlar 2013 yilda ish o‘rinlari tashkil etish dasturini tasdiqladilar

23 NOYABR KUNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUN­ChILIK PALATASINING NAVBATDAGI YaLPI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI.

Qonunchilik palatasi Kengashi taklif etgan kun tartibi tasdiqlanganidan so‘ng deputatlar 2013 yilda Ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi loyihasini muhokama qildilar. Ushbu masala yuzasidan mehnat va aholini ijtimoiy muho­fa­za qilish vaziri A.Haitov ma’ruza qildi.

Ma’ruzachi shuni ta’kidla­diki, 2013 yilda Ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash das­turi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilib, Oliy Majlis Qonunchilik pa­latasi muhokamasiga kiritilgan. Ushbu Dasturning aso­siy maqsadi hududlar ham­da ishlab chiqarish tarmoqlarining iqtisodiy salohiyatidan to‘liqroq foydalanish, nufus o‘zgarishlari ta’sirini va iqtisodiyotdagi tuzilmaviy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda mehnat resurslaridan oqi­lona foydalanish, ish bilan ta’minlashning samarali shakllarini rivojlantirishga har tomonlama ko‘mak­lashish hamda fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish yo‘­li bilan aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli va o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iboratdir.

Dastur Oliy Majlis Qo­nunchilik palatasi va Senatining 2010 yil noyabr oyi­da o‘tkazilgan qo‘shma maj­lisida O‘zbekiston Respub­­li­kasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan Mamlaka­timiz­da de­mokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini, 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan Inqirozga qarshi choralar das­turini hamda mehnat bozori­ning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hi­sobga olgan hol­da tayyorlangan. Dastur ishlab chiqarishni moderni­zatsiya qilish, tex­nik va texnologik jihatdan yangilash, aholining kam ta’minlangan qatlamlari, birinchi navbatda ko‘p bolali ayollar, nogironlarni, oliy va o‘rta max­sus kasb-hunar ta’limi muas­sasalarining bitiruvchilarini ishga joylashtirish, ularni kasb­ga qay­ta tayyorlash va ijtimoiy hi­moya qi­lish borasida faol va aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshi­rishga doir tarmoq dasturlarini hi­sobga olgan hol­da viloyatlar, tumanlar va shaharlar bo‘yicha alo­hida-alohida ishlab chiqilgan.

Kelgusi yilda ish o‘rin­lari tashkil etish va aholi bandligi­ni ta’minlashning asosiy prog­noz parametrlari va yo‘nalishlari — hududlar hamda iqtiso­diyot tarmoq­larini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, alohida tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishning mahalliy ham­da maxsus dasturlari bilan uyg‘unlashtirilganligi alohida ta’kidlandi.

2013 yilda 972,7 mingta yangi ish o‘rinlarini tashkil etish nazarda tutilmoqda. Bu ish o‘rin­lari yangi yirik sanoat ob’ekt­larini ishga tushirish, ishlab turgan korxonalarni rekonstruksiya qilish va kengaytirish, kichik biznes, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni, xizmat ko‘rsatish hamda servis sohalarini rivojlantirishni bundan buyon ham rag‘batlantirish, kasanachilik imko­niyatlarini, shu jumladan, yirik korxonalar bilan kooperatsiyalashgan kasanachilik imkoniyatlarini kuchaytirish hisobiga tashkil etiladi. Kasanachilik sohasida ish o‘rinlarining katta qis­mi an’anaviy ravishda milliy hunarmandchilik mar­kazla­ri hisoblanib kelinadigan mintaqalar — Namangan, Farg‘ona, Andijon, Sa­mar­qand, Buxoro viloyatlarida tashkil etiladi.

Ishlab chiqarish va ijtimoiy soha yetarli darajada rivojlanmagan, ishsizlik darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan tog‘li, chegara hududlarda joylashgan 28 ta olis tumanga alohida e’ti­bor beriladi. 2013 yilda bu hu­dudlarda kamida 126 mingta yangi ish o‘rni yoki 2012 yildagidan besh foiz ko‘p ish o‘rni tashkil etish nazarda tutilmoqda. Kelgusi yilgi Ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturida fuqarolarning ijtimoiy jihatdan kam ta’minlangan ­toifalarini ishga joylashtirish yana bir ustuvor yo‘nalishlardan biridir. Dastur doirasida nogironlarni hamda mehnat bozorida qiyinchilikka duch kelayotgan boshqa shaxslarni ishga joylashtirish uchun kamida 100 mingta ish o‘rnini zaxiralash (kvotalash) belgilangan. Ta’lim muassasalarining bitiruvchila­rini ishga joylashtirish Ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining muhim yo‘nalishlaridan biridir. 2013 yilda bo‘sh va zaxiradagi ish o‘rinlari hisobiga kasb-hunar kollejlarining 500 mingdan ziyod bitiruvchilarini ishga joylashtirish bel­gilangan. Shu maqsadda «kollej — korxona» tizimi bo‘yicha kollejlarga iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi 90 mingdan ziyod korxona va tashkilot biriktirib qo‘yiladi, bitiruvchilarning ish axtarishlari vaqtini qisqartirish uchun esa barcha yirik shaharlar va tumanlar­da kamida 900 ta bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘t­kaziladi. Bundan tashqari, tijorat banklari tomonidan kollejlar va oliy o‘quv yurtlarining bitiruvchilariga ular­ning o‘z tadbirkorlik ishini tashkil etishi hamda yo‘lga qo‘yishi uchun imtiyozli mikrokreditlar ajratish tajribasi davom ettiriladi.

2013 yilda Ish o‘rinlari tash­kil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi loyihasining batafsil muhokamasida barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda O‘zbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhi vakillari so‘zga chiqdilar.

Ishbilarmonlar va tadbirkorlar ha­rakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputatlar 2013 yilda ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlar berish bilan qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish muhimligini ta’kidladilar. Chunonchi, tijorat bank­lari tomonidan ana shu maqsad­lar uchun 5,1 trillion so‘m miqdorida kreditlar ajratish ko‘z­da tutilmoqda. Bunda imtiyozli kredit mablag‘lari asosan mehnat bozorida vaziyat keskin bo‘lgan olis qishloq tumanlari va hududlarida ish o‘rinlari tashkil etishni nazarda tutuvchi loyihalarni moliyalashtirishga yo‘llanadi. Deputatlar 2013 yilda Ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, fuqarolarning ishbilarmonlik faolligini bundan buyon ham rag‘batlantirishni nazarda tutishini qoniqish bilan ta’kidladilar. Shuningdek, ular parrandachilik, baliqchilik, asal­arichilikka, qishloq xo‘jaligi va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hamda saqlashga, issiqxona xo‘jalik­larini tashkil etishga ixtisoslashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish va kengaytirish rejalashtirilayotganligini ham qo‘l­lab-quvvatladilar.

O‘zbekiston Xalq demokratik par­tiyasi fraksiyasi a’zolari mazkur dasturning ishlab chiqilishi va bajarilishi aholi turmushini yaxshilashning asosiy omillaridan biri ekanligini ta’kidladilar. Shu tufayli ham O‘zXDP fraksiyasi ushbu dasturning ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi va partiya elektoratining manfaatlaridan ke­lib chiqqan hol­da loyihani har tomonlama chuqur va batafsil ko‘rib chiqishga katta e’tibor qaratdi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qonunchilik palatasidagi va mahalliy Kengashlardagi o‘z deputatlarining ushbu dasturni bajarish ishidagi ishtirokini yanada kuchaytirish zarur, deb hisoblaydi. Shu narsa ta’kidlandiki, dastur ij­ro etilishining har oydagi yakunlari bo‘yicha ushbu masalani tuman, shahar hokimliklari huzuridagi doimiy asosda ish olib boruvchi ishchi komis­siyalarining majlislarida tanqidiy nuqtai nazardan ko‘­rib chiqish, shu­ning­dek, joylardagi mavjud muammolar va kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etilishini ta’minlash ustidan doimiy ravishda deputatlar nazoratini yo‘lga qo‘­yish maqsadga muvofiqdir. Bun­da manzilli ro‘yxatlarga kiritilgan korxonalarga binolar, yer va kredit ajratish, ularni xomashyo bilan ta’minlash ham­da kom­munikatsiya tarmoqlariga ulash masalalariga alohida e’tibor qaratish kerak.

Kollejlarni bitiruvchilarning ijtimoiy himoyalanganligini ta’minlash maqsadida ular­ning ishga joylashtirilishini kafolatlashga doir qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish, shuningdek, Dasturning bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. 2013 yil­da ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlashning asosiy prognoz ko‘rsatkichlari va yo‘nalishlari hu­dudlar va iqtisodiyot tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir maxsus dasturlar, investitsiya, mahalliylashtirish dasturlari bilan uzviy bog‘liq ekanligi ta’kidlandi. Deputatlar 2011-2015 yillarda sanoatni rivojlantirish dasturini, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik ji­hatdan qayta qurollantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda investitsiya dasturlarini amalga oshirish hisobiga yangi ish o‘rinlari tash­kil etish yo‘lini qo‘l­lab-quvvatladilar, bunda yangi tashkil etilayotgan ish o‘rinlari barqa­rorligi va yuqori haq to‘lanadigan bo‘­lishi lozimligiga e’ti­borni qaratdilar. Ko‘proq Vatanimizdagi tovar ishlab chiqa­ruvchilarni davlat tomonidan qo‘l­lab-quvvatlash muhimligi ham­da qishloq xo‘jaligini, xizmatlar sohasini, shaharda va qish­loq joylarida zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

«Milliy tiklanish» demokratik par­tiyasi fraksiyasi vakillari kasanachilik, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni, ko‘p asrlik an’analarga ega bo‘lgan xalq hunarmandchiligini jadal rivojlantirish hisobiga ham yangi ish o‘rinlari tash­kil etish zarurligiga e’tiborni qaratdilar. Ularning fikri­ga ko‘ra, ayollar va yoshlarni, shu­ningdek, jismoniy imkoniyati cheklangan kishilarni kasanachilikning an’anaviy turlariga faol jalb etish juda muhimdir. Fraksiya a’zolari shuni ta’­kidladilarki, katta imtiyozlar va preferensiyalar, kasanachilarning buyurtmalari, asbob-uskunalari, xomashyosi, asboblari va inventarlari uchun joriy etilgan imtiyozli shart-sharoit­lar, ularning uydagi ish­lab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash mamlakatimizda kasanachilikning turli yo‘nalishlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. «Milliy tiklanish» DP fraksiyasi vakillari korxonalar va kollejlar o‘rtasidagi hamkorlikni bun­dan buyon ham kuchaytirish, kollejlarning bitiruvchilari korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashi hamda keyinchalik ularning ushbu korxonalarga ishga joylashtirilishi uchun muntazam ish olib borilishiga ko‘maklashish zarurligini ham ta’kidlab o‘tdilar. Shuningdek, deputatlar mamlakatimizdagi kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarida turizm, hunarmandchilik, tadbirkorlik sohasida ishbilarmonlik ko‘nikmala­rini shakl­lantirish, bu ishni O‘z­bekiston Savdo-sanoat palatasi va Markaziy bankning faol ishtirokida olib borishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tad­birlarni belgilash zarur, deb hisoblaydilar.

«Adolat» sotsial-demokratik partiya­si fraksiyasi a’zolari 2013 yilda Ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi ish o‘rinlariga talab yuqori bo‘lgan mintaqa­larda, chunonchi, Farg‘ona, Toshkent, Qash­qadaryo, Namangan, Navoiy viloyatlarida va Toshkent shahrida ish o‘rinlarini ko‘paytirishga xizmat qiladi. Shu­ning­dek, fraksiya a’zolari avvalo qish­loq joylarida bo‘sh va yangidan tashkil etilgan ish o‘rinlariga xotin-qizlarni, shuning­dek, oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlarining bitiruv­chilarini ishga joylashtirish zarurligini, qonun hujjatlarida ham fuqarolarning ushbu toifalari uchun bir qator imtiyozlar ko‘zda tutilganligini ta’­kidlab o‘tdilar. «Adolat» SDP frak­siyasi innovatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish hisobiga ham yangi ish o‘rin­lari sonini oshirish lo­zimligi­ni ta’kidladi. Fraksiya a’zo­lari 2013 yilda yoshlarni kasb­ga qayta tayyorlash borasidagi ishlarni davom ettirish lozim, deb hisoblaydilar. Ular Dasturning asosiy parametrlarini qo‘llab-quvvatladilar va uning hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilishiga ishonch bil­dirdilar.

O‘zbekiston Ekologik harakati­dan saylangan deputatlar oliy o‘quv yurtlarining bitiruvchilari uchun yangi ish o‘rinlari tashkil etish hisobiga mamlakatimizda yuqori intellektual salohiyatga bo‘lgan talabni kuchaytirish muhimligini ta’kidladilar. Ular mamlakatimizda tashkil etilayotgan ish o‘rinlarining barqarorligini saqlash zarurligiga alohida e’tibor qaratdilar. O‘zbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar aholi punktlarini obodonlashtirish, odamlarni sifatli ichimlik suvi, ekologik jihatdan toza oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash borasidagi ishlarni kengaytirish imkoniyati mavjudligiga, bunda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatning ifloslanishini istisno etuvchi zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etish muhimligiga ham e’tiborni qaratdilar. Shuningdek, ular yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholining bandligi masalalarini amalda hal etish uchun mas’uliyat avvalo davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi mahalliy organlarining, ishlab chiqarish korxonalari va biznes tuzilmalarining rahbarlari zimmasida bo‘lishini ta’kidladilar. Deputatlar mamlakatimizdagi mavjud tabiiy salohiyatni hi­sobga olgan holda ekoturizmni yanada rivojlantirish va bu sohada yangi ish o‘rinlari tashkil etish muhimligini ta’kidladilar. Yangi ish o‘rinlari tashkil etish chog‘ida joyning jug‘rofiy jihatdan o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, mahalliy korxonalar salohiyatidan foydalanish zarurligiga, shuningdek, yangi tashkil etilayotgan ish o‘rinlari ekologik muhitga, aho­li sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasligi muhimligiga e’tibor qa­ratildi. Deputatlar, shuningdek, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish chog‘ida «yashil energetika» masalalarini hisobga olish, ya’ni quyosh va shamol ener­giyasidan foydalanish zarurligini ta’kidladilar. Bunda ilgari tashkil etilgan ish o‘rinlarini saqlab qolish va ish o‘rinlarining barqarorligiga ham e’tibor qaratildi.

Muhokama davomida bildirilgan fikr-mulohazalarni hi­sobga olgan holda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 2013 yilda Ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturini tasdiqladi hamda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palata­si o‘z vakolatiga kiruvchi boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi axborot xizmati


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

So‘nggi yangiliklar: