O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
13.12.2018

HECH KIM MEHR VA ETIBORDAN CHETDA QOLMAYDI

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi hamda xalq deputatlari tuman Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi a’zosi, «Sifatli sut» MChJ rahbari Farruh Bekmirzayev homiyligida xayriya tadbiri otkazildi.

Dastlab deputat va mutasaddilar Buxoro shahridagi nogiron ayollar maxsus uyida bolib, u yerdagi sharoit bilan tanishdi. Nogironlar kuni munosabati bilan bir guruh ehtiyojmandlarga nogironlik aravachalari hamda maxsus sovgalar topshirildi.

Shuningdek, bayram dasturi doirasida korgazma tashkil etildi. Unda tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanayotgan nogironligi bolgan xotin-qizlarning ijod namunalari namoyish etildi. Ishtirokchilar tuman hokimligi va homiy tashkilotlarning sovgalari bilan taqdirlandi.

— Xalq demokratik partiyasi, deputatlar hamda tadbirkorlar bilan yaxshi hamkorlikni yolga qoyganmiz, deydi tuman hokimi orinbosari, xotin-qizlar qomitasi raisi Sharofat Yuldasheva. Odamlarni boqimandalik kayfiyatidan chiqarish, bandligini taminlash oldimizda turgan dolzarb vazifalardan sanaladi.

Tadbirning ikkinchi qismi bir piyola choy ustida davom etdi. Sardoba ashula va raqs ansambli ishtirokidagi kuy-qoshiqlar tadbir ishtirokchilariga kotarinki kayfiyat ulashdi. Qatnashchilar orasida Lobar Bozorova ham bor edi.

Kop bolali oilaga kelin bolganman, dedi u. Turmush ortogim mavsumiy ishlar bilan shugullanardi. Mehnati ogir edi. Birinchi farzandimiz tugilgach, u xastalikka chalindi va nogironlik nafaqasiga chiqishga majbur boldi. U kishini davolatish uchun kop harakat qildik. Biroq ijobiy ozgarish sezilmadi. Ikkinchi farzandimiz tugilgandan song ahvoli yomonlashib, toshakka mixlanib qoldi. Bir necha yil ularga qarab, uyda otirdim. Keyin uchinchi farzandimiz tugildi. Umri qisqa ekan, turmush ortogim va kenjam 6 oyligida vafot etdi. Bolalarim uchun barchasiga chidashim, qiyinchiliklarni yengib otishim kerak edi.

Vazirlar Mahkamasining ogir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bolgan, kam taminlangan, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi togrisidagi qarori muammolarimni hal qildi. Viloyat hamda tuman xotin-qizlar qomitasining tavsiyasiga asosan uy-joy bilan taminlandim. Ishlayapman, farzandlarim bilan baxtliman. Meni qollab-quvvatlaganlardan cheksiz minnatdorman.

Tashkilotchilar turmush sharoiti ogir, nogironligi bor 15 nafar xotin-qiz xonadoniga yoqlab borishdi. Muammolar organildi. Jarqoq MFYda yashovchi Latifa Roziyevaga nogironlik aravachasi topshirildi. Yangi uy qurilishiga yordam korsatiladigan boldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: