O'zb  
 
13.12.2018

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida Davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatdagi mineral-xomashyo va qishloq xojaligi resurslarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish uchun zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash borasida keng kolamli dasturlarni izchil amalga oshirish yetakchi tarmoqlar, shu jumladan, energetika, neft va gaz, kon-metallurgiya va kimyo sanoatini rivojlantirishning jadal sur’atlarini saqlash imkonini bermoqda.

Yoqilgi-energetika resurslaridan oqilona foydalanish va ularning ishlab chiqarish hajmlarini kopaytirish orqali, shu jumladan, atom energetikasini tashkil etish hisobidan respublikaning elektr energiyasiga nisbatan ortib borayotgan ehtiyojini taminlash chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, tahlil va organish natijalari xavfli ishlab chiqarish obektlarining sanoat xavfsizligini taminlash sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati samarasizligi hamda bu yonalishda metodologik hujjatlarni ishlab chiqish uchun yetarli etibor mavjud emasligidan dalolat bermoqda.

2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi hamda Ozbekiston Respublikasidagi Mamuriy islohotlar konsepsiyasi vazifalariga muvofiq, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohalarida boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda samarali davlat nazoratini taminlash maqsadida:

1.Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qarini geologik organish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va uning mintaqaviy inspeksiyalari negizida Ozbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qomitasi (keyingi orinlarda – Sanoat xavfsizligi davlat qomitasi) va uning hududiy boshqarmalari tashkil etilsin.

2. Belgilab qoyilsinki:

Sanoat xavfsizligi davlat qomitasi atom energetikasi va yadro texnologiyalari obektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini taminlash, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obektlarida sanoat xavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish va nazorat qilish uchun javobgar bolgan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;

Sanoat xavfsizligi davlat qomitasi Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.

3. Quyidagilar Sanoat xavfsizligi davlat qomitasining asosiy vazifa va faoliyat yonalishlari etib belgilansin:

atom energetikasi va yadro texnologiyalari obektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini taminlash, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obektlarida sanoat xavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini yuritish boyicha ishni muvofiqlashtirish va nazoratni amalga oshirish;

sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qaridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi hamda istirohat boglari attraksionlarini ekspluatatsiya qilish borasidagi qonun hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;

sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini taminlash borasida respublikada yoqilgi-energetika kompleksi va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini yanada rivojlantirish boyicha strategik reja va dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

atom energiyasidan foydalanish sohasida litsenziyalash, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini taminlash sohasida davlat nazorati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

sanoat xavfsizligini ekspertizadan va akkreditatsiyadan otkazish tizimini takomillashtirish, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish bilan bogliq obektlar xavfsizligini ekspertiza qilishni tashkil etish;

sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qaridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi hamda istirohat boglari attraksionlarini ekspluatatsiya qilish borasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va qabul qilish;

xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek, soha faoliyatiga taalluqli bolgan xalqaro shartnomalar boyicha Ozbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini taminlash;

texnika va texnologiyalarning jadal rivojlanishini hisobga olgan holda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qaridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi sohalarida faoliyatni amalga oshiruvchi mutaxassislarning malakasini oshirish.

4. Belgilansinki:

Sanoat xavfsizligi davlat qomitasining oz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xojalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi;

Sanoat xavfsizligi davlat qomitasi Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qarini geologik organish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining huquq va majburiyatlari boyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

Sanoat xavfsizligi davlat qomitasining raisi Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

Sanoat xavfsizligi davlat qomitasi raisining orinbosarlari Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

5. Sanoat xavfsizligi davlat qomitasi va uning hududiy boshqarmalarining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:

Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablaglari;

Sanoat xavfsizligi davlat qomitasining byudjetdan tashqari mablaglari;

faoliyat yonalishi boyicha, shu jumladan, Sanoat xavfsizligi davlat qomitasi boysunuvidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan ishlarni bajarishdan va xizmatlar korsatishdan tushumlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya homiylik mablaglari;

xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlar grantlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

6. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining «Ozbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qomitasi faoliyatini tashkil etish togrisida»gi qarori loyihasini kiritsin.

7. Sanoat xavfsizligi davlat qomitasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish togrisida iltimosnoma kiritishi mumkin bolgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xojalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari royxatiga kiritilsin.

8. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 9 dekabrdagi PF3358-son Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika davlat boshqaruvi organlari royxatiga 1-ilovaga muvofiq ozgartirish va qoshimcha kiritilsin.

9. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oz kuchini yoqotgan deb hisoblansin.

10. Sanoat xavfsizligi davlat qomitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan ozgartirish va qoshimchalar togrisida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

11. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda ozlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.

12. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi orinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018 yil 12 dekabr


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: