O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
11.12.2018

HAQIQATNI QAROR TOPTIRISH SUDYANING DILIDA HAM, ISHIDA HAM BOSH MAQSAD BOLMOGI KERAK

Davlatimiz rahbarining ma’ruzasini tinglab, xayolimdan so‘ngi ikki yil mobaynida sud-huquq sohasida olib borilayotgan beqiyos islohotlar va ularning bugungi samaralari otdi.

Avvalo, aytish kerakki, sud mustaqilligini taminlash, sudlarga bolgan etibor, huquqiy demokratik davlat qurilishining asosiy shartlaridan biridir. Sudyalarning mustaqilligi, ularning daxlsizligini taminlash sudya maqomini kotaradi, odil sudlovni amalga oshirishga xizmat qiladi. Bugun sudyalarni tanlash va lavozimga tayinlashda keskin ijobiy ozgarishlarga erishildi. Endilikda sudyalar har besh yilda emas, balki bilimi, halolligi, vatanparvarligiga qarab tanlanib, muddatsiz davrga ishlash huquqiga ega boldi. Ular tajribasini orttirishi uchun qulay sharoit yaratildi. Bu kabi huquq va vakolatlar sudyalarning xalq oldidagi obrosini, mavqeini kotarmoqda. Shu bilan birga, ularning davlatimiz, jamiyatimiz va fuqarolarimiz oldidagi masuliyatini ham kuchaytirmoqda.

Maruzada alohida takidlanganidek, sudya oz vazifasiga masuliyat bilan yondashib, korilayotgan har bir ishni qonuniy va adolatli hal etmogi lozim. Chunki sudya sudlanayotgan shaxsni aybli yoki aybsizligini aniqlash masalasini, ozining nazariy va amaliyotdagi bilimi doirasida hal etib, respublika nomidan qaror qabul qiladi. Shuning uchun ham sudya xatoga yol qoyishi aslo mumkin emas. Uning qarori barqaror bolmogi lozim. Buning uchun sudyalar oz bilimini muntazam oshirib borishi, holol, vatanparvar bolishi, eng asosiysi xalqning xizmatida ekanligini unutmasligi lozim. Chunki fidoyi va adolatli sudyani xalqning ozi bilib oladi va unga ozi baho beradi. Sudya uchun eng «oliy unvon» xalqning roziligidir.

Maruzada, ayrim sudyalar tomonidan hali ham adolatsiz qarorlar qabul qilinayotgani aytib otildi. Bu achchiq haqiqat, bizni uyaltiradigan, qattiq oylantiradigan holat. Barchamiz ozimizga tegishli xulosalar chiqarib, endilikda vazifamizga yanada jiddiy yondashib, qabul qilingan har bir qaror adolatli, bolishini taminlash uchun kurashmogimiz, qabul qilingan qarorlardan fuqarolar roziligiga erishmogimiz zarur. Amaliyot shuni korsatmoqdaki, jinoyat sodir etilgan vaqtdan boshlab, aniqlanishi zarur bolgan holatlarning har biri puxta organilmogi lozim. Bu borada tergovchining bilim saviyasi, ish tajribasi muhim ahamiyatga ega. Tergovchi organilishi lozim bolgan holatlar nimalardan iboratligini aniq bilmogi lozim. Oz vaqtida qilinmagan harakat, bajarilmagan vazifa, qonunga zid ravishda tuzilgan protsessual hujjat haqiqiy holatni aniqlashga tosqinlik qilib, sud tergovi jarayonini ham chigallashtirib yuboradi. Misol tariqasida mening ish yurituvimdagi bir jinoyat ishini keltiray. Bosqinchilik jinoyati uch yil avval sodir etilgan. Hodisaning asosiy guvohlari sudga qadar vafot etgan. Dastlabki tergov davomida ularni soroq qilish vaqtida eng zarur va muhim savollarga javob olinmagan, sudda esa endi uni aniqlash imkoni yoq. Lekin adolatni yuzaga chiqarish kerak.

Bu toifadagi ishlarni korib chiqish jarayonida sudyadan katta bilim va kop yillik tajriba talab qilinadi. Balki aynan ushbu toifadagi ishlar boyicha bazi sudyalar tomonidan qaror qabul qilishda xatoga yol qoyilib, adolatsiz qarorlar qabul qilinayotgan bolishi mumkin. Unutmaslik kerakki, korilayotgan har bir ish ortida inson taqdiri, sogligi va ozodligi turadi. Sudyalik lavozimiga avvaliga besh yil, keyin on yil, song muddatsiz davrga tayinlash tartibi, adolat qaror toptirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham bu sohaga kop yillik ish tajribasiga ega bolgan, sohaning haqiqiy mutaxassisi, fidoyisi bolgan kuchli sudyalar kerak. Ana shundagina adolat qorgoni bunyod etiladi.

Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish boyicha mamlakatimizda olib borilayotgan insonparvar siyosat natijasida qanchalab mahbuslar ozod qilinib, oilasiga, jamiyatga qaytayotganini xalqimiz korib turibdi. Bu bagrikenglik zamirida katta mano-maqsad mujassam. Hayot tajribasidan malumki, uzoq muddatli jazoni otagan shaxsning ongida norozilik tuygulari paydo bolishi mumkin. Bu esa oz ornida jamiyat uchun xavf tugdiradi. Oziga nisbatan mehr, insonparvarlik va odillikni korgan shaxs jamiyatga qayishadi, unda vatanparvarlik hissiyoti kuchayadi. Endilikda jinoyat ishlarini korib chiqish davrida, shaxsga qonunda belgilanganidan ham yengilroq jazo tayinlash amaliyoti ancha kengaytirildi. Yuzlab kishilar sud zalidan ozodlikka chiqarilmoqda. Chunki qattiq jazo tarbiya vositasi emas. Maqsad adashganni togri yolga qaytarish. Lekin avf etilgan, kechirilgan shaxslar ham qonunni, davlatning muruvvatini ardoqlamogi, qonunni hurmat qilishni organmogi lozim. Sud sohasidagi islohotlar, qonunlarga kiritilayotgan ozgartishlar, jazolarni yengillashtirish, oqlov hukmlari chiqarilishi odamlarning jamiyatimizda oz oilasi bilan tinch va osuda, baxtli va xotirjam yashashlari uchun yaratilgan imkoniyatlardir.

Prezident maruzasida Konstitutsiya kuni munosabati bilan 136 nafar shaxs avf etilgani aytildi. Bu bagrikenglik ifodasidir. Jaholatga qarshi marifatni amaldagi ijrosidir.

Yana ikki raqamga etibor qarataylik, joriy yilda sudlar tomonidan 590 nafar shaxs oqlandi. Asossiz ayblangan 2 ming 449 nafar shaxs sud zalidan ozod etildi. Prezidentimiz takidladi, bu qarorlar qanchalab oilalarga quvonch olib keldi, odamlarda odil sudlovga ishonchni oshirmoqda.

Biz sudyalar shaniga aytilgan tanqiddan yanada hushyor tortishimiz kerak. Xato-kamchiliklarimiz nimalardan iboratligini yaxshi bilib olishimiz muhim ahamiyatga ega.

Davlatimiz rahbari fuqarolarimizning huquqiy ongini yanada oshirish kerakligini ham qayta-qayta takrorlamoqda. Qariyb bir yil davomida Prezidentimiz tomonidan Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatga qarshi kurashishni kuchaytirish borasida bir necha qaror qabul qilindi. Ularning ijrosi yuzasidan olib borilgan ishlar natijasida JIB Toshkent shahar sudi tomonidan ishlab chiqilgan Yol xaritasiga kora, shahar va tuman sudlari, sudyalari xalqga yanada yaqinlashib, ular bilan yuzma-yuz uchrashib, sayyor qabul va uchrashuvlar otkazib, aholiga huquqiy yordam berib, sud qarorlarining mazmun-mohiyatini tushuntirib bermoqda.

Jinoyat sodir etgan shaxsning harakatlari sud tomonidan jamoatchilik ishtirokida birgalikda muhokama qilinishi jinoyatchilikning oldini olishga xizmat qilmoqda. Shuni ham aytish kerakki, sud majlislarida jamoatchilikning ishtiroki sezilarli darajada kopaydi. Mahalla faollari, yoshlar ittifoqi, xotin-qizlar qomitasi sudlanayotgan shaxsni kafolatga olib, ularni javobgarlikdan ozod etish yoki yengil jazo tayinlashni soramoqda. Shu sababli poytaxtimizda jinoyat sodir etish holatlari keskin kamaydi, koplab huquqbuzarliklarning oldi olinishiga erishildi.

Maruzada sudyalar masuliyatini oshiradigan, oz faoliyatiga tanqidiy baho berib, xulosalar chiqarib olishga undaydigan koplab fikrlar aytildi, talablar qoyildi. Prezidentimizning maqsadi bitta — hayotimizda qonun ustuvorligini taminlash, inson huquqi va erkinligini taminlash, insonni uluglash. Ana shu yuksak ezgu maqsadlar amalga oshishi kop jihatdan sudlar mustaqilligi va sudyalarning oz vazifasiga sodiqligiga bogliq. Bundan buyogiga ishimizga xalqimizning ozi baho beradi. Biz qachon munosib baho olamiz? Faqat va faqat qonunga boysunsak, har qanday holatda ham fuqarolar manfaatini halol va asosli himoya qilsak, adolatli qarorlar chiqarsak.

Yoqutxon HAYDAROVA,

Jinoyat ishlari boyicha Mirza Ulugbek tuman sudi raisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: