O'zb  
 
11.12.2018

JAVOBGARLIKNI KUCHAYTIRISH ZARURATI

Ayrim qonun loyihalari aynan shu jihatdan bir-biriga o‘xshaydi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi navbatdagi yigilishi «Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartirish va qoshimchalar kiritish togrisida»gi qonun loyihasining muhokamasi bilan boshlandi. Loyihada yer osti tabiiy resurslarini ozboshimchalik bilan qazib olish holatlariga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish taklif etilmoqda.

Aksauli TUMISHOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi a’zosi:

— Yer osti boyliklar qayta tiklanmaydi, juda uzoq yillar davomida tabiiy ravishda shakllanadi. Demak, ulardan foydalanishda tartib-qoidaga amal qilish talab etiladi. Bu borada meyorlar belgilangan bolishiga qaramay, qonunbuzarlik kuzatilmoqda. Masalan, jismoniy shaxslar tomonidan tarkibida oltin mavjud madanlarni ruxsatsiz qazish, konchilik ishlarini bexatar olib borish qoidalariga rioya etmaslik holatlari uchramoqda. Oqibati olim bilan tugashiga, metalning noqonuniy aylanishiga va foydali qazilmalarni ozboshimchalik bilan qazib olishga qarshi javobgarlikni kuchaytirish zarurati yuzaga keldi.

Ayniqsa, suvdan oqilona foydalanish, isrofgarchilikka yol qoymaslik doimiy diqqat markazida bolgan masalalardan hisoblanadi. Zotan, yer yuzida chuchuk suvlar kamayib, taqchillik kuzatilmoqda. Qonunchilikka kiritilayotgan ozgartish va qoshimchalar esa bu boradagi hushyorlikni oshirib, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltiradi, deb oylayman. Loyihada mineral va termal suvlargina emas, umumiy yer osti suvlaridan samarali, oqilona foydalanish nazarda tutilmoqda.

Oylaymizki, ushbu ozgartish va qoshimchalardan song yer osti boyliklarini ruxsatsiz qazib olish holatlari kamayadi.

Ozbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Ozbekiston Respublikasining Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksiga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonuni loyihasi ham deputatlar diqqat markazida boldi. Takidlandiki, qonun loyihasi Prezidentning tegishli qarorlari asosida ishlab chiqilgan.

Bunyod ESHONQULOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Tahlillar voyaga yetmaganlar mehnatidan foydalanish, mehnatga mamuriy tarzda majburlash hamda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini sugurta qilmaslik kabi huquqbuzarliklar soni oshib borayotganini korsatmoqda. Loyiha ayrim huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan.

Masalan, mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik va gayriqonuniy ravishda ishdan boshatganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish, yani jarima miqdorini eng kam oylik ish haqining 50 dan 100 baravarigacha yoki ozodlikdan mahrum etish muddatini 3 yildan 5 yilgacha etib belgilash nazarda tutilmoqda. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugish nafaqalarini tolash boyicha majburiyatdan boyin tovlash uchun ham jarima miqdorini oshirish kozda tutilmoqda.

Ozbekiston Respublikasining Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksiga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi qonuni loyihasida ham ancha dolzarb masalalar orin olgan. Xususan, intellektual mulk obektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga, sohadagi milliy qonun hujjatlarini xalqaro hujjatlarga muvofiqlashtirish rejalashtirilgan.

Shuhrat MAMAJANOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Joriy yil 30 noyabr kuni intellektual mulk huquqlarini muhofaza qilish sohasida Ozbekistonning bir qator xalqaro hujjatlarga qoshilishini kozda tutuvchi qonunlar qabul qilingan edi. Bular Fonogramma tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalarini noqonuniy takrorlanishidan muhofaza qilish togrisidagi konvensiya, Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Mualliflik huquqi boyicha shartnomasi va Ijrolar va fonogrammalar boyicha shartnomasidir. Albatta, mazkur xalqaro hujjatlar talablariga rioya etilishi qonunchiligimizga ayrim ozgartirishlar kiritishni taqozo etadi.

Malumotlarga kora, mualliflik va turdosh huquqlarning buzilgani boyicha geologiya va mineral resurslar davlat qomitasiga 2017 yilda 140 ga yaqin, joriy yilning 11 oyida 150 ortiq murojaat bolgan. Prokuratura organlari tomonidan 750 ga yaqin ana shunday holatlar aniqlangan. Bundan korinib turibdiki, sohaga aloqador qonun talablarini, javobgarlikni kuchaytirish talab etiladi.

Shu jihatdan mazkur qonun loyihasini qollab-quvvatlayman. Biroq ayrim masalalarga jiddiyroq etibor qaratish lozim. Qonun loyihasining tushuntirish xati va konsepsiyasida qonun ijodkorligi talab va qoidalariga rioya etilmagan. Masalan, statistika, organishlar tahlili va mavjud holat haqida hech qanday malumot yoq. Vaholanki, aslida bu jihatlar inobatga olinishi, qonun loyihasining hayotiy zarurati, shaffofligi, kiritilayotgan meyorlar va ozgarishlarning maqsadi aniq aks ettirilishi zarur. Xalqaro shartnomalar talablaridan kelib chiqqan holda, huquqni qollash milliy amaliyotini takomillashtirish shunchaki korgazma uchun bolishi kerak emas. Bu orinda asosiy maqsad mualliflik va turdosh huquqlarning muhofazasini kuchaytirish bolmogi lozim.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: