O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
11.12.2018

ERKINLIK, FAROVONLIK VA TARAQQIYOTNING HUQUQIY KAFOLATI

Hotamjon KETMONOV, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari:

— Konstitutsiya xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bolmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bolib, dunyo maydonida teng huquqli a’zo sifatida faoliyat yuritish uchun mustahkam asos bolib kelmoqda. Uning asosiy mohiyati xalqimizning farovon turmushini taminlash, munosib hayot sharoitlari yaratishdan iboratdir.

Shu boisdan Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun hammamiz uchun birdek muqaddas sana hisoblanadi. Bu bayram arafasida erishilayotgan natijalarni sarhisob qilamiz, oldimizda turgan muhim vazifalarni belgilab olamiz. Konstitutsiyada xalqimizning eng ezgu intilishlari, ulug orzu-maqsadlari muhrlangan. Bunday yuksak marralarga yetishish uchun, qaysi soha vakili bolishimizdan qati nazar, bajargan ishlarimizdan havolanmasligimiz, aksincha, hali kop mehnat qilishimiz shart.

Prezidentimizning Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bagishlangan tantanali marosimdagi maruzasini tinglab, eng avval xayoldan shunday fikrlar otdi.

Konstitutsiya nima degani? Konstitutsiya bu – avvalo huquq degani, insonparvarlik goyalari ustuvorligi degani. Oxirgi ikki yilda sudlar mustaqilligini taminlash boyicha muhim choralar korilgani natijasida mamlakatimizda ushbu yonalishda misli korilmagan ozgarishlar kuzatildi.

Davlatimiz rahbari keltirgan raqamlarga etibor beraylik, joriy yilning ozida 1 ming 881ta jinoyat ishi dalillar yetarli bolmagani sababli tugatilgan, sudlar tomonidan 590 nafar shaxs oqlangan. Taqqoslash uchun: bu raqam 2016 yilda bor-yogi 28 tani, 2017 yilda esa263 tani tashkil etgan. Bir paytlar nazoratga olingan 20 mingdan ortiq yurtdoshlarimiz «maxsus hisoblar»dan chiqarilgan. Mana shu raqamlar ortida qancha insonlarning taqdiri, yana qancha oilalarning baxtu quvonchi turibdi. Eng ahamiyatlisi, ana shu misollar mamlakatimizda inson huquqlarini taminlash boyicha olib borilayotgan islohotlarga yurtdoshlarimiz va jahon hamjamiyatining ishonchini mustahkamlamoqda.

Alohida etiborga molik masala shundaki, yurtimizda fuqarolarning nafaqat ijtimoiy-siyosiy huquqlarini kafolatlashga, shu bilan birga, Konstitutsiyada belgilangan boshqa ustuvor huquqlarni royobga chiqarishga katta urgu berilmoqda. Malumki, Bosh qomusimizda iqtisodiy faoliyat muhofaza etilishi kafolatlangan. Agar mamlakatda siyosiy huquqlar taminlanib, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarga yetarli etibor qaratilmasa, islohotlar kemtik bolib qoladi. Shu manoda aholining har tomonlama munosib va adolatli turmush kechirishiga erishish, buning uchun qulay sharoit yaratish masalalari doimiy etiborda turibdi. Iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish uchunjamoatchilik, biznes hamjamiyati, xalqaro moliyaviy tashkilotlar, nufuzli ekspertlarning atroflicha muhokamalaridan song qabul qilingan Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi, uning asosida amalga oshirilayotgan ozgarishlar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, kelgusi yildan jismoniy shaxslar uchun hozirgacha amal qilib kelgan eng yuqori 22,5 foizlik daromad soligi stavkasi orniga 12 foizlik stavka belgilandi, 8foizlik sugurta badali esa bekor qilinmoqda. Yagona ijtimoiy tolov stavkasi ilgarigi 25 foiz orniga 12 foiz etib belgilanmoqda. Togrisi, uzoq yillar davomida iqtisodiy islohotlar haqida balandparvoz gaplar kop gapirilgan bolsa-da, amalda oddiy odamlarga soliq yuki yuqoriligicha saqlanib qolayotgani aholini oylantirib kelayotgan edi. Ushbu muhim masalaga real yondashilishi natijasida muhim yengilliklar hayotga joriy etilmoqda. Oilalarning daromadini oshirishda, munosib turmush kechirish bilan bogliq huquqlari royobga chiqishida bu ishlarning ahamiyati beqiyosdir.

Inson huquqlarini taminlash boyicha joriy etilayotgan yangiliklar, erishilayotgan natijalar haqida uzoq gapirish mumkin. Yutuqlar ozimizniki, lekin biz bundan keyin nima qilamiz?.. Prezidentimiz maruzasida bu savolga aniq-ravshan javob bor.

Ayniqsa, ijtimoiy sohada belgilangan vazifalar partiyamiz, barcha darajadagi tashkilotlarimiz va deputatlarimiz uchun dasturilamalga aylanishi joiz.

Avvalo, mamlakatimizdagi ijtimoiy himoya modelini real talablar asosida umumetirof etilgan xalqaro standartlar darajasiga kotarish vazifasi belgilandi. Tan olish kerak, ijtimoiy himoya modeli eski unsurlardan xoli emasligi sababli koplab muammolar kelib chiqmoqda. Birgina ehtiyojmand oilalarni uy-joy bilan imtiyozli taminlash masalasini olaylik. Ochigi, yillar mobaynida bu dolzarb ish etibordan chetda qolib kelgan, vaqt otgani sayin bu boradagi muammolar kopayib borayotgan edi. Garchi oson bolmasa-da, endi imkoniyat va resurs topilyapti. Joriy yilning ozida 21 ming 500 dan ziyod muhtoj oila arzon uy-joy bilan taminlandi. Uy-joyli bolish bizning odamlar uchun juda katta qadriyat hisoblanadi. Uyli oilaning kongli butun boladi, rozgoriga baraka kiradi. Shuning uchun bu boradagi ishlar izchil davom ettirilishi ezgulikka xizmat qiladi.

Faol elektorat vakillarimizning asosiy qismi mehnat qilayotgan tibbiyot va talim sohalari xodimlarining alohida ijtimoiy qollab-quvvatlanishi mashaqqatli kasb egalarining hurmat-izzatini joyiga qoyishda muhim ahamiyat kasb etadi, deb oylayman.

Partiyamiz tashkilotlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyamiz bir necha yillardan beri kasb-hunar kollejlaridagi talim, oquvchilarning kasb amaliyoti bilan bogliq jarayonlar yuzasidan organishlar olib boradi. Prezidentimizning kasb-hunar kollejlari, afsuski, aksariyat hollarda real talab bolmagan kasblar boyicha quruq diplom beradigan dargohga aylanib qoldi, degan achchiq gaplarini eshitib, mushohada qilib, togrisi, qayerda xato qilganimizni tushundim. Biz bu masalani kop muhokama qilganmiz, mutasaddi tashkilotlarga tanqidiy fikrlarimizni bildirganmiz, goyo shuning bilan oz vazifamizni bajarganday bolganmiz. Lekin qanday amaliy natijaga erishildi, degan savollarga hozir joyali javobimiz yoq. Anglab olayotgan achchiq haqiqatimiz shuki, quruq tanqid bilan muammoga yechim topib bolmas ekan. Kamchiliklarni korsatish bilan cheklanish parlament azosiga umuman yarashmaydi.

Davlatimiz rahbari belgilab bergan eng muhim yonalishlardan yana biri, partiyamiz uchun balki eng muhimi, aholi bandligini taminlash va ishsizlikni kamaytirish boyicha kechiktirib bolmaydigan zarur choralar korishimiz kerakligidir.

Mamlakatimizda ishsizlar soni qancha? Iqtisodiyotning norasmiy sektorida necha foiz aholi band? Xorijga ish qidirib ketganlarning soni-chi?... Aholi bandligini taminlash, yangi ish orinlari yaratish asosiy maqsadi bolgan partiyamiz bu savollarga aniq javob berishga, amalga oshirgan muayyan takliflarini korsatishga qiynaladi. Bu kabi tahlillarga ega bolmasdan turib, amaliy natijaga erishish imkonsiz, albatta.

Joriy yilda aholi vakillari bilan uchrashuvlarda, turli hududlarda eng kop muhokama qilingan muammolardan biri yangi qurilayotgan uy-joylarning sifatiga borib taqaldi. Ommaviy axborot vositalarida bu masala boyicha koplab tanqidiy maqolalar elon qilindi. Partiyamiz tashkilotlari, barcha darajadagi deputatlarimizga shu haqda koplab murojaatlar ham boldi. Ayrim anglashilmovchiliklarni baratarf etishga erishildi ham. Ammo muammoni mamlakat miqyosida yaxlit organib, tahlil qilishga ulgurmadik. Kelgusi yil mazkur yonalishda alohida reja asosida qatiy ish yuritsak, elektoratimiz vakillariga koproq foydamiz tekkan bolardi.

Hayotimizda kuzatilayotgan muammo va kamchiliklarning asosiy sababi nimaga borib taqaladi? Birinchi navbatda qonunlar ijrosiga. Prezidentimiz maruzasida parlamentning bu sohadagi faoliyatida tub ozgarish sezilmayotgani takidlandi. Jumladan, joriy yilda davlat organlari va mansabdor shaxslarga Senat bor-yogi 2 ta, Qonunchilik palatasi esa 3 ta parlament sorovi yuborgani keskin tanqid qilindi.

Parlament majlislarida markaziy organlar va hududlar rahbarlari hisobotlarini eshitdik, deb maqtanamiz. Lekin savol tugiladi: bunday hisobotlar bolayotgan bolsa, ularning natijalari boyicha qanday hujjatlar qabul qilindi va ijroga yonaltirildi? Faoliyati qoniqarli bolmagan qaysi vazir yoki hokimga nisbatan munosabat bildirildi? Xalq vakillarining qatiy pozitsiyasi qayerda qoldi?.. Maruzada keltirilgan ana shu achchiq savollarga amaliy ish bilan javob beradigan vaqtimiz keldi. Aks holda, saylovchilar bildirgan yuksak ishonchni oqlamagan, oltinga teng vaqtni behuda otkazgan bolamiz.

Oliy Majlis haqiqiy bahs-munozaralar maydoniga aylanmagani faoliyatimizga berilgan real baho, deb oylayman. Oktabr oyida fraksiyamizning joriy yildagi 9 oylik faoliyatini tahlil qildik. Fraksiyamiz tashabbusi bilan 1 ta parlament sorovi, 3 ta parlament eshituvi, 2 ta Hukumat soati amalga oshirilgani, aniqlangan muammolar yechimiga qaratilgan 22 ta deputatlik sorovi yuborilgani haqida ommaviy axborot vositalariga malumot berish bilan cheklandik. Lekin bu malumotlar bilan tanishgan saylovchilar, partiyamiz azolari ularning natijalari haqidagi savollariga javob topishga qiynalishini oylamagan ekanmiz. 9 oy davomida fraksiyamiz azolari OAV da 3 mingdan ortiq chiqish qildi. Ammo bu chiqishlarda mamlakat miqyosidagi qanday muammolar kotarildi, qanday amaliy takliflar berildi, degan savollarga, afsuski, hech narsa deya olmaymiz.

Biron mavzuda oylab, haftalab, soatlab bahs-munozara yuritish mumkin. Biroq natija bolmasa, bunday bahsdan hech kimga foyda yoq. Masalaga shu nuqtai nazardan qarasak, Prezidentimiz haqiqiy bahs-munozara, deganda nimani nazarda tutayotganini tushunamiz. Parlamentdagi munozaralar aniq maqsadga xizmat qilishi, muhimi, undan muayyan natija bolishi zarur. Har bir savolni puxta oylash, har tomonlama asoslash shart. Bazida shunday boladiki, ijro hokimiyati vakillari deputatlarning savollariga joyali javob bera olmaydi, keyin malumot berishini aytib vaziyatdan chiqishga urinadi. Shunday paytlarda, togrisi, ularni tushunishga harakat qilamiz. Demokratik islohotlar qatiylik va prinsipiallikni taqozo qilayotganda masalani kondalang qoyishni, talab qilishni kundalik ish tartibimizga aylantirishimiz zarur. Kerak bolsa, dolzarb masalalar yuzasidan OAV orqali fraksiyamizning bayonotini muntazam ravishda elon qilib borishimiz kerak. Toki, aholi, partiyamiz azolari qaysi masalada fraksiyamiz pozitsiyasi qanday ekani haqida aniq tasavvurga ega bolsin.

Prezidentimiz maruzasida parlament sorovlari va parlament eshituvlarining tasirchanligini oshirish, deputat va senatorlarning joylardagi haqiqiy holatni organish asosida taklif berish konikmasini mustahkamlash masalalarida aniq korsatmalar berildi.

Shu orinda parlament zimmasiga qoyilgan muhim vazifalardan biriga alohida etibor qaratishimiz kerak, deb hisoblayman. Bu qonunosti hujjatlarini qabul qilish amaliyotidan voz kechish va togridan-togri qollanadigan qonunlar qabul qilish vazifasidir. Aslida qonunlar ijrosi taminlanmasligi, turli-tuman anglashilmovchilik va chalkashliklar kelib chiqishining asosiy sababi ana shu muammo bilan bogliq bolmoqda. Chunki koplab qonunlarimizdagi asosiy munosabatlar, tartib-taomillar asosan qonunosti meyoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.

Natijada nima bolyapti? Parlament muayyan qonunning ijrosini organish uchun ijro hokimiyati belgilagan hujjatga asos sifatida qarashga majbur bolyapti. Yani, davlat, jamiyat va fuqarolar ortasidagi muhim munosabatlar bevosita qonun orqali emas, boshqa hujjatlar orqali tartibga solinyapti. Bunday holat qonunlar ijrosi taminlanishiga salbiy tasir korsatib kelmoqda. Ushbu holatni ozgartirish, tashabbusni qolga olish eng avvalo parlament azolarining masuliyati, salohiyati va fidoyiligiga bogliq bolib qolmoqda.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: