O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
11.12.2018

TARAQQIYOT VA ADOLAT DASTURI

Mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yillik bayrami va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ana shu tarixiy sanaga bag‘ishlangan tantanali marosimda ma’ruzasi ham tarixiy maruza boldi. Chunki unda xalqimiz hayoti, farzandlarimiz kelajagi, yurtimiz taraqqiyotiga bevosita daxldor bolgan goyat muhim fikr va goyalar, qimmatli tashabbuslar ilgari surildi.

Bu maruza bayram tadbirlarining eng yorqin voqeasi sifatida jamoatchiligimizda juda katta qiziqish uygotdi Amalga oshirilgan ishlar va qilinajak ulkan vazifalar har birimizning qalbimizda bugungi islohotlarga nisbatan ishonchimizni yanada mustahkamladi, kongilda ezgu rejalarni uygotdi.

Maruzada keltirilgan misollar orqali Konstitutsiyamiz haqiqatan ham jamiyatimiz, uning har bir azosi huquqi va manfaatini kafolatlaydigan Bosh qomus ekanini chin dildan his qildik.

Albatta, otgan 26 yil davomida Asosiy qonunimiz umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangani, yuksak demokratik goyalarni ozida mujassam etgani haqida kop eshitganmiz, bu mavzuda qancha-qancha maqolalar, kitob va risolalarni oqiganmiz. Lekin mening shaxsiy fikrim shuki, Prezidentimizning maruzasi Konstitutsiyamizning tub mohiyati va ahamiyatini har tomonlama teran, puxta, hayotiy misollar asosida chuqur tahlil qilib yoritib berilgani bilan alohida qimmatga ega. Shuning uchun ham ushbu maruzani eshitganimdan song Konstitutsiyamiz asosida yurtimizda bugun olib borilayotgan islohotlar koz ongimda yangicha mano-mazmun va qiyofada namoyon boldi.

Bu maruza avvalo adolat ruhi bilan yogrilgani bilan etiborga sazovor. Uning butun mazmunida xalqimiz uchun adolatli, erkin va farovon hayot barpo etish, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi, yanada yuksak bosqichga kotarish bosh goya sifatida yaqqol sezilib turibdi. Ayni chogda bu ulug maqsad yolidagi harakatlar ham aniq belgilab berilmoqda. Davlatimiz rahbari takidlaganidek, songgi ikki yilda, tarixan nihoyatda qisqa muddatda inson huquq va manfaatlarini taminlash boyicha juda katta ishlar qilindi. Bir paytlar bu haqda nafaqat amaliy harakatlar olib borish, hatto gapirishning ozi ham ogir masala edi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bu islohotlar tarixiy ahamiyatga ega bolib, qanchalik ulkan jasorat, aql-idrok, manaviy-intellektual salohiyat, mashaqqatli izlanishlar, mustahkam iroda va donishmandlikni talab etayotganini anglatadi.

Malumki, hozirgi kunda mamlakatimizda hamma sohalarda chuqur oylangan dasturlar, «yol xaritalari» amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz ularning barcha-barchasiga Asosiy qonunimiz asos bolayotganini takidlab, Xalqimizning farovon hayot kechirishi uchun munosib sharoit yaratish – Konstitutsiyamizning bosh maqsadi ekaniga etibor qaratdi. Yani, barcha islohotlarimiz zamirida Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi, adolat va qonun ustuvorligi mujassam bolib kelmoqda. Davlatimiz rahbarining mazkur maruzasi ham mamlakatimiz uchun yana bir oziga xos taraqqiyot va adolat dasturi bolib xizmat qiladi, desak, adashmaymiz..

Fan-talim sohasi vakili sifatida, ayniqsa, maruzada ijtimoiy sohadagi islohotlarni chuqurlashtirish, ilm olish, talim-tarbiya, yoshlarning tashabbuslarini qollab-quvvatlash masalalari togrisida bildirilgan fikrlar menda katta qiziqish uygotdi. Biz tarbiya godaklikdan boshlanadi degan hikmatli sozga amal qilib, talim-tarbiya sohasidagi ozgarishlarni uning eng quyi bosqichi maktabgacha talim tizimidan boshladik, deb qayd etiladi maruzada. Yani, Ozbekistonda barcha sohalar qatori talim tizimidagi islohotlarni amalga oshirishda ham birinchi navbatda odamlarning, hayotning eng muhim talablari etibor markaziga qoyilmoqda. Barcha sohalar qatori talim tizimida ham insonparvarlashuv gumanizm jarayonlari kuchaymoqda. Davlat-xususiy sheriklik munosabatlarining keng joriy etilayotgani talimning barcha bosqichlarida xilma-xillikni, muqobillikni, soglom raqobat bolishini taminlanmoqda. Songgi ikki yilda yurtimizda bolalar bogchalari soni 1 ming 400 taga ortib, 6 ming 367 taga yetdi. Ularda yuqorida zikr etilgan tamoyillar, zamonaviy tarbiya va oqitish uslublari joriy etilayotgani goyat muhimdir.

Maruzada mamlakatimiz oliy talim tizimidagi ozgarishlar ham atroflicha tahlil qilindi. Songgi ikki yilda 5 ta oliy talim muassasasi hamda 12 ta nufuzli xorijiy oliy oquv yurtining filiallari tashkil etildi. Qancha-qancha universitet va institutlarning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Ularda mehnat qilayotgan professor-oqituvchilarning mehnatini ragbatlantirish borasida tub burilishlar yuz bermoqda. Eng muhimi, jamiyatimizda oqituvchiga, ilm-fan sohasi vakillariga hurmat-etibor bir necha barobar yuqori kotarildi.

Shaxsan ozim faoliyat olib borayotgan G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali misolida ham bu borada koplab ozgarishlar yuz berganini takidlashni istardim. Otgan 20 yil mobaynida ozining binosiga ega bolmasdan kelgan filialimiz Prezidentimizning talim sohasiga korsatayotgan alohida etibori va gamxorligi tufayli bu yil poytaxtimizning markaziy qismida zamonaviy binosiga ega boldi. Rossiya tomonidan ushbu binoni tamirlash va jihozlash uchun zarur resurs va mablaglar ajratilmoqda. 2018 yil oktabr oyida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.Putinning mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida Toshkent shahrida ikki davlat oliy talim muassasalarining hamkorlik masalalariga bagishlab otkazilgan xalqaro forumda ishtirok etish uchun kelgan universitet rektori, professor V.I. Grishin hamda Rossiya Fan va oliy talim vaziri M.M. Kotyukov, qolaversa, rossiyalik hamkasblarimiz filialimizda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlarni korib, bunday imkoniyatlar faqat davlat rahbari tomonidan talim tizimiga katta etibor beriladigan mamlakatdagina boladi, deb, bizdagi ozgarishlarni etirof etishdi.

Malumki, Prezidentimiz ozining har bir chiqishida yoshlar masalasiga alohida etibor qaratadi. Konstitutsiya kuniga bagishlab otkazilgan tantanali marosimda sozlagan maruzasida ham davlatimiz rahbari yoshlar haqida alohida toxtalib otdi. Biz yoshlarimizda tadbirkorlik tashabbusini rivojlantira olsak, ularga mablaglardan togri foydalanishni orgatsak, nafaqat iqtisodiy, balki koplab ijtimoiy muammolarni ham hal etgan bolamiz, deb takidladi.

Yoshlarning hayotda oz ornini topishida ularning munosib ish joylariga ega bolishi, ayniqsa, muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun maruzada aholini ish bilan bandligini oshirish masalasiga ham alohida etibor qaratildi. Biz bir narsani togri tushunishimiz kerak, — deb qayd etdi davlatimiz rahbari, bitta ishsiz odam onta muammo degani. Bu muammolar ishsiz odamning oziga, oilasi va mahallasiga, jamiyatga keltiradigan zararini hisoblasak, masalaning naqadar jiddiy ekani yanada oydinlashadi.

Takidlash kerakki, ana shu qisqagina satrlarda ishsizlik tushunchasining ijtimoiy mohiyati aniq ifoda etib berildi. Shu bilan birga, bu muammo bir kishining emas, butun mamlakat, xalqning muammosi ekani, bir jamiyatda yashayotgan insonlar bir yurt fuqarolari sifatida ozaro ijtimoiy majburiyatlar bilan boglangani qayd etilmoqda. Binobarin, bitta odamning ishsizligi ham jamiyat tomonidan jiddiy muammo sifatida qabul qilinib, oz vaqtida hal etilishi kerak. Aks holda, bundan kelgusida jamiyatning ozi zarar koradi.

Maruzada mamlakatimizda ijtimoiy himoya modelini real talablar asosida umumetirof etilgan xalqaro standartlar darajasiga kotarish borasidagi vazifalar ham aniq belgilab berilgani jamiyatimizda ijtimoiy adolat tamoyillarini taminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada nogironligi bolgan, boquvchisini yoqotgan shaxslarni, ehtiyojmand va nochor oilalarni har tomonlama qollab-quvvatlash, jumladan, ularni arzon uylar bilan taminlash masalasiga alohida etibor qaratib kelinmoqda. Yani, mamlakatimizda yuqorida qayd etilgan yangi, zamonaviy ijtimoiy himoya modeli shakllanmoqda. Joriy yilning ozida 21 ming 500 dan ziyod nogironligi bolgan, boquvchisini yoqotgan shaxslar, ehtiyojmand va nochor oilalar arzon uylar bilan taminlangani ana shu model samarali ishlab, oz natijasini berayotganini korsatadi. Bundan tashqari, 30 ming 500 ga yaqin nogironligi bolgan shaxslarga umumiy qiymati 3,6 milliard somlik protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari ajratilgan. Ularning 16 ming nafari reabilitatsiya markazlarida davolangan va bu maqsadlar uchun qariyb 17 milliard som mablag sarflangan.

Maruza mazmun-mohiyatidan korinib turibdiki, bugungi Ozbekistonimiz buyuk maqsadlar sari dadil odimlamoqda. Belgilayotgan rejalarimiz ham ulkan. Ularni bajarish uchun katta imkoniyatlar borligidan esa quvonch va gururimiz yanada ortadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning maruzasi shu jihatdan goyat beqiyos ahamiyatga egadir. Shuning uchun ham bu maruzani chuqur organib, uning mano-mazmunini xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizga yetkazish biz ilmiy ziyolilar va olimlarning muqaddas burchimizdir.

Qalandar ABDURAHMONOV,

Ozbekiston Fanlar akademiyasining akademigi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: