O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
11.12.2018

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI AQSH DELEGATSIYASINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 dekabr kuni AQShning Afgonistondagi yarashish masalalari boyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod va AQSh Prezidenti yordamchisining orinbosari, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo boyicha katta direktori Liza Kyortisni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari AQSh delegatsiyasini samimiy qutlar ekan, mamlakatlarimiz ortasidagi kop qirrali hamkorlik jadal rivojlanayotgani va izchil mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi. Joriy yil may oyida AQShga oliy darajadagi tashrif yakunida erishilgan kelishuvlar strategik sheriklikning yangi davrini boshlab bergani ta’kidlandi.

Turli darajadagi aloqalar faollashdi, samarali siyosiy muloqot va parlamentlararo hamkorlik yolga qoyildi, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida qoshma loyihalar amalga oshirilmoqda, madaniy-gumanitar almashuvlar jadallashmoqda.

Uchrashuvda Ozbekiston bilan AQSh ortasidagi har tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirishga doir, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar korib chiqildi. Afgonistondagi vaziyatni tinch yol bilan hal etishga alohida etibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari Ozbekiston Afgoniston bilan ananaviy yaxshi qoshnichilik munosabatlarini rivojlantirishga muhim ahamiyat qaratayotgani, ushbu mamlakatda tez fursatda tinchlik va barqarorlik ornatilishi, izchil taraqqiyotni taminlash tarafdori ekanini qayd etdi.

Ozbekiston tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan infratuzilmaga oid qator ahamiyatli loyihalar bu jarayonga muhim hissa bolib qoshiladi.

Mozori Sharif – Hirot temir yoli va Surxon Puli Humri elektr uzatish liniyasining qurilishi shular jumlasidan.

Ozbekiston va Afgoniston ortasidagi savdo hajmi va tranzit yuk oqimini oshirishga xizmat qiladigan bojxona terminalini oz ichiga olgan «Termiz-Kargo-markaz» xalqaro logistika markazi tashkil etildi.

Bundan tashqari, Termiz shahrida afgon yoshlari talim olayotgan va kasb-hunar egallayotgan Talim markazi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Uchrashuvda Afgonistonda tinchlik muzokaralari jarayonini boshlashda afgon xalqining bosh va hal qiluvchi rolini nazarda tutgan butun xalqaro hamjamiyat say-harakatlarini yanada uzviy muvofiqlashtirish, ushbu mamlakatga iqtisodiy komak loyihalarini ilgari surishda amaliy yordam korsatish zarurligi qayd etildi.

Zalmay Xalilzod va Liza Kyortis samimiy qabul uchun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib, Amerika Qoshma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ozbekistonda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, Ozbekiston Respublikasining qoshni mamlakatlar, jumladan, Afgonistonga nisbatan tashqi siyosatiga yuksak baho berildi.

Joriy yil mart oyida Toshkent shahrida bolib otgan Afgoniston boyicha xalqaro konferensiya yakunlari afgon masalasini tinch yol bilan hal etish boyicha kop jihatdan xalqaro choralar yonalishlarini belgilab bergani va bu boradagi qoshma harakatlar uchun asos bolgani takidlandi.

Tomonlar Ozbekiston bilan AQSh ortasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, mintaqada tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taminlash maqsadida Afgonistondagi vaziyatni hal etish masalalarida ozaro hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini qayd etdilar.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: