O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
04.12.2018

YANGI FOND OROL FOJIASINI YENGILLASHTIRADI...

Suv resurslaridan hamkorlikda foydalanish masalalarini samarali hal etish, Orol fojiasi oqibatlarining oldini olishga qaratilgan harakatlarni birlashtirish mamlakatimiz tashqi siyosatidagi muhim yo‘nalishlardan hisoblanadi.

Ma’lumki, 27 noyabr kuni Nyu-York shahrida BMTning Orolboyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boyicha kopsheriklik trast fondi faoliyati boshlanishiga bagishlangan yuqori darajadagi tadbir bolib otdi. Tadbirda inson xavfsizligi konsepsiyasini qollash orqali Orol inqirozi natijasida aziyat chekkan aholining talab va ehtiyojlarini tahlil qilish hamda taminlashga asoslangan jamgarmaning strategiya dasturi taqdim etildi. Bundan maqsad borgan sari xalqaro hamjamiyatning harakatlarini birlashtirishni talab qilayotgan Orol dengizining ekologik inqiroziga xalqaro jamoatchilik va donor mamlakatlar etiborini qaratishdir.

Qachonlardir jahondagi eng katta kollarning tortinchisi bolgan Orol dengizining qurishi dunyodagi yirik ekologik fojialardan, deyish togri boladi. Chunki Orol muammosi tufayli mintaqada boshqa ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar ham kelib chiqdi. Oxirgi 50 yilda Amudaryo va Sirdaryoning Orol dengiziga quyiladigan suv miqdori besh karra qisqardi, dengiz hajmi esa 14 martaga kichraydi. Suvning shorlanish darajasi 25 marta osdi va jahon okeanlarining minerallashuv darajasidan anchagina oshib ketdi. Bugun maydoni 5,5 million gektarga teng bolgan qum-tuz choli yuzaga keldi, qum va tuz boronlari avj olmoqda. Ular har yili bir necha ming kilometr masofagacha, 75 million tonnadan koproq qum va tuzni atmosferaga tarqatmoqda.

Orol fojiasi mintaqadagi iqlim sharoitini ogirlashtirdi, yoz davrida quruqlik va jaziramani kuchaytirdi, sovuq, qaqshatqich qishni uzaytirib yubordi. Mutaxassislar taxminiga kora, 2035-2050 yillarga kelib mintaqadagi havo darajasi hozirgi korsatkichlarga nisbatan yana 1,5-3 issiqligi osishi mumkin. Orol fojiasining tahdidli tasiri butun dunyoda kuzatilmoqda. Xalqaro ekspertlar Orol mintaqasining zaharli tuzlari Antarktida sohillarida, Grenlandiya muzliklarida, Norvegiya ormonlarida hamda Yer kurrasining koplab boshqa joylarida topilganini takidlamoqda. Demak, Orol fojiasini bartaraf etish bilan mintaqa davlatlarigina emas, butun dunyo davlatlari shugullanishi kerak.

Inson huquqlari, ehtiyojlariga asoslangan keng qamrovli fond jahondagi eng yirik antropogen falokatlardan birining oqibatlarini bartaraf qilishda ota muhim ahamiyat kasb etishi kutilyapti. U ilgor jahon tajribasiga muvofiq, strategik, shaffof hamda adolatli hamkorlikni qollab-quvvatlovchi dasturiy yondashuvni yoqlagan holda Orolboyi mintaqasi muammolarini hal qilishga yonaltirilgan say-harkatlarini davom ettiradi. Bundan tashqari, fond Orolboyi mintaqasida yashaydigan aholining talab va ehtiyojlarini aniqlash boyicha ijtimoiy tadqiqotlar natijalari asosida chora-tadbirlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

Qayd etish joizki, Ozbekiston hukumati Orolboyi mintaqasini rivojlantirish boyicha 2017-2021 yillarga moljallangan Davlat dasturi doirasida qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Jamgarmaning maqsadi birlashgan Strategiya asosida muvofiqlashtirilgan donorlik komagini jalb qilish yoli bilan ushbu say-harakatlarni toldirishdan iborat. Shuningdek, Orolboyining eng zaif va uzoq hududlariga yordam berish, hamjamiyatlar bilan bevosita ishlash masalalariga alohida etibor qaratiladi.

Togri, yangi Fond Orolni avvalgi holiga qaytaradi, deb bolmaydi. Ammo bu yirik qadam, goyat muhim tashabbus fojianing zararli oqibatlarini kamaytirish, vaziyatni yaxshilashga xizmat qilishiga ishonaman.

Husan ABDUNIYAZOV,

xalq deputatlari Dostlik tuman Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: