O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
27.11.2018

SPORT TIBBIYOTIGA ETIBOR

Toshkentda bo‘lib otgan «Sport tibbiyotining dolzarb muammo va istiqbollari» nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Rossiya, Yaponiya, Turkiya, Belorus, Qozogiston kabi davlatlardan kelgan taniqli sport shifokorlari, sport tibbiyoti boyicha mamlakatimizning yetakchi mutaxassislari ishtirok etdi.

Konferensiya ishtirokchilaridan bir guruhi — rossiyalik mutaxassislar Samarqandga ham tashrif buyurishdi. Ular ishtirokida Samarqand davlat tibbiyot institutida ilmiy-amaliy konferensiya bolib otdi. Samarqand tibbiyot instituti rektori, professor Azamat Shamsiyev konfrensiyani ocharkan, sport tibbiyotini rivojlantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan ekanini ta’kidladi.

Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy Markazi, Ozbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qomitasi hamkorligida otkazilgan mazkur konferensiyada sportning tibbiy-biologik taminoti, sportchilarning funksional diagnostikasi, diyetologiya, farmakologiya hamda sport tibbiyotining boshqa muhim yonalishlari haqidagi muhim masalalar muhokama qilindi. Anjumanda viloyatdagi sport shifokorlari, jumladan, sport federatsiyalari, klublari va sport maktablarida faoliyat korsatayotgan sport vrachlari, SamDTI professor-oqituvchilari, talabalar ishtirok etdi.

Anjumanda tomonlar sport tibbiyoti va tibbiy reabilitatsiya sohasida manfaatli hamkorlikni rivojlantirish boyicha kelishib oldilar.

Konferensiya ishtirokchilari kun tartibidagi dolzarb masalalar haqida shunday fikr yuritishdi:

Boris Polyayev, MDH va Boltiqboyi davlatlari sport tibbiyoti shifokorlari assotsiatsiyasi prezidenti, professor:

Sport tibbiyotining dolzarb muammo va istiqbollariga bagishlangan bunday xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Ozbekistonda birinchi bor otkazilayapti. Bu Ozbekistonning sport tibbiyotidagi muammolarga shunchaki tomoshabin emasligini, muhim masalalar muhokamasida ancha faolligini korsatadi. Bugun butun dunyoda sport tibbiyotidagi muammolar, ularni bartaraf etish, sportchilarning musobaqalar jarayonida jarohat olishlarini kamaytirish, turli shikastlanishlarning oldini olish borasida koplab ishlar qilinmoqda. Bu borada MDH va Boltiqboyi davlatlarida bir qator yutuqlarga erishilmoqda. Ozbekistonda ham mutaxassislar katta ishlarni amalga oshirayotganiga guvoh boldim. Ayniqsa, mamlakatingizdagi respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida yaratilgan sharoitlar, u yerda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar menda katta taassurot qoldirdi. Kohna Samarqandda ham bunday muhim ishlarga katta etibor berilayotganiga guvoh boldik.

Mixail Yeryomushkin, Rossiya tibbiyot talim akademiyasining travmatologiya, ortopediya va reabilitatsiya kafedrasi professori:

Rossiya tibbiyotining bugungi yutuqlari, sohadagi quvonchli yangiliklardan kopchilik xabardor. Lekin ayni paytda sport tibbiyotini rivojlantirish borasida bir qator muammolar ham borki, ular yechimini topishga erishish dunyo olimlarining hamkorligiga kop jihatdan bogliq. Samarqanddagi anjuman Toshkentda boshlangan konferensiyaning uzviy davomi boldi. Quvonchlisi, Samarqandda tibbiyotning travmatologiya va ortopediya sohasida yetarli tajriba toplangan. Bu albatta sport tibbiyotining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ildus Axmetov, Qozon davlat tibbiyot universiteti molekulyar genetika bolimi mudiri, tibbiyot fanlari doktori:

Sportchining salomatligi nafaqat ozining, balki uning muxlislari uchun ham nihoyatda muhimdir. Musobaqalarni kuzatar ekanmiz, sportchining jarohatlardan saqlanishini chin dildan istaymiz. Aslida, har tomonlama soglom sportchi favquloddagi shikastlanishlardan ancha uzoq yuradi. Bu albatta sportchining ozini qanday tutishi bilan bogliq. Meditsinada irsiyat va ozgaruvchanlik degan tushuncha bor. Bunda koproq genetik belgilarning avloddan-avlodga otishi jarayoni tushuniladi. Agar biz sportchilarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ortasida genetika tashviqotini kuchaytiraolsak kozlangan maqsad sari dadil qadam tashlagan bolardik. Bugungidek xalqaro anjumanlar bu boradagi maqsadlarga erishilishida nihoyatda muhimdir.

Abdurasul SATTOROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: