O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
27.11.2018

MUAMMOLARGA TAQIQLAR ORQALI YECHIM TOPIB BOLADIMI?..

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasining yigilishida «Ozbekiston

Respublikasi Yer kodeksiga ozgartish kiritish togrisida»gi qonun loyihasi qizgin muhokama qilindi.

Zulayxo AKRAMOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi a’zosi:

— Bosh turgan obektlardan samarali foydalanish maqsadida qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Ayrim tadbirkorlik subektlari noturar obektlar qurish uchun ajratilgan yer uchastkalaridan foydalanishda loqaydlikka yol qoymoqda. Ularga nisbatan talabning kuchaytirilishi maqsadga muvofiqdir. Chunki erni oldim, qolgani bir gap bolar, degan bolmagur kayfiyatda yurgan tadbirlar sabab koplab ish orinlari yaratilmasdan qolmoqda. Bu partiyamizning Saylovoldi platformasida belgilangan vazifalarga ham zid hisoblanadi.

Qonun loyihasining qabul qilinishi bilan noturar obektlar qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarini ozlashtirish muddati uch yildan ikki yilgacha qisqartiriladi. Bu tadbirkorlik subektlarining masuliyatini oshirishga turtki beradi.



Bunyod ESHONQULOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Joylarga chiqqanimizda mazkur masalada turli savollar bilan murojaatlar bolmoqda. Masalan, organishlar olib borilganda bir necha yil oldin yer sotib olinganiga qaramasdan, undan samarali foydalanilmaslik holatlari kuzatildi. Imorat kotarish uchun beton quyilgan, biroq obektiv va subektiv sabablarga kora qurilish hali boshlanmagan yoki chala qolgan. Surishtirilganda mablag yoqligi yoxud belgilangan mablag yetib kelmayotgani malum bolmoqda. Demak, tadbirkorlik uchun ajratilgan yer maydoni bosh yotibdi, odamlarga ish orni yaratilmayapti, rejadagi ishlar nihoyasiga yetkazilmagan.

Bunda birgina tadbirkorni javobgar, deyish notogri boladi. Chunki mahalliy davlat boshqaruvi organlari tarkibida ham oz ishiga masuliyatsizlik bilan yondashadigan, ishni suniy ravishda paysalga soladigan shaxslar yoq emas. Natijada tadbirkor va unga vada qilingan yer bir necha kishining ortasida sarson bolmoqda. Bundan tashqari, qachonlardir yer sotib olib, fundament kotarib qoyganlar ham bor. Ayrimlarida mablag yetarli bolmasa, yerni pullash ilinjida ishni chozayotganlar ham yoq emas. Bunday holatlarni ham hisobga olish kerak.

Qonun loyihasidagi meyorlar har tomonlama puxta oylangan bolmogi lozim, deb hisoblayman. Qad rostlayotgan obektning katta-kichikligi, bino qurish talablaridan kelib chiqib, muddat belgilansa, maqsadga muvofiq boladi. Aks holda, aholiga qulaylik yaratish orniga, oz ishini boshlamoqchi bolganlar oldiga tosiq qoyilishi mumkin. Aytaylik, 9 qavatli bino qurayotgan tadbirkor ikki yilda ishini yakunlamasa, yer qaytarib olinadi. Ishni tezroq tugatish esa loyiha sifatiga tasir qilishi turgan gap. Bunday holatda imoratni buzishga togri keladimi? Fikrimcha, har bir jihat inobatga olinib, loyiha takomillashtirilishi, bazi masalalarga oydinlik kiritilishi kerak.

Muhokamalardan song bitta qarshi ovoz bilan qonun loyihasi konseptual jihatdan qollab-quvvatlandi.

Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi va Ozbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksining 170-moddasiga ozgartishlar kiritish togrisidagi qonuni loyihasi ham qizgin bahs-munozaralarga sabab boldi.

Shuhrat MAMAJONOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Prokuratura organlari tomonidan valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki otkazish bilan bogliq huquqbuzarliklarni aniqlash va profilaktikasi borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Sohada qonunni qollash amaliyoti tizimli ravishda tahlil qilinmoqda. Shunga qaramasdan fuqarolar tomonidan valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki otkazish bilan bogliq holatlar kuzatilmoqda. Bu esa javobgarlikni kuchaytirishni taqazo etmoqda.

Loyihada qonun talablarini buzgan har ikki tomon, yani sotuvchi ham, oluvchi ham javobgarlikka tortilishi nazarda tutilyapti. Bu yaxshi. Lekin aholi ehtiyojlarini taminlash uchun sharoitlar yetarlimi? Biz avval shu savolga javob topishimiz kerak emasmi? Kimdir yaqinini zudlik bilan davolash yoki operatsiya qilish uchun chet elga ketishi kerak bolib qoldi, deylik. Bankdan kartochka ochdirib, unga valyuta tushishini kutib turishga osha insonda vaqt yetarli bolmasa nima boladi? Bunday holda, muhtoj inson qonunni buzayotgani, javobgarlikka tortilishini bilsa ham qora bozordan foydalanishga majbur bolib qolmaydimi?.. Bu kabi holatlarga yol qoymaslik uchun mavjud talabga yarasha sharoit va imkoniyat yaratish zarur.

Yigilishda, shuningdek, Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonun loyihasi ham atroflicha muhokama qilindi.

Unga kora Davlat byudjetining ijro etilishi bilan bogliq malumotlar, byudjet xarajatlarini rejalashtirish, shakllantirish hamda ijro etishga oid malumotlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rasmiy veb-saytlarida joylashtirishi majburiyligi belgilanmoqda. Bu borada xorij tajribasidan ornak olish kerakligi takidlandi.

Qonun loyihalari konseptual jihatdan maqullandi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: