O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
27.11.2018

GAZETA OQIYDIGAN ODAM...

Bu endi o‘tgan asrning 85-90-yillarining gapi. Yoshlar gazetasida ishlardim, juma kuni kechasi navbatchi edim, ikki-uchta «mix» material bor, xayolimda ertaga shov-shuv boladi. Sahifalarni oqib bolib, uni bosmaxonaga jonatgach, xotirjam uyga keldim. Ertalab nonga dokonga chiqsam, uning yonidagi gazeta kioskasida ochered. Qiziqsinib surishtirsam, kecha men navbatchilik qilgan gazetani aytishdi. Xursand bolib men ham navbatga turdim. Yaqinlashganimda, oldinda qattiq-quttuq ovozlar eshitildi. Bilsam, gazeta tugab qolibdi... Navbatda turganlar norozilik qilishayotgan ekan. Gazeta tegmagan bolsa-da, ichimdan gururlanib non dokoniga kirsam, non ham tugab qopti. Bozorga qarab chopganim esimda...

Garchi hozir gazeta kioskalari oldida ilgariday navbatlar bolmasa-da, har bir dokonchaning doimiy mijozlari bor. Uyimiz yonidagi dokonchi, masalan, Kitob dunyosi gazetasini olmas ekan. Hozir men uchun bir dona oladi. Chorsu bozorida Timning tagida ham bir dokoncha bor. Unda keksa onaxon ham menga gazetalar yigib qoyadi. Yolim tushganda biratola olaman.

Bu gaplar bugungi qol telefon zamonida biroz galati ham tuyulishi mumkin. Lekin telefondagi gaplar asosan oldi-qochdi, uzuq-yuluq, u-bu hodisalarga shaxsiy munosabatlar, xolos. Bozorchi xotinlarning gapi degan umumiy baho atrofidagi gaplar. Gazetaning ozini oqish avvalo kishiga boshqacha ruh bagishlaydi. Masalalarga vazmin-bosiq yondashish, oylash, xulosa yasash, xullas, fikrlashga orgatadi.

Umuman, odamlar mening nazarimda, ikki toifaga bolinadi: gazeta oqiydiganlar va oqimaydiganlar. Kop kuzatganman, oqiydiganlar mushohadali, mustaqil fikrli boladi, masalalarga bozor miqyosida emas, kengroq darajada munosabat bildiradi. Vatanparvarroq, ijtimoiyroq desam, balki balandparvoz gapga oxshab ketar, lekin ular aslida ham shunday odamlar.

Bugun gazetalar iqtisodiy jihatdan qiyin ahvolda qoldi. Keyingi uzoq yillar ichida bunday holga tushmagandi. Menimcha, uning birinchi sababi hozir ayrimlar tomonidan majburiy obuna deb aytiladigan, aslida jamoalarga kerakli nashrlar boyicha obunachilar qatlami shakllantirilgan edi. Masalan, bir maktab bir nusxa Ma’rifat gazetasiga obuna bolishini majburiy deb boladimi? Oz qobigida oralashib, dunyo bexabar bolib, yosh avlodga faqat darslikning ozini oqitib yashab bolmaydi-ku. Jismoniy tarbiya muassasalari Sport gazetasini, qishloq xojalik xodimlari Qishloq hayotini oqimasa, ilgor tajribalar, texnologiyalar, innovatsiyalarni qayerdan organadi? Har bir fermer xojaligi oz sohasi nashrlarini olmasa, oqimasa, organmasa, ozicha solishtirmasa, chetdan kelgan mahsulotlarni eb yuraveramizmi?

Ehtiroslarga berilmay, bilib-bilmay gapirishdan ozimizni tiyishimiz kerak. Avvalo ozimizga ozimiz savol berib koraylik: oxirgi marta qachon gazeta oqiganmiz? Gazeta nimaligini yaxshi bilamizmi? Bilmasak, bu haqda aql orgatishga manaviy haqqimiz bormi?... Har bir soha vakili oz kasbiga daxldor gazeta-jurnallarga obuna bolsa, doim oqib, organib borsa, huquqiy, siyosiy bilimi oshadi, oz kasbi boyicha yangilik va tajribalardan xabardor boladi.

Bundan tashqari, oddiy ishchi, tadbirkor, vrach, oqituvchi, olim, huquqshunos parlament va siyosiy partiyalar hayotidan xabardor bolsa, buning nimasi yomon? Yoki Adabiyot va sanat gazetasini oqisa, ziyon koradimi?..

Ikkinchi masala — gazeta sotish, tarqatish tizimini tubdan yangilash kerak. Ularda hamon saqich, taroq sovun kabi mahsulotlar koproq. Supermarketlarda, gipermarketlarda bir nechta olifta, yaltiroq muqovali chet el jurnallari turadi, xolos. Agar men qaysi dokonga kirsam, doimiy oqiydigan gazeta-jurnallarim bolsa, jon deb olaman. Deylik, tibbiyot muassasalarida markaziy va albatta tarmoq nashrlari bolsa, buning nimasi yomon?

Asli Qirgizistonning Namangan viloyatiga chegaradosh tumanidanman, qishloqqa borsam, albatta, ozim oqib bolgan gazeta-jurnal, kitoblarni olib ketaman, (sovga orniga otadi), hamma xursand, hatto talash bolib ketadi. Oxun Boyxonov degan aka bor, chegaralar ochilgandan beri Ozbekistonda chiqadigan yangi gazeta-jurnallardan xarid qilib, olib kelib, ustiga bir som-yarim som qoyib sotadi. Ochered bolib ketadi. Hatto buyurtmalar qabul qiladi.

Matbuot oladimi? degan mish-mishlar kopayib qoldi. Bir paytlar adabiyot oladimi? deb Shukur Xolmirzayev bong urgan edi. Mana, xudoga shukr, adabiyotimiz yangi, joshqin pallaga kirdi. Matbuot ham shu, u ham yanada yuksalish yollariga chiqib oladi. Bu orinda ehtimol muassis masuliyatini oshirish, dostlik klublari, homiylar masalasini oylab korish kerakdir. Ijtimoiy himoya, imtiyozlar qayta korilar... Ammo maqolalar nechogli dolzarb, hayotiy, oquvchi shuni oqiydimi? degan savol ustida jurnalistlar qattiqroq oylashi kerak. Partiya gazetalari sahifalarining teng yarmi, balki undan koprogi partiya tashkilotlari qanday tadbir, majlis otkazganini yozishi shartmi? Partiyaviy ishlarga bagishlanishi togrimi? Faqat oxirgi bir-ikki sahifagina umum oquvchiga mos gaplar, xolos. Gazeta sahifalarining 50 foizi partiya tadbirlari bolsa, osha partiya azolarining hammasi oz etiqodi doirasida obuna bolsin. Agar ular haqiqiy azo bolsa, albatta, oz nashriga obuna bolishi kerak-ku?.. Oshanda partiya nashrlari 100 ming nusxadan ham oshib ketadi. Siyosiy partiya azolari oz nashriga obuna bolmasligini qanday tushunish kerak?..

Matbuotning eng asosiy xomashyosi qogoz. Tabiiyki, u mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydi. Yaqin-yaqingacha davlat bosmaxonalariga chetdan qogoz sotib olishda muayyan imtiyozlar bor edi, konvertatsiya ochilgach, ular ham bozor narxida qogoz yoki boshqa matbaa xomashyolarini sotib oladigan bolishdi. Bu ham gazeta tannarxi va obunasiga oz tasirini sezdiradi.

Bolalarning nashrlari Tong yulduzi, Gulxan, Gunchada nima gaplar ekan? Hech shubhasiz, bolalar tarbiyasida, fikrlashida, yana boya aytganim vatanparvar, faol bolishida bu nashrlarning orni katta. Har bir oquvchi bittasiga obuna bolishini tashkil etish..., balki qiyin bolsa, 4-5 tasi bir bolib, bu ishni qilsa, maktabda undan barcha bahra olsa qanday yaxshi. Va buning nimasi majburiy obuna, balki ehtiyojiy obunadir bu. Kuni kecha nabiram 25 ming pul soradi. Sinfi bilan teleminoraga borisharkan. Balki bu ham kerakdir. Koradi, tafakkur qiladi, osmonga yaqinlashadi. Lekin bir sinfdan shunchadan pul yigilsa, bolalar nashrlariga bemalol obuna bolsa boladi. Buning nimasi majburiy obuna?

Obunani targib qilish, uyushtirish, xonadonlarga gazeta-jurnallar kirib kelishi nimani anglatadi? Bundan foydami, zararmi? Oqimagandan kora, oqigan yaxshi emasmi?...

Ahror AHMEDOV,

jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: