O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
13.11.2018

YOLGIZ AYOLNING UYI BUZIB TASHLANDI

Endi u ikki nafar norasida farzandi bilan qayerda yashaydi?

Tahririyatimizga Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani, «Chaqqon-2» mahalla fuqarolar yiginida yashovchi, ushbu mahalladagi 51-sonli umumiy orta ta’lim maktabi direktori Nigoroy Bobonazarovadan shikoyat xati keldi.

Unda bayon qilinishicha, mahalladoshlari Yorqinboy Hakimov, Inomiddin Turdiyev, Shukur Mirzayev va Abduvohid Hamidovlar uning maktab direktori lavozimida ishlashini xohlashmayotganligi bois turli mish-mishlar tarqatib, asossiz igvolar qilib kelmoqda. Ustiga-ustak ular direktorning qizi Nafisaxon ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan yashab kelayotgan uyni noqonuniy qurilgan, deb yuqori organlarga ketma-ket arizalar yozavergani natijasida qizining uy-joyi Majburiy ijro byurosi Oltinkol tuman bolimi tomonidan 2018 yil 9 avgust kuni kechki payt ekskavator bilan buzib tashlangan.

— Otam Adhamjon Bobonazarov uzoq yillar davomida Oltinkol tumani Xalq talimi bolimiga qarashli maktablarda oqituvchi va direktor bolib ishlab kelgan, deydiuy-joyi buzilgan Nafisaxon Bobonazarova. Taqdir ekan, otam 2012 yili tosatdan vafot etdi. Shundan song onam besh nafar farzandni, yani bizni ham ota, ham ona bolib voyaga yetkazdi. Yaxshi niyatlarda opam, singlim va meni turmushga uzatdi. Afsuski, mening turmushim buzilib, ikki nafar farzandim bilan onamning uyiga qaytib keldim. Onam kokragimdan itarmadi. Endilikda farzandlaring uchun ozing ishlashing kerak, deb uyimizga yaqin bolgan maktabgacha talim muassasasidan ish topib berdi. Hozir bogchada kir yuvuvchi bolib ishlayapman. Oylik maoshim 380-400 ming som.

Aslida onam ham, otam ham oqituvchi bolib ishlaganligi sababli 1988-1990 yillarda Oltinkol tumani sobiq Quybishev nomli kolxozning rahbarlari tomonidan ularga yakka tartibdagi uy-joy qurish va tomorqa yer sifatida ekin ekib foydalanish uchun yer maydoni ajratib berilgan. Oradan 20 yildan koproq vaqt otganidan song onam Nigoroy Bobonazarova uy-rozgor va farzandlaridan orttirgan mablagiga ikki xonali uyni qurib bitkazdi. Ikki nafar farzandim bilan uyga qaytib kelganimdan song onam hech kimga ota-onani boglab bermagan, hayotligimda sen ham uyli-joyli bol, deb ushbu hovli-joyni menga berdi. Uyni ozimning nomimga otkazish uchun masul idoralarga murojaat qilib borganimda bildimki, osha vaqtda kolxozda ishlagan masullar yer ajratib berilishiga oid hujjatlarni toliq davlat arxiviga topshirmagan ekan. Shu boisdan biz sudga tegishli hujjatlarni taqdim eta olmadik.

Natijada Fuqarolik ishlari boyicha Andijon tumanlararo sudining 2018 yil 16 yanvar kungi hal qiluv qarori, Fuqarolik ishlari boyicha Andijon viloyat sudi kassatsiya instansiyasining 2018 yil 13 aprel kungi ajrimiga kora, uy-joyimiz ozboshimchalik bilan qurilgan hisoblanib, buzdirish belgilandi. Ushbu sud hujjatlariga asosan ijro varaqasi Majburiy ijro byurosi Oltinkol tuman bolimiga ijro etish uchun yuborildi.

Shundan song men Prezidentimizning 2018 yil 20 apreldagiFuqarolarni ijtimoiy qollab-quvvatlash boyicha qoshimcha chora-tadbirlar hamda ozboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini etirof etish boyicha bir martalik umumdavlat aksiyasini otkazish togrisidagi farmonibilan berilgan imkoniyatlardan kelib chiqib, Oltinkol tumani hokimi Baxtimurod Karimov (sobiq) nomiga va Davlat xizmatlari agentligi Oltinkol tuman bolimi (2018 yil 27 iyun kuni)ga turar joyga egalik huquqini etirof etish togrisidagi ariza bilan murojaat etdim. Ammo, Oltinkol tumani hokimi nomiga yozilgan arizamga yozma javob umuman kelmadi. Davlat xizmatlari agentligidan ham javob kelgani yoq.

Nima uchun Kochmas mulkka nisbatan mulk huquqini etirof etish ishlari boyicha Oltinkol tuman komissiyasi raisi va azolari shu kungacha arizani korib chiqib, komissiya nomidan yozma javob berishmayapti?

Uyim buzilishidan ikki kun oldin kechga yaqin Majburiy ijro byurosi Oltinkol tuman bolimi boshliqlari kelib, sudning qarori qolimizda turibdi, uning ijrosini taminlashimiz kerak, uy-joying baribir buziladi, uyingdagi narsalaringni olib chiqib ketmasang, kochaga uloqtiramiz deyishdi-da, uyimning hovli devorini ekskavator bilan buzib tashlashdi. Bu ogohlantirish edi. Shundan song uyimni saqlab qolish maqsadida ariza yozib, masul idoralarga borib, ijroni toxtatib turinglar, deb yalinib-yolvordim. Prezidentimizning Fuqarolarni ijtimoiy qollab-quvvatlash boyicha qoshimcha chora-tadbirlar hamda ozboshimchalik bilan qurilgan turar-joylarga nisbatan mulk huquqini etirof etish boyicha bir martalik umumdavlat aksiyasini otkazish togrisidagi farmoni elon qilinganini aytdim. Hech kim arzi-dodimga quloq solmadi. Joriy yilning toqqizinchi avgust kuni kechki payt yana osha Majburiy ijro byurosi rahbarlari hamda hokimiyatning masul xodimlari ekskavator bilan kelishdi. Ikkita farzandim va mening dod-faryodimga ham etibor bermay, uy jihozlarimni kochaga uloqtirishdi.Shu vaqtda farzanlarimning Aya, bizni hech kimimiz yoqmi, hech kim bizga yordam bermaydimi? degan sozlarini eshitganim ogirlik qildimi, uyimni koz oldimda buzilishini kotara olmadimmi, bor ovozim bilan yordam beringlar deya qichqirib, hushimdan ketganman. Kozimni ochganimda shifoxonada ekanman. Ikki-uch kundan song shifoxonadan chiqib uyimga kelsam, uy-joyim ornida bir uyum siniq gisht va beton qoldiqlarini kordim. Uyimni saqlab qolishga kuchim yetmadi, hech kim bizni himoya qilmadi. Ozimni nochor, hech kimga keraksiz sezdim. Yashashga ishtiyoqim yoqoldi... Ozimni oldirmoqchi ham boldim-u, farzandlarim koz oldimga keldi...

Xojayinim bilan endigina ishdan kelib turgandik, deydiuning yon qoshnisi Odinaxon Esonova. Kech tushganda, qoshni hovlida baqir-chaqir, dod-faryod, bolalarning yigisi eshitildi. Bu ham yetmagandek, chang-tozon kotarilib, texnikalarning ovozi hamda devorlarning gursillab yiqilayotgan tovushlari eshitila boshladi. Nima boldi ekan deb, kochaga yugurib chiqsam, kocha tola odam, hokimiyat va majburiy ijro byurosining rahbar hamda xodimlari uyni buzdirishayotgan ekan. Nafisaxon yonida ikki nafar yoshgina farzandi yiglab turardi. Nafisaxon uyimni buzmanglar, men ikkita yetim farzandim bilan kochada qolamanku deb, bor ovozi bilan ularga tushuntirishga harakat qilayotganida, birdaniga hushidan ketib yiqildi. Uyi buzilayotganida, aksiga olib onasi ham boshqa viloyatga ish bilan ketgan ekan. Qiz bechoraga bu korgiliklar ogirlik qildimi, ozini bilmay qoldi va uni shifoxonaga olib ketdik.

Ozingiz oylab koring, hozirgi sharoitda bir imorat qurish osonmi, deydiqoshnilardan yana biri Mirzatoji Esonov. Nima, ularning uyi birovga xalaqit berarmidi. Buzishga nima zarurat bor edi? Bular esa ozboshimchalik bilan qurilgan uy-joy, deb bir lahzada buzib tashlashdi. Aslida, Nafisaxonning otasi Adhamjon Bobonazarov ushbu maktabni bunyod etilishida katta hissa qoshgan inson. Osha paytlarda maktab qurilishi uchun yer ajratilgan edi. Domlaning tashabbusi bilan maktab hashar yoli bilan qurib bitkazilgan. Bizga ham maktab hududiga yaqin joydan uy-joy qurish uchun yer ajratildi. Domlaga ham besh nafar farzandi borligini hisobga olib, osha vaqtdagi kolxoz rahbarlari shu hududdan yer ajratishgandi. Osha paytlarda yer hujjatlari deyarli hech kimda bolmagan. Biz ham yaqinda uy-joyimizni hujjatlashtirdik. Nafisaxonning uyini nega buzishganini bilmaymanu, ammo mahallada yashaydigan ayrim kishilar yuqori idoralarga ketma-ket shikoyatlar yozishganidan xabarim bor. Mana endi nima boldi?.. Bir beva ayolning uyi buzilib, ikkita farzandi bilan kochada qoldi...

Bu muammodan xabarim bor, deydiOltinkol tumani hokimi orinbosari Faxriddin Parpiyev. Ushbu muammo oldin apellatsiya, keyin kassatsiya tartibida sudlarda korilgan va sudning qarori qabul qilingan. Osha kuni Nigoroy opa menga telefon qildi. Qizimni uyini buzishayotgan ekan, malum sababga kora, boshqa viloyatda edim, iltimos uyni buzilishiga yol qoymay turing, men yetib boraman, dedi. Shundan song men yetib keldim. Tuman Majburiy ijro byurosining xodimlari ogir texnikalarni olib kelib, uyni buzishga tayyor turgan ekan. Shunda men,toxtanglar, bu bir insonning uyi, hattoki biron bir jonzotning inini buzish ham oson narsa emas,dedim. Uyni buzmasdan turinglar desam, siz bizning qonuniy hatti-harakatimiz va xizmat vazifamizni bajarishga xalaqit beryapsiz, dedi Majburiy ijro byurosining Oltinkol tuman bolimi davlat ijrochisi M.Nematov.

Men nima deyishni bilmay qoldim. Shunda Majburiy ijro byurosining davlat ijrochisi M.Nematov uyni buzishga ishora berdi...

Hokim orinbosaridan soradik:

Prezidentimizning 2018 yil 20 apreldagi farmoni bilan ozboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini etirof etish boyicha bir martalik umumdavlat aksiyasi elon qilinganidan xabaringiz bormidi?

Xabarim bor, ammo sudning qarori chiqib bolgan. Uni toxtatib turishga hokimning ham haqqi yoq. Darhaqiqat, sud qaroridaFuqarolik ishlari boyicha Andijon tumanlararo sudi qarorida 2018 yil yanvar oyining 16 kuni davogar Oltinkol tuman prokuraturasi Turdiyev Inomiddin Abdumajidovich va boshqalarning manfaatini kozlab javobgar Bobonazarova Nigoroy Onarboyevaga nisbatan Noqonuniy qurilmalarni javobgar hisobidan buzdirish haqidagi davo arizasi qanoatlantirilgan.

Sud qarorida Oltinkol tuman 51-sonli umumiy orta-talim maktabining stadion maydonini 1400,0 kv.metr yer maydonidagi noqonuniy qurilmalar javobgar Bobonazarova Nigoroy Onarboyevning hisobidan majburiy tartibda buzdirilishi korsatilgan.

Qaror 2018 yil 7 fevral kuni qonuniy kuchga kirgan.

Biroq Nafisa Bobonazarova sud, hokimlik va boshqa idoralarga yordam sorab yozgan arizalari sababli uy 9 avgustgacha buzilmay kelindi. 20 aprelda esa Prezidentning bir martalik umumdavlat aksiyasi elon qilindi. Sud qaroriga etiroz bildirish qiyin. Uy hujjatsiz qurilgan. Ammo insof yuzasidan qaralganda, bir oila taqdiri oylanganda, aksiya elon qilingach, sud qarorini bekor qilish mumkin edi-ku.

Kishini yana bir savol oyga toldiradi: Davlatimiz rahbari ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni uy-joy bilan taminlash uchun qattiq qaygurib, davlat byudjetidan katta mablag ajratayotgan, maxsus aksiya elon qilgan bir paytda ikki farzandli yolgiz ayolning uyini buzish togri bolarmikin, deb nega oylab korilmadi?!

Davogar tuman prokurori ekanligi ham savol uygotadi. U kimning huquqini himoya etayapti? Inson manfaati birinchi orinda turishi kerak emasmi? Bir qavatli maktabga 2 gektar yer kamlik qilayotganmidi? Vaholanki, guvohlar aytayapti, ular bilan birga maktabning sobiq direktori Nafisaning otasiga ham shu hududdan yer ajratilgan ekan.

Hokimning bitta yordami beva ayol ikki nafar farzandi bilan uysiz kochada qolmasin, deb hokimiyatga qarashli bosh turgan bir binoni egalik huquqisiz, vaqtincha yashash uchun qaror chiqarib beribdi.

Osha uyni borib kordik. Uyning eshik va deraza romlari yaroqsiz, devorlari tamirga muhtoj. Elektr-energiya, issiq va sovuq suv, gaz quvurlari yoq. Uyning pol qismi betondan. Isitish tizimi haqida gapirmasa ham boladi. Bir soz bilan aytganda, uyni yashashga tayyorlash uchun ancha-muncha mablag, bir-ikki oy vaqt ketadi. Bu uy nomiga berilganini anglash qiyin emas, buning ustiga vaqtinchalik yashash uchun berilyapti.

Buzilgan uyimizni avval hujjatsiz qurilgan, deyishdi. Keyin maktab hududida qurilgan, deyishdi, deydiNigoroy Bobonazarova. Bizning uy bilan yonma-yon yana 3 ta uy qurilgan. Ularda ham kadastr yoq edi. Nega aynan bizning uy buzdirildi? Xayolimga faqat bir fikr keladi: Tuman hokimiyatida bolgan yigilishda vakolati kattaroq bir rahbarga ogirroq gapirgan edim. Shu gapim boshimga balo boldimikan?..

Opa oz hasrati va ichi tola dardini hikoya qilar ekan, koz yoshlari bir soniya ham tinmasdi...

Opaning ustidan toxtovsiz shikoyatlar yozayotgan qariyalar bilan ham uchrashdik.Noqonuniy qurilgan uyini buzdirdik. Endi uni direktorlikdan ham boshattirishimiz kerak,deya ochiq aytishdi. Nazarimizda ularni kimdir qollab turgandek tuyuldi.


Hokim tomonidan egalik huquqisiz, vaqtinchalik yashashga berilgan uy ahvoli.

Ushbu maqolani yozayotganimizda maktabning bir oqituvchisi xabar berdi. Nigoroy Bobonazarovani boshqa maktabga direktor qilib otkazishibdi. Demak, arizabozlar niyatiga yetibdi. Yanada ajablanarlisi viloyat xalq talimi boshqarmasi va tuman xalq talimi bolimidan masul xodimlar kelib, 51-sonli umumiy orta talim maktabida direktor orinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Qanoatxon Toychiyeva direktor etib tayinlanayotganda arizachilar Yorqinboy Hakimov, Shukur Mirzayev, Abduvohid Hamidovlar maktabda paydo bolishibdi. Bu ayol Nigoroy Bobonazarovaning orinbosari bolib ishlagan, bizga bunday direktor kerak emas, deb janjal qilishibdi.

Shu yerda haqli savol tugiladi: shikoyat yozishni odat qilib olgan bu qariyalar nega maktab ishiga aralashyapti? Ularda bunday vakolat yoq-ku. Ehtimol ularning kimgadir shaxsiy xusumati bordir? Unda shaxsiy masalasini ozaro hal qilish kerak emasmi? Nega ular davlat idoralari ishiga asossiz aralashib, oz shaxsiy talablarini qoyishmoqda? Nima, maktab taqdiri, bu dargohda oqiyotgan yuzlab bolalar taqdiriga ular xojayinmi? Ular kim ozi? Ayrimlarining shaxsi, axloqi haqida xunuk gaplar ham eshitdik. Huquq-tartibot idoralaridan kerakli malumotlarni olgach, bu masalaga alohida qaytmoqchimiz.

Hozircha esa bizni bir yolgiz ona va uning ikki nafar farzandining taqdiri tashvishga solyapti. Andijon viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi bu masalaga xolis va prinsipial yondashadi, deb umid qilamiz.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: