O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
15.11.2018

MUHOFAZAGA MUHTOJ KISHINING FARZANDI OLIY TALIM OLISH IMKONIGA EGA BOLISHI MUHIM MASALA

Sherzod SODIQOV, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi sektor mudiri:

— Ta’lim tizimini chuqur isloh qilish boyicha mamlakatimizda ulkan ishlar amalga oshirilayotgani bor gap. Oliy talim muassasalarida sirtqi va kechki talim joriy etildi, kirish sinovlarida toplagan natijalari eng yuqori ballning 30 foizi (68,0 ball)dan kam bolmagan, oqish istagini bildirgan abituriyentlar amaldagi tolov-kontrakt miqdoriga nisbatan 10 barobardan ortiq oshirilgan miqdorda tolov tolash sharti bilan oqishga qabul qilinishi belgilandi. Yaratilayotgan imkoniyatlar diqqatga sazovor, albatta.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining «Nogironligi bolgan shaxslarni davlat tomonidan qollab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi farmoniga muvofiq, hukumat tomonidan oliy talim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan nogironligi bolgan shaxslar uchun qoshimcha ikki foizli davlat granti kvotalari joriy etildi. Bu ham partiyamiz elektorati hisoblanmish nogironligi bolgan shaxslarga katta imkoniyatlar eshigini ochib berdi.

Bugungi kunda yurtimizda barcha soha uchun zamonaviy kadrlar lozimligi kundek ravshan.

Har yili respublikamizda maktab, orta-maxsus talim muassasalarini qariyb 600 ming nafar oquvchi tamomlayotgan bolsa, shundan atigi 10 foizi, yani 60-70 ming nafari talabalar safiga qabul qilinishi biroz kongilni xira qiladi.

Bu korsatgichni YuNESKO malumotlari bilan taqqoslaydigan bolsak, talabalar sonining mamlakatimizda osish darajasi boshqa davlatlar bilan taqqoslaganimizda, ancha past ekanini korish mumkin. Masalan, Xitoy va Hindiston davlatlarida talabalar soni keyingi 15 yil ichida ikki barobarga oshdi.

Shunga kora, partiyamiz Saylovoldi dasturida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yil 20 iyunda qabul qilingan Oliy talim muassasalariga oqishga qabul qilish, talabalar oqishini kochirish, qayta tiklash va oqishdan chetlashtirish tartibi togrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqidagi qarorga tegishli ozgartish va qoshimchalar kiritish lozim, deb hisoblayman.

Qarorga kora, kirish sinovlarida toplagan natijalari eng yuqori ballning 30 foizi (68,0 ball)dan kam bolmagan, asosiy kvotalar doirasida va Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan qoshimcha orinlarga qabul qilinmay qolgan va oqish istagini bildirgan abituriyentlarga birinchi oquv yiliga amalda ornatilgan tolov-kontrakt miqdoriga nisbatan 10 barobardan ortiq oshirilgan tolov-kontrakt miqdorida tolov tolash sharti bilan oqishga kirish huquqi beriladi. Abituriyent Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda tolov-kontrakt shartlarini bajargandan song, oliy talim muassasasi rahbarining buyrugi bilan oqishga qabul qilinadi, deb belgilab qoyilgan.

Bunda, birinchi oquv yili uchun tolov-kontrakt miqdori talim yonalishi xususiyatidan kelib chiqib, Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Mening taklifim ana shu masala bilan bogliq. Abituriyent yetim, chin yetim, nogironligi bolgan shaxslarning farzandlari bolsa yoki kam taminlangan oilalarning farzandlari bolgan taqdirda, unga ornatilgan tolov-kontrakt miqdoriga nisbatan 10 barobardan ortiq emas, balki 5 barobar miqdorida tolov tolash sharti bilan, imtiyozli talim kreditidan foydalanish orqali oqishga kirish huquqi berilishi tarafdoriman.

Yoki yuqorida korsatilgan qatlam vakillari farzandlari uchun davlat granti asosida sirtqi talim olish imkoniyati yaratilsa, maqsadga muvofiq bolardi.

Bu takliflarning asoslari quyidagicha:

Birinchidan, bugungi kundagi belgilangan 10 barobar miqdoridagi tolov-kontrakt summasi ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlam vakillari uchun juda katta mablag hisoblanadi. Davlat statistika qomitasi malumotlariga kora, respublikamizda 5,8 mln. kishi rasman ish bilan band, Moliya vaziri orinbosari D.Sultonovning takidlashicha, yurtimizdagi 800 mingga yaqin ishchi 500 ming som atrofida minimal oylik maosh oladi. Yiliga 6 mln. maosh oladigan ishchilar farzandlari uchun 10 barobor miqdoridagi, yani 80-100 mln. somlik tolovni tolay olmasligi aniq.

Ikkinchidan, kam taminlangan oila vakillari farzandlari ham bekor yurmaydi, bemalol oqishga kirib, kelajakda oilasi va yurt ravnaqi uchun xizmat qiladi.

Uchinchidan, qizlar uchun yaxshi imkoniyat yaratiladi. Qizlar birinchi va ikkinchi yillari talaba bola olmasa, odatda, ularni turmushga uzatish hollari kop uchraydi. Oqibatda ular aksariyat hollarda bir umr oliy malumotsiz bolib qoladi.

Tortinchidan, aholi qatlamlari ortasidagi iqtisodiy tafovut qisqarishiga qoshimcha asos yaratiladi.

Yaratilayotgan imkoniyatlardan barcha yoshlarimiz foydalanish huquqiga ega bolishi dolzarb ahamiyatga ega, deb oylayman.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: