O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
15.11.2018

HUKUMAT AZOLARIDAN KIMLARGA PARLAMENT SOROVI YUBORILGAN?..

Shuhrat MAMADJANOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi:

— Taraqqiyotning yangi bosqichida islohotlar shiddatli amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-marifiy jabhalardagi yangiliklar xalqimizning ijtimoiy faolligini oshirib, islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirmoqda.

Bu borada, albatta, parlamentning ham orni tobora ortib boryapti. Pirovardida qabul qilinayotgan qonunlarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga bevosita tasiri yanada kuchayishiga erishilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputatlik korpusi joriy yilda ham xalq bilan bevosita muloqotni izchil davom ettirdi. Saylovchilar bilan uchrashuvlar otkazib, ularning muammolari bilan qiziqdi. Qonun ijodkorligi faoliyatiga jamoatchilikni keng jalb qilish, shu jumladan, qonun loyihalarini fuqarolarning fikr-mulohazalari va takliflarini organgan holda tayyorlash, korib chiqilayotgan hujjatlar yuzasidan aholi ortasida ochiq muhokamalar otkazish amaliyotini tizimli tarzda yolga qoyishga alohida etibor qaratildi.

Shu orinda ayrim dalil va raqamlar xususida toxtalib otsak. Joriy yilning 9 oyida quyi palataning korib chiqishida 140 ta qonun loyihasi (2017 yilda 110 ta edi) bolib, ulardan 112 tasi hisobot davrida kiritilgan, 28 tasi esa oldingi hisobot davridan otgan. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan 1 ta Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qarori loyihasi korib chiqilgan.

Takidlash joizki, 113 loyihadan 15 tasi yangi qonun, 5 tasi yangi tahrirdagi qonun, 11 tasi xalqaro shartnomalar va bitimlarni ratifikatsiya qilishni hamda 81 tasi ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritishni nazarda tutgan qonun loyihalaridir.

Yilning otgan davrida qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalangan holda, Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan 19 ta qonun loyihasi kiritilgan.

Hisobot davrida 3 qonun loyihasi uni kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subekti tomonidan chaqirib olingan, 7 ta qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan rad etilib, qonunchilik tashabbusi huquqi subektiga qaytarilgan.

Otgan davrda parlament quyi palatasining qonun ijodkorligi faoliyati samaradorligini, qabul qilinayotgan qonunlarning sifati va asosliligini hamda togridan-togri tasirini taminlash borasidagi ishlar tubdan kuchaytirildi. Xususan, muhim ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy ahamiyatga ega qonun loyihalarini korib chiqishning barcha bosqichida ularni joylarda fuqarolar bilan keng muhokama qilish, aholining fikr-mulohazalarini bevosita joyiga chiqib organish va korib chiqilayotgan qonun loyihalarini shu asosda takomillashtirish amaliyoti tizimli yolga qoyildi.

Qonun loyihalari yuzasidan keng jamoatchilik muhokamasini tashkil etish maqsadida ular deputatlar birlashmalari hamda qomitalar tomonidan internet tarmogiga, shu jumladan, Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytiga va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib borildi. Ular boyicha koplab takliflar, fikr-mulohazalar olindi.

Takidlash kerakki, qonun loyihalarini jamoatchilik muhokamasiga qoyish amaliyoti, birinchi navbatda, qabul qilinayotgan qonunlarda saylovchilarning manfaatlarini yanada toliq ifodalashga, ushbu qonunlarning hayotga samarali joriy etilishini taminlashga xizmat qilmoqda.

Jumladan, 2018 yil 3 iyulda qabul qilingan «Mediatsiya togrisida»gi Ozbekiston Respublikasi Qonuni fuqarolar va tashkilotlar ortasidagi nizolarni sudsiz hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mediatsiya nizo boyicha muayyan kelishuv tuzishga komaklashuvchi uchinchi xolis, nizoda manfaatdor bolmagan taraf mediator ishtirokida nizoni alternativ hal qilish usulidir. Bunda taraflar nizoni hal etish maqsadida qaror qabul qilish jarayonini toliq nazorat qiladi. Mediatsiyani qollash, taraflar fuqarolar va tashkilotlar, shu bilan birga, tadbirkorlik subektlarining vaqtini tejashga va sud xarajatlarini qisqartirishga imkon beradi. Ularda nizoni sudgacha olib bormasdan tez, arzon, qulay joy va vaqtda hamda maxfiy ravishda ozaro maqbul kelishuvga erishgan holda hal qilish imkoniyati paydo boladi. Bunda, taraflar ortasida ishbilarmonlik munosabatlarining saqlanish ehtimoli yuqori. Taraflarga sud muhokamasi bilan bogliq ishlar boyicha advokatlarni jalb etish, davlat boji va boshqa xarajatlarni qoplash shart emas. Shunga kora, taraflarda yuzaga kelgan nizoni tez hal qilish va ozlarining asosiy faoliyatini davom ettirish imkoni paydo bolmoqda.

2018 yil 16 oktabrda qabul qilingan Xususiy bandlik agentliklari togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuni aholini ish bilan taminlashda qoshimcha imkoniyatlar yaratadi. Amaldagi qonun hujjatlariga (Mehnat kodeksi, Aholini ish bilan taminlash togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuni) muvofiq, bandlik sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish va fuqarolarning tegishli kafolatlar bilan taminlanishi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning joylardagi bolinmalari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Kopchilik mamlakatlarda esa aholini ish bilan taminlashda xususiy bandlik agentliklari oziga xos orin tutadi. Chet elda bandlik sohasida xizmatlar korsatuvchi xususiy bandlik agentliklari davlatdan mustaqil subekt bolgani holda, korxonalarga (ish beruvchilarga) va ish qidirayotgan fuqarolarga xizmat korsatadi. Umuman olganda, bunday agentliklar har yili jahonda 8 10 mln. nafar kishini ish bilan taminlaydi.

Xususiy bandlik agentliklari faoliyati yolga qoyilishi Ozbekiston aholisini ham mamlakat korxonalarida, ham chet elda ish bilan taminlash imkoniyatlarini kopaytirish va kengaytirish, davlat xizmatlari, xususiy sektor uchun bandlikka komaklashishning aniq mexanizmini tartibga solish, ish bilan taminlash borasida xizmatlar korsatish uchun tartib va shartlarni belgilash, shu jumladan, xususiy bandlik agentliklari, korxonalar hamda ish qidirayotgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini belgilash imkonini beradi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi oz vakolati doirasida nazorat-tahlil faoliyatini ham amalga oshirib kelmoqda. Joriy yilning otgan davrida Qonunchilik palatasida 12 ta parlament eshituvi otkazildi.

Shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti togrisidagi hamda Parlament nazorati togrisidagi Qonunlarga muvofiq, Qonunchilik palatasining 2018 yilga moljallangan Hukumat soatini otkazish jadvali ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Diqqatga molik jihati, mazkur amaliyot milliy parlament tarixida ilk bor tashkil etildi. Deputatlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvoli yuzasidan olib borgan organishlari hamda odamlardan kelayotgan murojaatlardan kelib chiqib, siyosiy partiyalarning quyi palatadagi fraksiyalari takliflariga kora, Hukumat soatiga kiritilgan savollarga hukumat azolari javob berishdi. Xususan, 1 mayda uy-joy kommunal xizmat korsatish vazirining orinbosari O.Djamalov, sogliqni saqlash vazirining birinchi orinbosari B.Yusupaliyev, 5 iyulda bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.Kudbiyev, 7 avgustda turizmni rivojlantirish davlat qomitasi raisi orinbosari A.Akkulov, 6 sentabrda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasi raisi B.Qochqorov Hukumat soatida deputatlar savollariga javob qaytardi.

Bundan tashqari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga 3 ta xalq talimi vaziri, sogliqni saqlash vaziri hamda Bosh vazir orinbosari-moliya vaziriga parlament sorovi yuborildi.

Bir soz bilan aytganda, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi oz faoliyatida fuqarolarning huquqlarini himoyalash, aholining manfaatlarini muhofazalash, saylovchilar ishonchini oqlashga har tomonlama etibor qaratib kelmoqda.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: