O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
15.11.2018

KETRIN OELLERS: OZBEKISTON OZ SALOHIYATIDAN SAMARALI FOYDALANA BOSHLADI

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qomitasida Ozbekiston — Germaniya moliyaviy-texnik hamkorligi boyicha hukumatlararo maslahatlashuvlarning navbatdagi majlisi bolib otdi.

Unda Germaniya Federativ Respublikasining iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi bolim boshligi Ketrin Oellers, GFRning Ozbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Gyunter Overfeld, Germaniya taraqqiyot banki (KfW), Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) mutaxassislari va mamlakatimizning investitsiya, bank-moliya, qishloq xojaligi, sogliqni saqlash, ta’lim, ekologiya kabi sohalar uchun masul vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Majlisni Investitsiyalar boyicha davlat qomitasi raisining birinchi orinbosari Laziz Qudratov ochib berdi.

Takidlanganidek, mamlakatimizda qonun ustuvorligini taminlash, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini ornatish, fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot borasida olib borilayotgan islohotlar kutilgan samaralarni bermoqda.

Bizda Ozbekiston inson huquqlari himoyasi va tasirchan hukumatni rivojlantirish kabi sohalarda oz salohiyatidan samarali foydalana boshlabdi, degan taassurot uygondi, dedi Ketrin Oellers. Yurtingizda amalga oshirilayotgan ijobiy ozgarishlar ikki tomonlama munosabatlarni yanada izchil rivojlantirishga turtki beradi.

Majlisda ozaro hamkorlik natijalari, Ozbekiston va Germaniya ortasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish boyicha loyiha takliflari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, 2017 yilda Ozbekiston Germaniya hukumatlararo muzokaralar natijasi va ozaro hamkorlik asosida sogliqni saqlash, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish sohalarida qoshma loyihalar amalga oshirilgan. Xususan, Germaniya hukumati bilan sogliqni saqlash dasturining 4-bosqichi boyicha hamkorlik doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun 11,3 million yevro ajratilgan.

Majlisda Germaniya tomoni mamlakatimizda barqaror iqtisodiy rivojlanishni taminlash, sogliqni saqlash, qishloq xojaligi sohalari, xususan, paxta yetishtirishda yangi texnologiyalarni qollash, fermerlarni moliyaviy qollab-quvvatlash boyicha yangi loyihalarni amalga oshirishga 26 million yevro miqdorida mablag ajratish rejalashtirilganini malum qildi.

Tadbir doirasidagi sessiyalarda GIZning «Markaziy Osiyoda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi uchun qonun ustuvorligini taminlash», Markaziy Osiyoda professional talim, Markaziy Osiyoda savdoni soddalashtirish, Markaziy Osiyoda iqtisodiy rivojlanishni taminlash uchun barqaror va iqlim ozgarishiga tasirchan yerlardan foydalanish kabi mintaqaviy loyihalar boyicha hamkorlik qilish imkoniyatlari korib chiqildi.

Majlis natijalari boyicha protokol imzolandi.

Malohat HUSANOVA,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: