O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
13.11.2018

QONUN LOYIHASI SHARTLI RAVISHDA MAQULLANDI

O‘tgan haftada Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bolib otdi. Unda deputatlar qator qonun loyihalarini korib chiqdi. Majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar avvalroq Ozbekiston XDP yigilishlarida ham atroflicha muhokama qilingan.

Xususan, «Urugchilik togrisida»gi qonun loyihasi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan. Ushbu loyiha Prezidentning shu yil 27 apreldagi Ozbekiston Respublikasida urugchilik tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori asosida ishlab chiqilgan.

Feruza ESHMATOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi a’zosi:

— Mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi konsullik muassasalari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab beruvchi asosiy hujjat, yani Konsullik ustavi 22 yil avval qabul qilingan. Otgan davr mobaynida milliy qonunchilikka kiritilgan ozgartishlar, shuningdek, hozirgi kunda shakllangan amaliyot, xorijiy tajriba va xalqaro huquq meyorlari mazkur hujjat takomillashtirilishini taqozo etmoqda.

Shundan kelib chiqib, parlament quyi palatasi tomonidan mazkur ustav yangi tahrirda tayyorlandi. Unda konsullik faoliyatini amalga oshirish, konsullik mansabdor shaxslari orqali chet eldagi fuqarolarimiz hamda yuridik shaxslarning manfaatlarini himoya qilish masalalarining huquqiy-tashkiliy asoslari belgilab berilmoqda. Konsullik muassasalari huquqiy maqomi va toifalarining aniq ifodalangani vazifalarning toliq bajarilishiga xizmat qiladi, deb oylaymiz.

Zulayxo AKRAMOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Bugungi xalqaro standartlar yangiliklar qilishga, doimo izlanishga undamoqda. Ayni vaqtda bu qonunchilik meyorlarini takomillashtirib borish, yangi huquqiy asoslar yaratishni talab etadi. Mazkur jarayon urugchilik sohasini ham chetlab otmasligi kerak. Inson qanday mahsulotlarni istemol qilishi uning hayot tarziga bevosita tasir korsatadi. Shu manoda mazkur qonun loyihasi muhim ahamiyatga ega, deb hisoblaymiz.

Sohani rivojlantirish, sifatli va hosildor mahsulotlar uruglarini yetishtirish ishlarini kengaytirish, ularni xalqaro bozorda ilgari surishning huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari yanada keng qamrab olinishi kerak. Bunda yangilangan talab va takliflar puxta organilishi lozim.

Loyihada urugchilik sohasidagi munosabatlarni tartibga solish mexanizmini yaxshilash hamda uruglik eksporti uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ham kozda tutilmoqda. Fraksiyamiz fikricha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi qishloq xojaligida urugchilikning meyoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, sohaga zamonaviy innovatsion loyihalarni joriy etishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, urugchilik genofondini saqlash, uruglik yetishtiradigan va uni qayta ishlaydigan korxonalar tarmogining samaradorligini oshirish ham bevosita loyiha asosida jadallashadi. Qonun loyihasiga kora, uruglarni realizatsiya qilish hamda eksport kolamini kengaytirish esa iqtisodiy barqarorlikni taminlashga hissa qoshadi.

Ozbekiston Respublikasining Konsullik ustaviga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi, Ozbekiston Respublikasining Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihalari ham deputatlar diqqat markazida boldi.

Aksavli TUMISHOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Osimliklar karantini sohasidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun mamuriy javobgarlikning samarasizligi bois ushbu meyorlarni qayta korib chiqishga ehtiyoj sezildi. Hozirgi paytda osimliklar karantini inspektorlari zararlangan hududlarni aniqlash maqsadida qishloq xojaligi ekinlari maydonlari va aholi tomorqalarida nazorat otkazib kelmoqda. Kamchilik aniqlangan taqdirda yer egalariga osimliklarni zararsizlantirish uchun majburiy amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilab bermoqda.

Prezidentimizning Osimliklar karantini boyicha davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar haqidagi qaroridan kelib chiqib, Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksga ozgartirishlar kiritilyapti. Xususan, karantin elon qilingan zararkunandalarga, osimliklar kasalliklariga va begona otlarga qarshi kurashning sanitariya yoki boshqa xil qoidalarini buzgan fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solish nazarda tutilmoqda. Xorijdan keltirilib, karantin tekshiruvidan va tegishli ishlov berishdan otkazilmagan materiallarni tashib chiqib ketish boyicha ham javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Fraksiyamiz ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi davlat nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi, deb hisoblaydi. Shuningdek, osimliklarning karantini boyicha chora-tadbirlarni tizimli amalga oshirish tubdan isloh qilinadi. Huquqbuzarliklarning oldini olish boyicha choralar korish, osimliklar karantini va fitosanitariya talablari bajarilishini toliq taminlashga yordam beradi.

Fraksiya yigilishida yana bir qator qonun loyihalari korib chiqildi. Xususan, Sud, Ozbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Ozbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini organish tadqiqot markazi va Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taminlash departamenti xodimlarining mansab darajalari togrisidagi nizomga qoshimcha va ozgartishlar kiritish togrisidagi qonun loyihasi bahs-munozaralarga sabab boldi. Loyiha maqsadining toliq ochib berilmagani va moddalardagi boshliqlarni toldirish kerakligi takidlandi. Shu bois mazkur qonun loyihasi fraksiya azolari tomonidan shartli ravishda maqullandi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: