O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
13.11.2018

2019 YILDA RASMIY SANALARNI NISHONLASH DAVRIDA QOSHIMCHA ISHLANMAYDIGAN KUNLARNI BELGILASH VA DAM OLISH KUNLARINI KOCHIRISH TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

2019 yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida toliq dam olishi uchun sharoitlar yaratish, dam olish va bayram kunlaridan oqilona foydalanishini ta’minlash maqsadida:

1. 2019 yilda quyidagi qoshimcha dam olish kunlari belgilansin:

2 yanvar — chorshanba;

22 mart juma;

2 sentabr dushanba.

2. 2019 yilda quyidagi dam olish kunlari kochirilsin:

5 yanvar shanba 3 yanvar payshanbaga;

1 iyun shanba 6 iyun payshanbaga;

7 sentabr shanba 3 sentabr seshanbaga;

28 dekabr shanba 31 dekabr seshanbaga.

3. Belgilab qoyilsinki:

byudjet tashkilotlarida ushbu Farmonning 1-bandida belgilangan qoshimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat tatilining davomiyligini uch ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi;

har yilgi mehnat tatili davrida saqlanadigan ortacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat tatilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga ushbu Farmonda belgilangan qoshimcha dam olish kunlari qoshiladi;

har yillik mehnat tatilining davomiyligi qisqartirish hisobga olingan holda on besh ish kunidan kam bolmasligi kerak;

byudjet tashkiloti hisoblanmagan tashkilotlarda ushbu Farmonning 1-bandiga muvofiq qoshimcha dam olish kunlari mehnat tatiliga qoshimcha boshqa kunlar bilan bir qatorda moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, jamoa shartnomalari yoki ish beruvchilar tomonidan kasaba uyushmasi qomitalari bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal normativ hujjatlarda belgilanadi.

4. Ozbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi Ozbekiston yoshlar ittifoqi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, «Ozbekiston havo yollari» MAK va Ozbekiston temir yollari AJ, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bayram (ishlanmaydigan) kunlarining uzaytirilishini hisobga olgan holda, respublika aholisi uchun ichki turizm va faol dam olish yonalishlarini, transport va mehmonxona xizmatlari uchun chegirmalar berilishini hamda aksiyalar otkazilishini tashkil etsin.

5. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari:

aholining uzaytirilgan bayram (ishlanmaydigan) kunlarida maroqli va foydali dam olishini tashkil etish boyicha tizimli choralar korsinlar;

Ozbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi va Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda bayram kunlari otkaziladigan tadbirlar togrisida aholini keng xabardor qilishni taminlasin.

6. Ozbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga:

mehnat jamoalari ortasida ushbu Farmonning maqsadi, mazmun-mohiyati togrisida tushuntirish ishlarini tashkil etish;

uzaytirilgan bayram kunlarida xodimlar va ularning oila azolarining maroqli dam olishini taminlash yuzasidan kasaba uyushmalari tashkilotlarining ishini faollashtirish tavsiya etilsin.

7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018 yil 12 noyabr


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: