O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
08.11.2018

SAYLOV VA SIYOSIY TEXNOLOGIYALAR

Yetakchilik nima? Har qanday rahbar yoki boshqaruvchi ham lider sanaladimi?

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi tomonidan «Taraqqiyot strategiyasi» markazida otkazilgan saylov va siyosiy texnologiyalar mavzusiga bagishlangan seminar qiziqarli savollar bilan boshlandi.

Darhaqiqat, barcha rahbarni ham namunali yetakchi, deb ayta olmaymiz. Chunki liderlik san’at bolib, odamlarga tasir otkazish, ularni ishontirish, malum maqsadlar sari yetaklashni bildiradi.

Ushbu masalaga kengroq qarasak, har qanday taraqqiyot yolini tutgan davlatda aholini siyosiy jarayonlarga jalb etish, ularning siyosiy madaniyatini oshirish muhim vazifalardan sanaladi. Seminarda shu haqda fikr-mulohazalar bildirildi.

— Bugun siyosiy texnologiyalardan kengroq foydalanish muhim ahamiyatga ega, dedi Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari Mehrojiddin Darxonov. Misol uchun, tashkil etilayotgan har bir seminar-treningni partiyamiz faoliyati uchun kerakli mavzularga bagishlangan maruzalar, qizgin bahs-munozaralarga boy tarzda otkazish zarur. Shuningdek, mamlakatimiz hayotidagi dolzarb voqealarga bagishlangan maxsus mashgulotlar otkazish, targibot ishida axborot-tahliliy va uslubiy qollanmalardan samarali foydalanishimiz talab etiladi. Albatta, bunda siyosatshunoslar, mutaxassislar bilim va tajribasini organish muhim ahamiyat kasb etadi.

Chindan ham, shiddatli ijtimoiy-siyosiy ozgarishlar har bir siyosiy partiyaning doimgidan kora faollik bilan harakat qilishini talab etmoqda, dedi Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy universiteti oqituvchisi, sotsiologiya fanlari doktori Abdulla Abduxalilov. Siyosiy partiyalarning faolligi fuqarolarning turmush farovonligiga xizmat qiladi. Bu esa saylovlarda partiyaning qanday ishtirok etishiga bogliqdir. Hozirda rivojlangan demokratik davlatlarda saylov jarayonlarida foydalanish uchun 400 dan ortiq saylov texnologiyalari qollanmoqda. Alohida etibor qaratish kerakki, bunday texnologiyalar demokratik reallikka qarab qollanadi.

Saylov texnologiyalari deganda saylovlarda maqsadga erishish uchun qollanma boladigan aniq strategik reja tushuniladi. Qonun chegarasida qanday uslub qollanilishidan qati nazar maqsad aniq galabaga erishish bolishi kerak. Yani, nomzodlar men hokimiyatga aniq erishaman, men saylovda aniq galabaga erishaman, men buni qila olaman, deb harakat qilishi kerak. Ana shunda natija boladi. Agar nomzod bir omadimni sinab koraychi, bir gap bolar qabilida ish qilsa, natija ham shunga yarasha bolishi aniq.

Eng avvalo muhit tanlay bilish va unga moslashishdir. Bu har bir saylov texnologiyalarining amalga oshishi uchun muhim bolgan jihat hisoblanadi. Partiya xodimi yoki nomzod qaysi siyosiy texnologiyani qanday muhitda qollashni bilishi kerak. Har bir siyosiy texnologiya uslublarini qulay muhit shakllanganida togri ishlata bilish lozim. Qishloq xojaligi sohasi vakillari bilan tibbiyotdagi kashfiyotlar haqida gaplashib bolmaydi. Oddiy odamlar oldida akademik doiradagi ilmiy terminlar bilan maruza qilinmaydi. Shu jihatlarga etibor berish zarur. Demak, auditoriyaning tarkibi, yoshi, ijtimoiy holati, hattoki oilaviy ahvoligacha inobatga olinishi talab etilmoqda.

Takidlanganidek, nomzodlarning ishonchli vakillari togri tanlanishi kerak, dedi OzXDP faoli, Bilim axborot-kutubxona markazi rahbari Hafiza Karimova. Aytaylik, ishonchli vakil mashhur yulduzlar, sport musobaqalari sovrindorlari bolsa, uning nomzodni qollab-quvvatlashini aytishi va boshqalarni ham shunga davat qilishi juda yaxshi samara beradi.

Otgan saylovlarning birida shunday tajriba qollanilgan. Parlament deputatligiga 4 nomzodning barchasi salohiyatli. Kim yutishini oldindan hatto taxmin qilish mushkul edi. 3 nafar nomzodni ortda qoldirish uchun bir nomzod juda yaxshi uslub oylab chiqqan edi oshanda. Ozbekistondagi mashhur chempionni uchrashuv zaliga taklif qildi. Chempion ushbu nomzodning ishonchli vakili ekanini aytib, uni maqtab ketdi. Natijada hamma shu nomzod atrofida yigilib, unga ovoz berishini ayta boshladi. Qarang, qolgan nomzodlar ham salohiyatli edi, biroq saylovda yutqazdi. Chunki ular saylov texnologiyalaridan samarali foydalana olmadi.

Siyosiy oquvda, shuningdek, bugun odamlar uzundan-uzun, umumiy fikrlardan iborat maruzalarga muhtoj emasligi, targibotchilar koproq tahlil, hayotiy misollar, odamlar qalbiga kirib boradigan yollardan foydalangan holda ish olib borishi zarurligi takidlandi.

Seminarning ikkinchi qismida ishtirokchilar guruhlarga bolingan holda saylovga oid texnologiyalar boyicha interaktiv mashgulotlar otkazishdi.

Zilola ANVAROVA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: