O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
25.10.2018

BIZGA ILGOR KADRLAR KERAK

Sharbat ABDULLAYEVA, Toshkent moliya instituti professori, iqtisod fanlari doktori, O‘zXDP faoli:

— Respublikamizda ilm-fan, ta’lim-tarbiyani yanada rivojlantirish, jahon darajasiga olib chiqish, yoshlarimiz chuqur bilimli bolishi uchun keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. 2017-2021 yillarga moljallangan Harakatlar strategiyasida ilm-fan va talimni rivojlantirishga ustuvor vazifa sifatida etibor berilgani bejiz emas, albatta.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi «Oliy talim muassasalarida talim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taminlash boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisida»gi qarori ilm-fan, talim-tarbiyani yanada rivojlantirish sohasida yangi muhim qadam boldi.

Mamlakatimizda oxirgi yillarda qator yangi oliy talim muassasalari tashkil etilib, ularda 66 ta zamonaviy talim yonalishlari va 48 ta magistratura mutaxassisliklari boyicha kadrlar tayyorlash yolga qoyildi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining otgan hafta mamlakatimizga tashrifi doirasida ikki davlatning yetakchi oliy talim muassasalari ortasida Ozbekiston Rossiya talim forumi otkazilishi bu boradagi islohotlarni yuqori darajaga kotarishda muhim ahamiyat kasb etadi, deb oylayman.

Mazkur forumda ikki davlatning talim va fan sohasi rahbarlari hamda Rossiyaning 80 dan ortiq nufuzli oliy talim muassasalari rektorlari ishtirok etgani, talim va fan sohalaridagi hamkorlik, shuningdek, Rossiyaning yetakchi oliy oquv yurtlari filiallarini ochish togrisida 100 dan ortiq kelishuv imzolangani shunday ijobiy ishlarning natijasidir.

Bu jarayon oz-ozidan sodir bolayotgani yoq, mamlakatimizda kadrlar tayyorlash sohasida Rossiya Federatsiyasi strategik hamkorlardan hisoblanadi. Bugungi kunda Ozbekistonda Rossiyaning M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti, G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universiteti filiallari faoliyat korsatmoqda. (Yaqinda Rossiya Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining filiali ham ular qatoriga qoshildi). Ularda 2000 nafardan ortiq malakali kadrlar tayyorlanmoqda, respublikamizning bazi oliy oquv yurtlarida Rossiyaning yetakchi oliy oquv yurtlari bilan hamkorlikda Double degree dasturlari asosida talabalarni oqitish, ikki tomonlama diplom berish boyicha qoshma dasturlar orqali kadrlar tayyorlash yolga qoyildi. Joriy yil yozida Moskva muhandislik-fizika instituti milliy tadqiqot yadro universiteti federal davlat avtonom oliy talim muassasasining Toshkent shahrida filiali tashkil etildi va kelajakda bu muassasada ham oquv jarayonlarini yolga qoyish moljallanmoqda.

Poytaxtimizda birinchi marta otkazilgan Ozbekiston Rossiya talim forumida ikki davlat OTMlari rektorlari Ozbekiston va Rossiya ortasida zamonaviy yonalish va mutaxassisliklar boyicha malakali kadrlar tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot sohasida ozaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, shu masalalarda ozaro hamkorlikni izchil yolga qoyishga doir dolzarb vazifalarni ochiq muloqotda muhokama qilishdi. Erishilgan kelishuvlar natijasida qoshma dasturlar asosida talabalarni oqitish, fakultet va kafedralar filiallarini tashkil qilish, oqituvchilar malakasini oshirish, maqsadli ilmiy izlanishlar olib borish, hamkorlikda oquv va ilmiy adabiyotlar yaratish, oquv-uslubiy yonalishlarda hamkorlik qilish uchun zamin hozirlandi.

Bu say-harakatlar Ozbekiston Rossiya hamkorlik munosabatlarining mustahkamlanishiga, mamlakatimizga yangi bilim va texnologiyalarning kirib kelishiga, iqtisodiyotimizning yangi avlod kadrlari bilan taminlanishiga zamin yaratadi, deb ishonaman.

Yangi avlod kadrlari kimlar va ular mamlakatimizga nima uchun kerak?

Davlatimiz rahbariyati tomonidan jamiyatda keng qamrovli islohotlar boshlandi. Ular yurtimizdagi real sharoitni tubdan ozgartirishni taqozo etadi. Ijtimoiy hayotimizdagi asosiy tarmoqlar har tomonlama yangilanishga muhtoj. Buni amalga oshirish uchun tom manodagi professional kadrlar zarur. Ularni qayerdan topamiz? Bizdagi oliy talim dunyodagi ilgor talablarga hozircha moslasha olmagani uchun chet ellardagi yetakchi oliy talim muassasalari bilan hamkorlik qilish vazifamiz. Shuning uchun Ozbekistonda faqat Rossiya institut-universitetlari emas, boshqa davlatlardagi institut-universitetlarning ham filiallari kopaymoqda va bu jarayon hali qizgin davom etadi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: