O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
25.10.2018

HAMKORLIKNING YANGI DAVRI

Feruza ESHMATOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi:

— Otgan haftada mamlakatimizda bolib otgan bu tarixiy voqea hali kop muhokama qilinadi, fikr-mulohazalar bildiriladi.

Ozbekiston Rossiya birinchi hududlararo hamkorlik forumida ilm-fan, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish boyicha yuzlab bitimlar imzolandi. Rossiya Ozbekistonning muhim savdo sherigi hisoblanadi. Mamlakatlarimiz ortasida erkin savdo tartibi amal qilmoqda. Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash hajmi 30 foiz osgan.

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining tashrifi chogida ikki davlat rahbarlari hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash bilan bogliq dolzarb masalalarda muzokaralar olib bordi. Unda tovar ayirboshlash hajmini oshirish va nomenklaturasini diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish korxonalari ortasidagi kooperatsiyani rivojlantirish, transport va energetika sohalarida ozaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Hisob-kitoblarga kora, joriy yilda tovar ayirboshlash hajmi 6 milliard dollarga yetadi. Yaqin yillardagi savdo aylanmasini 10 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda. Davlat rahbarlari tashrif doirasida umumiy qiymati 25 milliard dollar bolgan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hujjatlar imzolanganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Ikki mamlakat oliy talim muassasalari rahbarlari ishtirokida otgan «Yangi iqtisodiyot uchun yangi kadrlar» mavzuidagi birinchi Talim forumi natijalari yuqori baholandi. Unda talim va fan sohalaridagi hamkorlik, jumladan, mamlakatimizda Rossiyaning yetakchi oliy oquv yurtlari filiallarini ochish togrisida 100 dan ortiq kelishuv imzolangani qayd etildi.

Ozbekiston Rossiya ortasidagi aloqalar siyosiy, iqtisodiy, harbiy-texnikaviy, madaniy va gumanitar sohalarda yildan-yilga chuqurlashib bormoqda. Mazkur munosabatlarda yangi sahifani 2017 yil aprel oyida Prezidentimizning Rossiyaga amalga oshirgan davlat tashrifi ochib berganini ham alohida takidlash joiz. Mazkur tashrif paytida 16 milliard dollardan ortiq 55 shartnoma imzolangan edi.

Davlatlararo munosabatlarning muhim tarkibiy qismi hisoblangan parlamentlararo aloqalar ham Rossiya parlamenti bilan jadal rivojlanmoqda. Oliy Majlisda Ozbekiston Rossiya dostlik guruhi, Rossiya parlamentida esa Rossiya Ozbekiston dostlik guruhi tuzilgan. Mazkur tuzilmalar hozirgi kunda parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirishga hissa qoshmoqda. Parlamentimiz azolari Rossiyada parlamentarizm masalalariga bagishlangan tadbirlarda muntazam ishtirok etmoqda. Shuningdek, deputatlardan iborat delegatsiya MDHning Parlamentlararo Assambleya sessiyalarida kuzatuvchi sifatida qatnashmoqda.

Malumki, Ozbekiston Rossiya munosabatlarida savdo-iqtisodiy aloqalar asosiy orinda turadi. Mamlakatimizda Rossiya investitsiyalari ishtirokida tuzilgan 960 dan ziyod korxona, Rossiyada esa Ozbekiston sarmoyadorlari ishtirokida tashkil etilgan qariyb 570 korxona faoliyat yuritmoqda. Yurtimizda ushbu mamlakatning 64 yetakchi firma va kompaniyasi oz vakolatxonasini ochgan. Oldin asosan neft va gaz sohalarida hamkorlik qilgan bolsak, hozirgi kunda deyarli barcha sohalarda hamkorlik olib borilmoqda. Prezidentimizning otgan yilgi tashriflarining asosiy xususiyatlaridan biri, bu birinchi marta Rossiyaning mamuriy hududlari bilan viloyatlarimiz ortasida hamkorlik yolga qoyildi. Keyingi oylarda mamlakatimiz hududlari Rossiyaning 28 mamuriy hududi bilan sheriklik munosabatlarini bogladi. Hozirgi kunda viloyatlarimiz Rossiyaning Tatariston, Chelyabinsk, Yekaterinburg, Rostov-Don singari hududlari bilan koplab sohalarda hamkorlik qilmoqda.

Mamlakatimizda Rossiyaning yetakchi kompaniya va banklari ishtirokida neft-gaz va neft-kimyo sohalari, metallurgiya, mashinasozlik, elektr texnikasi sanoati, farmatsevtika, agrosanoat, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarda yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Ikki davlat hududlari va ishbilarmon doiralari ortasidagi amaliy hamkorlik kengayib bormoqda.

Mazkur forum, ishonamizki, barcha sohadagi ikki tomonlama munosabatlarimizda tubdan yangi sahifa ochadi, imzolangan shartnomalar asosida erishiladigan natijalar albatta hammamizni quvontiradi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: