O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
25.10.2018

JADAL RIVOJLANAYOTGAN IQTISODIYOT UCHUN ZAMONAVIY KADRLAR KERAK

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 oktabr kuni oliy ta’lim sohasini yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish masalalariga bagishlangan yigilish otkazdi.

Keyingi yillarda oliy talimni yangi bosqichga kotarishga qaratilgan qator muhim hujjatlar qabul qilindi. Zamonaviy talim standartlari, talabalikka qabul qilishning shaffof tizimi joriy etildi. 2018 yilda umumiy qabul kvotalari otgan yilga nisbatan 30 foiz oshdi.

Prezident qarorlari bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda oliy talim muassasalarini rivojlantirish, talim sifatini oshirish boyicha dasturlar professor-oqituvchilar va keng jamoatchilik tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi.

Joriy yilda mamlakatimizda jami 13 ta yangi oliy talim muassasasi, jumladan, Samarqandda «Ipak yoli» turizm xalqaro universiteti, Rossiya Federal davlat avtonom oliy talim muassasasi Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq shahridagi filiali, Toshkent shahrida Janubiy Koreyaning Puchon universiteti faoliyat boshladi.

Davlatimiz rahbarining shu yil 25 sentabrdagi farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida El-yurt umidi jamgarmasi tashkil etildi. Ushbu jamgarma chet ellarda faoliyat korsatayotgan salohiyatli vatandosh olimlar, mutaxassislar va ekspertlarni Ozbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarga faol jalb etishga, shuningdek, iqtidorli yoshlarning rivojlangan mamlakatlarda talim olishi, yetakchi xalqaro institutlar va xorijiy tashkilotlarda malaka oshirishiga komaklashadi.

Joriy yilda ilk bor xalqaro tajribalar asosida oliy talim muassasalarining milliy reytingi yaratildi, talim va ilmiy-tadqiqot jarayonlari tahlil qilindi. Mazkur tahlil sohada qator muammo va kamchiliklar borligini korsatdi.

Xususan, oliy talim muassasalari qabul kvotasi qamrovi umumtalim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga nisbatan 7-9 foizni tashkil etadi. Bu korsatkich Rossiyada 74, Koreya Respublikasida 96 foizdir.

Yigilishda oliy talim muassasalarining nufuzi, professor-oqituvchilarning ilmiy salohiyati xalqaro ilmiy hamjamiyatda munosib oringa ega emasligi qayd etildi. Talim jarayoniga dunyoda tan olingan fan arboblari, yuqori malakali professor-oqituvchilarni jalb etish yaxshi yolga qoyilmagani tanqid qilindi.

Rektor va prorektorlarni tayinlashda professor-oqituvchilarning fikri organilmayotgani oqibatida yangi tayinlangan rahbarning jamoa bilan ishlash samaradorligi yetarlicha bolmayapti.

Ilm-fanni rivojlantirish, tadqiqotlarni ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish, ilmiy faoliyat natijadorligini oshirish, iqtidorli talabalar ilmiy izlanishlar olib borishi uchun zarur sharoitlar yaratilmagan.

Talim jarayoniga innovatsion metodikalarni joriy etish, oquv dasturlarini ishlab chiqarish bilan hamohangligini taminlash va eng asosiysi, professor-oqituvchilar malakasini oshirish ishlari umuman qoniqarsiz ahvolda.

Oliy talim muassasalari faoliyatini organish, ularni attestatsiyadan otkazib, akkreditatsiyalash, hujjatlarni nostrifikatsiya qilish tartiblari bugungi kun talablariga mutlaqo javob bermaydi.

— Iqtisodiyot shiddat bilan rivojlanayotgan bir paytda oliy talim tizimi taraqqiyotning lokomotivi bolish orniga, zamon bilan hamqadam bolmayotgani achinarlidir. Mehnat bozoridagi tarkibiy ozgarishlarga javob beradigan, yoshlarimizga kasb-hunar orgatadigan, ularda tadbirkorlik konikmalarini shakllantiradigan tizim yoq desak, bu ham achchiq haqiqat, dedi davlatimiz rahbari.

Shu bois sohadagi kechiktirib bolmaydigan vazifalarni bajarish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Talabalar qabulining soddalashgan tizimini joriy etish orqali qabul jarayonini kvota tizimidan davlat buyurtmasi va tabaqalashgan tolov-kontrakt tizimiga otkazish zarurligi takidlandi. Oliy talim muassasalarining xalqaro nufuzini oshirish, pedagog kadrlarning ilmiy-pedagogik faoliyatini munosib ragbatlantirish maqsadida markazlashgan moliyalashtirishdan oz-ozini moliyalashtirish va iqtisodiy mustaqil tizimga otish vazifasi qoyildi.

Rektorlar va prorektorlarni tayinlashni soddalashtirish, professor-oqituvchilar faoliyatini doimiy baholash, manzilli ragbatlantirish, masuliyat va javobgarligini oshirish tizimini yaratish lozimligi qayd etildi.

Ozbekiston rektorlar kengashi faoliyatini ham tubdan takomillashtirish vaqti kelgani takidlandi. Rektorlar malakasini baholash, bunda ularning manaviy-marifiy va ilmiy salohiyatiga alohida etibor qaratish zarurligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari talimdagi eng asosiy vazifa talabalar bilimini baholash, oquv dasturlari hamda mavjud talim-tarbiya tizimini takomillashtirishdan iborat ekanini takidladi.

Xorijda tahsil olayotgan yoshlarning Vatanimizga qaytib kelishiga sharoit yaratish maqsadida xorijiy oliy talim muassasalari diplomlarini tan olish va nostrifikatsiya qilish tartibini yanada soddalashtirish, oliy talim muassasalarini attestatsiyadan otkazish va akkreditatsiyalash jarayonini takomillashtirishga qaratilgan hukumat qarori loyihasini tayyorlash vazifasi yuklatildi.

Yigilishda Ozbekiston Rossiya talim forumi natijalariga ham etibor qaratildi.

Malumki, ushbu forum yakunida rossiyalik hamkorlar bilan talim va ilmiy faoliyatga oid 114 ta shartnoma va bitimlar imzolangan. Jumladan, Ozbekistonda Rossiyaning 6 ta nufuzli oliy talim muassasasi filiali va 2 ta fakultet ochilishi, 52 ta qoshma talim dasturi joriy etilishi nazarda tutilgan. Har bir kelishuv boyicha yol xaritalari ishlab chiqilgan.

Oliy va orta maxsus talim vazirligiga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur yol xaritalarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boyicha korsatmalar berildi. Har bir filial, fakultet va qoshma dasturlar boyicha tegishli huquqiy hujjatlarni sifatli ishlab chiqish, tasdiqlash va amaliy ijrosini taminlash zarurligi takidlandi.

Tashkil etilayotgan ushbu fakultetlarni filialga aylantirish choralarini korish istiqboldagi vazifalardir.

Yigilishda ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan kelishuvlar asosida professor-oqituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyatini mustahkamlash, malakasini oshirish, oliy talim tizimiga ilmiy-texnologik ishlanmalar va axborot texnologiyalarini keng joriy etish boyicha topshiriqlar berildi.

Prezidentimiz kelasi yil Rossiyada otadigan navbatdagi forumga puxta tayyorgarlik korish maqsadida hozirdan aniq rejalar belgilab olish zarurligini takidladi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: