O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
16.10.2018

MUDOFAA DOKTRINASI MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILMOQDA

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida bo‘lib otgan ilmiy-amaliy anjumanda Mudofaa doktrinasining mazmun-mohiyatini tushuntirish masalalari haqida soz bordi. Unda Mudofaa vazirligi xodimlari, «Vatan» va Nuroniy jamgarmalari mas’ullari, Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi faollari ishtirok etdi.

Takidlandiki, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Oliy Majlis palatalari tomonidan yangilangan va 2018 yil 9 yanvardan kuchga kirgan Mudofaa doktrinasining qabul qilinishi ulkan siyosiy-huquqiy ahamiyatga ega voqea boldi. Unda belgilangan yonalishlarning keng qamrovli ekani, harbiy sanoatni rivojlantirish, yanada mustahkamlash bilan bogliq dolzarb masalalar takomillashtirilgani qayd etildi.

— Mudofaa doktrinalari davlatlarning harbiy xavfsizlik sohasidagi siyosatini belgilab beradi, dedi Vatan xayriya jamoat fondi raisi orinbosari Boritosh Shodiyeva. Shu bilan birga, Qurolli Kuchlarning qurilishi, tayyorgarligi va zarur hollarda qollashga doir yonalishlarni belgilovchi rasmiy qarashlar, prinsiplar va yondashuvlar tizimlashgan, yaxlit jamlanma xususiyatiga ega muhim hujjat hisoblanadi.

Mamlakatimizning davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida belgilab qoyilgan ushbu yangilangan hujjat shakli hamda mazmuni jihatidan ham bir qator oziga xos xususiyatlarga ega, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi Nomon Akbarov. Mudofaa sohasidagi davlat siyosati asoslari, Qurolli Kuchlarning qurilishi, tayyorgarligi va boshqa yonalishlar ikkita hujjat bilan tartibga solib kelingan. Mazmunan bir-birini toldirgan hujjatlarning biri ochiq tusda bolsa, ikkinchisi maxfiy tusdagi xarakterga ega edi. Yangilangan Mudofaa doktrinasi esa jahon va mintaqadagi vaziyat, yuzaga kelayotgan xatar va tahdidlarga, mamlakat imkoniyatlariga mos holda ishlab chiqilgan hamda amalda ikkita doktrina ornini egallaydi. Zero, kopchilik xorijiy mamlakatlar tajribasiga kora bunday doktrinalar mazmuni asosan ochiq tusga ega. Bizda ham bu yol tanlangani tashqi siyosatimiz ochiqligi, yaqin qoshnilar bilan ishonchli, boshqa chet davlatlar bilan hamkorlikning yuksalishiga xizmat qiladi.

Mudofaa tizimini harbiy-iqtisodiy taminlash, harbiy sanoatni rivojlantirishning istiqbol yonalishlari belgilangani mazkur hujjatning yana bir muhim qirrasi, deb qarash lozim. Prezidentning Mudofaa sanoati davlat qomitasini tashkil etish togrisidagi qarori bilan mamlakatimizda mudofaa maqsadidagi buyurtmalar va ishlab chiqarishni tashkil etish boyicha yagona siyosatni muvofiqlashtirib boruvchi maxsus organ tuzilishi muhim voqea boldi. Davlat qomitasi Qurolli Kuchlari tizimiga qurol-yarog, harbiy texnika, moddiy buyumlarni yetkazib berish va taminlash bilan shugullanadi. Bir qator davlatlar, harbiy texnika ishlab chiqarish sohasidagi yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlik kengaytiriladi. Xulosa qilib aytganda, mazkur hujjat har jihatdan zamon talablariga mos va mamlakat mudofaasini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Bolaligimdan harbiy bolishni orzu qilganman, dedi Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism komandiri orinbosari, podpolkovnik Akmalxon Shergoziyev. Mamlakatimizda harbiy xizmatchilar, ularning oilalari va faxriylarni ijtimoiy himoya qilish boyicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2017 yilda harbiy xizmatchilar uchun 56 ta kop qavatli uy barpo etilgani, bu ishlar kelgusida yanada katta hajmda davom ettirilishi diqqatga sazovordir. Mudofaa doktrinasida shu kabi bir qator muhim masalalar ham har tomonlama oz aksini topgan. Albatta, harbiy xizmatchilar va ular oilasining ijtimoiy himoyasi Qurolli Kuchlar tizimida manaviy barqarorlik, jangovar-ruhiy tayyorgarlik, salohiyat yuksak darajada bolishining garovidir.

Anjumanda, shuningdek, Nuroniy jamgarmasi respublika boshqaruvi faxriy ijodkorlar guruhi azosi Gulchehra Karimova, texnika universitetining kafedra mudiri Rahbarxon Xoliqova va boshqalar mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tadbir songida talabalar harbiy sohadagi islohotlar haqidagi savollariga javob olishdi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: