O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
11.10.2018

ULUG MAQSADLAR YOLIDAGI KELISHUVLAR

Hamid HOTAMOV, O‘zbekiston xalq oqituvchisi, Navoiy viloyati, Navbahor tumanidagi 37-ixtisoslashtirilgan maktab-internat oqituvchisi:

— Men tarix fani oqituvchisi bolganim uchun nafaqat mamlakatimizdagi, balki xalqaro voqealarni, Ozbekistonimizga dunyoning munosabatini katta qiziqish bilan kuzatib boraman. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Yevropadagi eng qadimiy va qudratli davlatlardan biri bolgan Fransiyaga rasmiy tashrifi ham har tomonlama tarixiy voqea boldi.

Bu uchrashuvni boshidan oxirigacha hayajon va gurur bilan kuzatdim. Oylab koraylik, avvalo, bu tashrif Fransiya Prezidenti taklifiga binoan amalga oshirildi, ikkinchidan, Prezidentimiz Parij shahrida yuksak ehtirom bilan kutib olindi, unga katta hurmat-e’tibor korsatildi. Uchinchidan, eng muhimi, tashrif juda ham samarali boldi. Tarixchi emasmanmi, Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron uchrashuvlarini kuzatayotib, bundan 600 yil muqaddam ulug bobomiz Amir Temur bilan Fransiya qiroli Karl VI ortasidagi yozishmalar, munosabatlar beixtiyor yodimga tushdi. Osha uzoq zamondayoq xalqimiz Yevropa bilan aloqalarni yolga qoygani, ozaro dostlik va savdo bitimlari boyicha ishonchli kelishuvlar ornatilgani kishini ham hayratga soladi, ham gururlantiradi. Osha qadim dostona munosabatlar bugungi zamonga mos ravishda yuqori bosqichga kotarilayotgani, kolami kengligi bilan etirofga munosibdir.

Yana bir masaladan nihoyatda quvondim. Chunki, tarixchi bolganim uchun ham muzey nima ekanini yaxshi bilaman. Prezidentimiz nafaqat Fransiyaning, balki dunyo madaniy meroslari jamlangan Luvr muzeyini tomosha qilayotganda yanada hayajonlandim. Bu muzeyda Ozbekistonga oid noyob eksponatlar borligini yaxshi bilaman. Buning ustiga, qarang, quvonmay, gururlanmay boladimi, 2021 yilda bu mashhur muzeyda Ozbekistonning tarixiy merosiga bagishlangan korgazma tashkil etiladigan boldi.

Bu nimani bildiradi? Demak, Ozbekiston tarixiga va madaniy merosiga qiziqish katta, tariximizga yuksak hurmat bilan qaralmoqda. Bolajak korgazma tufayli Ozbekistonni butun Yevropa yanada yaqindan bilish imkoniga ega boladi. Ozbekiston qanday yurtligini koproq bilgan kishi uni shunga yarasha hurmat qiladi, qadim yurtimizga qiziqishi ortadi, turistlar safi ham kengayadi.

Prezidentimizning tashrifi atigi ikki kun boldi. Ammo shu qisqa muddatda bir olam yangilik va imkoniyatlarga yol ochildi. Bularning hammasi ulug maqsadlarga xizmat qiladi, albatta.

Ozbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi

Diloshoda OLIMOVA

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: