O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
11.10.2018

QISHLOGIMIZ ODAMLARI FRANSUZCHA GAPLASHISHADI

«Kimki men yetib keldim desa, u yo‘lning boshida turgan boladi»

Fransuz maqoli

Sharofiddin RAHMONOV, Samarqand viloyati Urgut tumanidagi 34-maktabning fransuz tili oqituvchisi:

— Fransuz va ozbek tillari fonetikasi bir-biridan tubdan farq qiladi, bu mazkur tillarning fonetik tizimi taqqoslanganda yaqqol kozga tashlanadi. Fransuz tili unli tovushlarga boy va ular aniq, ravon talaffuz qilinadi, biroq diftonglashmaydi, reduksiyaga uchramaydi. Reduksiya ozbek tiliga xos bolgan hodisadir. Men fransuz tilining oziga xos jozibasini ana shunda, deb oylayman.

Fransuz tiliga bolalikdan qiziqqanman. Bu muhabbat tilini mukammal organish maqsadida SamDUga oqishga kirganman. Universitetni tugatganimdan song Urgut tumanidagi 34-maktabda ishlay boshladim. Maktabda Poliglot togaragini tashkil etdim. Otgan yillar davomida ushbu togarakda 300 dan ortiq oquvchi fransuz tilini organdi. Ular orasida maktabimiz oquvchilaridan tashqari yon atrofdagi qishloqlar bolalari ham bor. Bugungi kunda Urgutdagi Jozmon qishlogidan 100 ga yaqin fransuz tili mutaxassisi yetishib chiqqan. Ular maktab, kollej, litsey, oliy oquv yurti va turizm sohalarida faoliyat korsatmoqda.

Shogirdlarimdan Bobur Sharipov va Toshqobil Muqimov SamDChTIda oqituvchi, Abdurauf Xushvaqtov Sarbon sayyohlik firmasining gid-tarjimoni bolib ishlamoqda.

Shuningdek, oquvchilarim fan olimpiadalari va bilimlar bellashuvlarida faol ishtirok etib, golib va savrindor bolishgan. 2008 yilda Rufat Diyorov fan olimpiadasining, 2012 yilda Bexruz Suvonov Bilimlar bellashuvining Respublika bosqichida golib boldi.

2000, 2005 yillarda Fransiyaning Ozbekistondagi elchixonasi granti asosida Fransiyada, 2009 yilda Xalq ta’limi vazirligining granti asosida Germaniyada tajriba almashdim. Samarqand viloyati va Urgut tumani oqituvchilari uchun muntazam ravishda seminar-treninglar tashkil etib turaman. Ochiq dars ishlanmalari va maqolalarim viloyat va respublika matbuotida chop etilgan.

2004-2009 yillar davomida modernizatsiya qilingan oquv dasturi va takomillashtirilgan davlat talim standartini tajriba-sinovidan otkazdim. Natijada tajriba-sinov sinfining 29 nafar oquvchisidan 25 nafari oliy oquv yurtlarining talabasi boldi. Ulardan 8 nafari fransuz tili yonalishiga qabul qilindi.

Davlatimiz tomonidan Shuhrat medali bilan mukofotlandim. Songgi yillardagi mehnatlarim natijasida SamDChTIning fransuz tili fakultetida maktabimizning 12 oquvchisi turli bosqichlarda talim olishmoqda.

Fransuz tilini organganimdan va oquvchilarga ushbu fandan dars berganimdan faxrlanaman. Chunki, fransuz tili dunyoning 29 mamlakati uchun rasmiy til maqomida, shuningdek, 54 davlat aholisi ikkinchi til sifatida fransuzchani yaxshi biladi. BMT ish yuritadigan tillardan biri ham fransuzchadir.

Sozimizning avvalida fransuz maqolini behudaga keltirmadim. Men salkam qirq yillik oqituvchilik faoliyatimda oz-ozimdan qoniqish hosil qilmaganman. Ozimni har doim yolning boshida turganday his qilaman. Lekin qishlogimiz bolalari ozaro fransuzcha gaplashganini korsam quvonaman. Otgan yillar behuda ketmaganiga, yurtdoshlarimga nimadir berganimdan faxrlanaman.

Shahboz SAIDOV yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: