O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
11.10.2018

Economiematin: SHAVKAT MIRZIYOYEVNING TASHRIFI FRANSIYA UCHUN OZBEKISTONDA YANGI SAVDO YONALISHINI OCHADI...

Prezidentimizning Fransiyaga rasmiy tashrifi jahon OAVda keng yoritilmoqda. Xususan, Fransiyaning «Economiematin» nashrida ham bu haqda maqola chop etildi. Unda jumladan shunday deyilgan: O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi bir qator kompaniyalar, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Fransiya taraqqiyot agentligi bilan shartnoma imzolash imkonini berdi. Biz Ozbekiston iqtisodiyotiga kiradigan 600 million yevrolik investitsiya haqida gapiryapmiz. Fransiya rasmiy doiralari Ozbekistonni umuman boshqacha korinishda qaytadan kashf qildi.

2016 yilda prezidentlikka saylangan Shavkat Mirziyoyevning Yevropaga ilk tashrifi Fransiyadan boshlandi. Bugun Ozbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga jahon hamjamiyati yuksak baho bermoqda. Ozbekiston rahbari barcha yonalishlar qamrab olingan islohotlarni boshladi. U bu yolda biror-bir amaldorni almashtirishda ikkilangani yoq.

Shavkat Mirziyoyevning liberal islohotlari barcha yonalishlarni oz ichiga olgan: iqtisod, konvertatsiya, bank tizimida xorijiy investorlar uchun qulay muhit yaratish, yaqin qoshnilar hamda butun dunyo bilan diplomatik aloqalarni yaxshilash... kabi tarixiy jarayonlar qisqa muddatda amalga oshirildi.

Ozbekistondagi haqiqiy ozgarish inson huquqlari borasida ham kozga tashlandi. Bir qator... mahbuslar ozod etildi. Xalqaro tashkilotlar, masalan, Human Rights Watch va Xalqaro Qizil Xoch qomitasi bilan aloqa ornatilmoqda. Ilgari bolalar, osmirlar va talabalar mehnatidan foydalanish tizimi mavjud edi. Hozirda bu holatga butunlay chek qoyildi. Shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotiga ham Ozbekiston oz eshiklarini ochdi...

Ozbekistonda otgan bir yarim yilda amalga oshirilgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar tufayli toplanib qolgan juda katta muammolar bartaraf etildi. Ayni paytda bu mamlakatga tashrif buyuruvchilar va sayyohlar uchun juda qulay muhit yaratildi. Buyuk Ipak yolida joylashgan Samarqandning betakror me’moriy obidalari, poytaxt Toshkentning bozorlarini tomosha qilish kishiga zavq-shavq bagishlaydi.

Shavkat Mirziyoyevning tashrifi Fransiya uchun Ozbekistonda yangi savdo yonalishlarini ochadi. Ozbekiston — boy tabiiy resurslarga ega bolgan mamlakat. Bu davlat tez orada mintaqada tabiiy gaz boyicha gigantga aylanishi taxmin qilinmoqda.

Temur AZAM

tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: