O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
11.10.2018

YILNI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLASH VA BARCHA MAKROIQTISODIY KORSATKICHLARGA ERISHISH MUHIM VAZIFA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 2018 yil 10 oktabr kuni Vazirlar Mahkamasi va iqtisodiy idoralar rahbarlari ishtirokida mamlakatni joriy yil 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holati va yil yakunlari boyicha kutilayotgan natijalar muhokamasiga bagishlangan yigilish bolib otdi.

Moliyaviy bozorning rivojlanishi iqtisodiyotni yanada liberallashtirish va tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratishning asosiy omili hisoblanadi.

Shu bois mamlakatimizda bu borada keng kolamli islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, Prezidentimizning 2017 yil 2 sentabrdagi «Valyuta siyosatini liberallashtirish boyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar togrisida»gi farmoni amalda bolgan valyutani tartibga solish tizimini tubdan isloh qilish, valyuta siyosatini liberallashtirish, barcha tadbirkorlik sub’ektlariga tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda teng sharoitlar yaratishning mutlaqo yangi tizimiga asos boldi.

Hech shubhasiz aytish mumkinki, mazkur hujjatda kozda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga, investitsiya salohiyatining yuksalishiga, pirovardida, iqtisodiyot tarmoqlari samaradorligining yanada yaxshilanishiga xizmat qilmoqda.

Mamlakatimizda valyuta bozorining erkinlashtirilishi iqtisodiyotda likvidlilik darajasi oshishi hamda bosh pul mablaglarining muhim investitsiya va infratuzilma loyihalariga jalb etilishini taqozo qiladi.

Oz navbatida, kapital bozorini rivojlantirish, xojalik yurituvchi subektlar, banklar va sugurta kompaniyalarining bosh mablaglarini muhim loyihalarga jalb qilish ham yaxshi samara beradi. Bu borada yangi islohotlarni amalga oshirish davlat byudjeti xarajatlarini bir maromda moliyalashtirish uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Yigilishda Har bir oila – tadbirkor davlat dasturining joylardagi ijrosi boyicha mutasaddi rahbarlar hisoboti eshitildi.

Davlatimiz rahbari Harakatlar strategiyasiga muvofiq, mamlakatimizda kapital bozorini rivojlantirish, xojalik yurituvchi subektlar, tijorat banklari va sugurta kompaniyalarining bosh mablaglarini muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilish maqsadida qimmatli qogozlarni muomalaga chiqarish, shuningdek, joriy yilni muvaffaqiyatli yakunlash va barcha prognoz qilingan asosiy makroiqtisodiy korsatkichlarga erishishni taminlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: