O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
09.10.2018

KOZI OJIZ INSONNING QALBIGA YOL

Respublika markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasida Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi tomonidan otkazilgan davra suhbatida nogironligi bolgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmatini korsatish masalalari muhokama qilindi

— Elektorat vakillari bilan uchrashuvlarda nogironligi bolgan shaxslar uchun kutubxonalar juda kamligi, ulardan foydalanishda qator muammolar mavjudligi haqida koplab murojaatlar bolardi, dedi OzXDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari Ulugbek Vafoyev. Kutubxonalarning viloyat, tuman(shahar) markazlarida joylashgani chekkka hududlarda istiqomat qilayotgan nogironligi bolgan shaxslarga noqulaylik tugdirardi. Mazkur muammolar yechimi joriy yil 18 sentabr kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorda oz aksini topdi. Unga kora, nogironligi bolgan shaxslarga korsatiladigan axborot-kutubxona xizmati sifatini yaxshilash, ularning axborotga bolgan talabini qondirish va bosh vaqtini unumli otishini ta’minlash boyicha mutasaddi tashkilot hamda vazirliklarga vazifalar belgilab berilgan. Shuningdek, kozi ojizlar kutubxonalari faoliyatini rivojlantirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 20 banddan iborat chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi.

Xosh, bu jarayonda biz qanday ishtirok etamiz? Eng avvalo, hududiy partiya tashkilotlari, quyi boginlarga tayangan holda qaror mazmun-mohiyatini tushuntirishimiz lozim. Joylarda qaror ijrosi qay darajada taminlanayotgani deputatlik guruhlari tomonidan nazoratga olinishi zarur.

Qabul qilingan hujjatning ijrosi muhim sanaladi, dedi OzXDP Markaziy Kengashi bolim mudiri Boymurod Yusupov. Agar ijro taminlanmasa, aholining ertangi kunga, kelgusida qabul qilinadigan qonunlarga, islohotlarga ishonchi susayadi. Nega bunday deyapman? Kop hollarda hududlarda qonunchilik ijrosi yuzasidan vazirliklar, mutasaddi tashkilotlar tomonidan berilgan malumotlar real hayotga togri kelmaydi. Bu esa vaziyatga haqqoniy baho berishga tosqinlik qiladi. Aslida esa qabul qilingan har bir huquqiy hujjat katta muvaffaqqiyat, ijrosi esa katta mashaqqat hisoblanadi. Bu barcha mutasaddilardan fidoiylik va tashabbuskorlikni talab etadi. Biz takidlayotgan hukumat qarorida qator meyoriy hujjatlar ishlab chiqilishi belgilangan. Ularning sifati qanday boladi? Shu haqda oylab, oz takliflarimizni tayyorlashimiz kerak.

Shuningdek, qarorda 250 nafar kozi ojiz yashaydigan hududlarda ular uchun kutubxona tashkil etish choralari korilishi nazarda tutilgan. Buning uchun respublikadagi 1-, 2-, va 3- guruh nogironligi bolgan shaxslarning royxatini shakllantirish, uni har uch oyda yangilab turish kerakligi korsatib otilgan.

Kutubxonamiz 130 mingdan ortiq kitob fondiga ega, dedi Respublika markaziy kozi ojizlar kutubxonasi direktori Rahim Ubaydullayev. Shundan 20 mingga yaqini brayl, 34 mingdan ortigi bosma yozuvda hamda 70 mingga yaqin audio kitoblardir. Yurtimizda kozi ojizlar uchun 103 kutubxona bor, ularning 12 viloyat, 89 tasi tuman filiallari hisoblanadi.

Sohada yechimini kutayotgan muammolar talaygina. Masalan, kozi ojizlar kutubxonalarining ayrimlari joylashgan hududi, moddiy-texnikasi hamda fondi boyicha talabga javob bermaydi. Kutubxonachilar uchun sharoitlar qoniqarli ham emas. Bu kabi holatlar asosan tumanlarda kuzatiladi. Hukumatimiz qarori shu kabi kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Ahamiyatli jihati, markaziy kozi ojizlar kutubxonasida brayl yozuvida adabiyotlar chop etish uchun nashriyot hamda audio kitoblar yaratishga moljallangan ovoz yozish studiyasi tashkil etish kozda tutilgan. Bu studiyalarda fonddagi mikro kassetalar, magnit tasmalarda yozilgan kitoblarni audio shaklga aylantirish ham rejalashtirilgan. Latviya, AQShdan mutaxassislar kelib, uskunalardan foydlanish boyicha oquv mashgulotlar otkazadi. Ayni paytda xorijdan zamonaviy bosmaxona jihozlari keltirilgan. Ularni ornatish va ishga tushirish qoldi, xolos. Kelajakda Qoraqalpogiston respublikasida ham qoraqalpoq tiliga ixtisoslashtirilgan bosmaxona, ovoz yozish studiyasi tashkil etilishi kutilmoqda.

Respublika miqyosida kozi ojizlar uchun brayl alifbosida bitta jurnal chop etiladi, dedi kutubxona xodimi Gulchehra Sultonova. Nogironligi bolgan bolalar uchun ham bitta nomda «Bolalar adabiyoti» jurnali chiqariladi. U ham audio shaklda. Bu korsatkich juda kam. Bolalar uchun brayl alifbosidagi gazeta, jurnallar tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bolardi. Bundan tashqari, kozi ojiz insonlar foydalanishi uchun brayl alifbosidagi sohaviy adbiyotlar deyarli yoq. Bu kozi ojiz talabalar uchun noqulaylik tugdirmoqda. Hatto Respublika markaziy kozi ojizlar kutubxonasida ham atigi bir-ikki nomdagi ilmiy adabiyotlar bor, xolos.

Oylashimcha, nogironligi bolgan kitobxonlar ortasida Eng faol kitobxon, Brayl yozuvida tez va ifodali oquvchi kitobxon, Eng yaxshi kitobxon oila kabi korik-tanlovlar tashkil etilishi ham ayni muddao boldi. Bu nogironligi bolgan kitobxonlarni ragbatlantirishda katta ahamiyatga ega, deb oylayman.

Yana bir masala. Brayl alifbosidagi kitoblarning sifatiga ham alohida etibor qaratish lozim. Bunday kitoblarni tayyorlashda foydalanilayotgan qogozlar sifatini talab darajasida, deb bolmaydi. 10-15 odam oqigandan song harf nuqtalari sezilarli darajada pasayadi.

Davra suhbatida Madaniyat vazirligi boshqarma boshligi Dilmurod Otageldiyev, Ozbekiston Nogironlar jamiyati raisi Komil Abdullayev, Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona bolim mudiri Javlon Jovliyev oz fikr-mulohazalarini bildirishdi, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Mahliyo ALIQULOVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: