O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
09.10.2018

OZBEKISTON FRANSIYA HAMKORLIGI YANADA MUSTAHKAMLANMOQDA

Feruza ESHMATOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi orinbosari:

— Fransiya uzoq tarixga ega, iqtisodiyoti, madaniyati, ilm-fani rivojlangan, ikki yuz yildan ortiq demokratik taraqqiyot tajribasiga ega mamlakat sifatida e’tirof etiladi. Yirik industrial-agrar mamlakat sifatida sanoat va qishloq xojaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi boyicha dunyoda yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi.

Mamlakat yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi salkam 3 trillion AQSh dollarini, YaIMni kishi boshiga taqsimlaganda esa qariyb 45 ming dollarni tashkil etadi. Xorijiy mamlakatlarga sarmoya kiritish hajmi boyicha ham peshqadamlar safida bolib, ushbu korsatkich boyicha dunyoda AQShdan song ikkinchi orinda turadi. Chunonchi, birgina 2014 yilda fransuz kompaniyalari tomonidan dunyo mamlakatlariga salkam 250 milliard AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritilgan. Jahondagi eng yirik 500 kompaniyaning 39 tasi fransuz kompaniyalaridir.

Ushbu raqamlar ortidagi yuqori iqtisodiy salohiyat Fransiyaga xalqaro maydonda muhim orin egallashga imkon bermoqda.

Takidlash joizki, Ozbekiston mustaqillikka erishgach, birinchilardan bolib mamlakatimiz mustaqilligini tan olgan davlatlardan biri ham Fransiyadir. Ozbekiston va Fransiya ortasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 1 martda ornatilgan. 1992 yil iyun oyidan boshlab Fransiyaning Ozbekistonda, 1995 yil mart oyidan esa Ozbekistonning Fransiyada elchixonasi faoliyat yuritib kelmoqda.

Otgan davr mobaynida mamlakatlarimiz ortasidagi dostona aloqalarning faollashuvida parlamentlararo hamkorlik ham alohida ahamiyat kasb etib kelmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «Ozbekiston Fransiya» dostlik guruhi faoliyat olib bormoqda. Fransiya parlamenti vakillari mamlakatimizda otkaziladigan xalqaro anjumanlarning faol ishtirokchilari hisoblanadi. Oz ornida, Oliy Majlis vakillari ham Fransiyada otadigan xalqaro tadbir va ikki tomonlama uchrashuvlarda muntazam qatnashib keladi.

Qayd etish joizki, ikki mamlakat ortasida koplab sohalarda teng sheriklik tamoyiliga asoslangan holda samarali hamkorlik yolga qoyilgan. Davlatlarimiz ortasida, ayniqsa, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy, ilmiy-gumanitar sohalarda keng hamkorlik aloqalari ornatilgan bolib, bundan har ikki davlat ham manfaatdordir.

Fransiya Ozbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqidagi eng muhim sheriklaridan biri bolib, 2017 yilda mamlakatlarimiz ortasidagi ozaro tovar ayirboshlash hajmi 251,6 million AQSh dollarini tashkil etdi. Biroq, bu korsatkich keyingi ikki yilda sezilarli darajada oshgan bolsa-da, hali mavjud imkoniyatlardan ancha past.

Bugungi kunda Eyrbus, Teknip, Obertyur, Tales, Serinnov, Komau Frans kabi onlab fransuz kompaniyalari mamlakatimizda turli savdo-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Ikki tomonlama munosabatlar nafaqat savdo-iqtisodiy, balki siyosiy, madaniy, ilmiy-marifiy va boshqa koplab sohalarda ham jadal rivojlanmoqda. Yurtimizga eng kop sayyoh aynan Fransiyadan tashrif buyurishi ham fikrimizni tasdiqlaydi.

Ozbekiston Fransiya munosabatlaridagi mushtaraklikni mamlakatlarimiz ortasidagi ozaro hurmat va ishonch tobora ortib borayotganida korish mumkin. Davlatlarimizning muhim ahamiyatga ega bolgan kopgina muammolarni hal qilish borasidagi pozitsiyasi ham bir-biriga yaqin. Ikki mamlakatning xalqaro siyosiy maydonda sodir bolayotgan voqea-hodisalarga nisbatan bildirayotgan munosabati, nizolarni tinch yol bilan hal etishga bolgan intilishi bunga yaqqol dalildir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga kora ushbu mamlakatga rasmiy tashrifi Ozbekiston Fransiya aloqalarini yangi bosqichga kotarishda muhim amaliy qadam bolishi muqarrar. Prezidentimizning Yevropa qitasiga birinchi tashrifi hisoblangan ushbu safar davomida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy va boshqa sohalarda qator bitim va shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

Bu voqea togridan-togri xorijiy investitsiyalarni mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilish, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, biznes-tuzilmalar ortasida hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay imkoniyat yaratishi shubhasiz. Qolaversa, Fransiya, u orqali butun Yevropa jamoatchiligi etiborini mamlakatimizda yuz berayotgan keng kolamli ozgarishlar natijalariga qaratish imkoniyati paydo boladi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: