O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
09.10.2018

OZBEKISTON FRANSIYA: ASRIY HAMKORLIK IZIDAN

Fransiya bilan madaniy aloqalar tariximizning zarli sahifalaridan. Ma’lumki, buyuk ajdodimiz Amir Temur Fransiya qiroli Karl IV bilan o‘zaro hamkorlikka oid yozishmalar olib borgan. Bugungi kunda ham ushbu ananalar bardavom.

«Ozbekiston — Fransiya» dostlik jamiyati raisi, Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy universiteti rektori Avazjon MARAHIMOV OzA muxbiri bilan suhbatda ushbu mamlakat bilan madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikning bugungi rivoji haqida quyidagilarni sozlab berdi:

Ozbekiston Fransiya dostlik jamiyati oz faoliyatini talim, madaniyat, marifat sohalarida hamkorlikni rivojlantirish asosida tashkil qilib kelmoqda. Xususan, ikki mamlakatning boy tarixi, adabiy aloqalari, ilm-fan sohasidagi munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi qator dasturlar ishlab chiqilib, muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Ilmiy hamkorlik haqida soz borganda, otgan yili poytaxtimizda tashkil etilgan Ilmiy munozara: muammo, yechim va yutuq mavzusidagi xalqaro anjuman va uning samaralarini yodga olish maqsadga muvofiq. Ushbu anjuman ozbek tarjimashunoslik maktabi asoschisi, adabiyotshunos olim Gaybulla as-Salom tavalludining 85 yilligi munosabati bilan otkazildi. Unda ishtirokchilar mamlakatimizda tarjima sohasini yanada rivojlantirish, til organishning oson va innovatsion usullaridan foydalanish, madaniy aloqalarni yaxshilash borasida fikr almashdilar.

Dostlik jamiyati Fransiyaning Ozbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda ikki mamlakat milliy bayramlarini otkazish, urf-odat va ananalarini keng targib qilish boyicha ham samarali ish olib bormoqda. Jumladan, har yili 14 iyulda Fransiya milliy bayrami Bastiliya qalasi ishgol qilingan kun munosabati bilan Toshkentda tantanali marosim va badiiy kechalar tashkil etiladi.

Dunyo miqyosida yurtimizning boy madaniyati, rang-barang urf-odatlari, milliy hunarmandligiga qiziqish katta. Shuni inobatga olgan holda, Fransiyada Ozbekiston madaniyati kunlarini otkazish, yurtimizning sayyohlik brendini targib qilishga alohida etibor qaratilmoqda. Madaniy tadbir doirasida Fransiyada mamlakatimiz hunarmandlari, tasviriy sanat namoyandalari va haykaltaroshlari ijodiy ishlari namoyish etib kelinmoqda.

Har yili avgust oyi jamiyatimiz uchun ozgacha tantana badiiy-adabiy yaqinlik ruhidagi tadbirlarga boy boladi. Vatanimizning Mustaqillik bayrami arafasida Ozbekiston va Fransiyaning ilmiy doiralari vakillari, shoir va yozuvchilar ishtirokida badiiy kechalar uyushtiriladi. Tantanalarda fransuz va ozbekona milliy kuy-qoshiqlar yangraydi.

Jamiyatimiz poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan Toshkent Fransuz alyansi bilan hamkorlikda har oyda bir marta Fransuz adiblari asarlari bilimdoni tanlovini otkazib keladi. Shu orqali madaniy-adabiy hamkorlikni davom ettirish va fransuz badiiy adabiyotining nodir namunalarini ozbek tiliga tarjima qilish uchun qulay ijodiy muhit yaratiladi.

Ozbekiston Fransiya dostlik jamiyatining faol azolari Tur shahrida ananaviy tarzda otkaziladigan Til va madaniyat festivalida muntazam qatnashadi. Bu mamlakatlarimiz dostlik aloqalari yanada mustahkamlanishi va xalq diplomatiyasi rivojida muhim orin tutadi.

Muxtasar aytganda, Sohibqiron Amir Temurning Fransiya davlati bilan boshlab bergan dostlik aloqalari bugun ikki mamlakat rahbarlari tashabbusi bilan yuksak maqomda davom etmoqda. Ozbekiston Fransiya dostlik jamiyati ana shu ezgu maqsad yolidagi xayrli hamkorlikni mustahkamlash, uni amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qilmoqda.

OzA muxbiri

Dilobar MAMATOVA

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: