O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
09.10.2018

Ozbekiston Fransiya: YANGI BOSQICHDAGI MUNOSABATLAR ARAFASIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida Parijda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari, ilm-fan, madaniyat namoyandalarining qoshma tadbirlari bolib otdi. Quyida ushbu tadbirlarda Fransiya jamoatchiligi vakillari bildirgan fikrlar bilan tanishasiz.

Fergal GOLDING, «Sofrecom» kompaniyasining mintaqaviy direktori:

— Ozbekiston jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Bu jarayonda mamlakatda ishbilarmonlik muhiti yaxshilanib, xorijlik investorlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyat va imtiyozlar yaxshi samara berishi tabiiy, albatta.

Kompaniyamiz telekommunikatsiya va konsalting xizmatlarini amalga oshiradi. Biz Ozbekistondagi qulay ishbilarmonlik muhitidan foydalangan holda, Ozbektelekom kompaniyasi bilan telekommunikatsiya sohasida hamkorlik qilishni rejalashtirganmiz. Albatta, rejalarimiz ulkan, yangi goya va takliflarimizni hayotga tatbiq etish niyatidamiz. Oz navbatida, ozbekistonlik hamkorlarimizning tajribasi ham biz uchun goyat qadrlidir.

Emmanuel DYUPYUI, Yevropada istiqbolli tahlil va xavfsizlik instituti prezidenti:

Ozbekiston Prezidentining Fransiyaga ilk rasmiy tashrifi tarixiy voqeadir. Bu tashrif ikki mamlakat ortasida iqtisodiy hamkorlik kolamini kengaytirishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatli.

Ozbekistonning tashqi siyosati ochiqlik, dostlik va ozaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish tamoyillarini ifoda etadi. Bu jihat Ozbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotida oz nufuziga egaligi va pozitsiyasini mustahkamlab borayotganida ham kozga tashlanadi.

Ozbekiston va Fransiya hamkorligining yangi bosqichi boshlanmoqda. Bu borada nafaqat savdo-iqtisodiy, balki boshqa jabhalarda ham aloqalar mustahkamlanayotgani etiborga molik.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi doirasida Fransiyada Buyuk ipak yoli davlatlari madaniyat korgazmasi ham bolib otdi. Bu tadbir nafaqat Sharqdan Yevropaga yol ochish, balki Ozbekiston bilan Fransiya ortasida butunlay yangi munosabatlarni shakllantirishga asos boladi.

Arno SARED, Natixis investitsiya banki eksportni moliyalash bolimi rahbari:

Ozbekiston Prezidentining Fransiyaga rasmiy tashrifi iqtisodiy jihatdan ham samarali bolishi kutilmoqda. Biz Ozbekistonning yirik moliya muassasalari bilan munosabatlarni yolga qoyib, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oid loyihalarni moliyalashtirishni rejalashtirganmiz. Ozbekistonda muqobil energiya manbalaridan foydalanishga alohida etibor qaratilmoqda. Biz bu sohadagi tajribamizni Ozbekistonga ham tatbiq qilib, tajriba almashishdan manfaatdormiz.

Prezident tashrifi doirasida juda muhim va salmoqli hujjatlarni imzolash arafasida turibmiz. Ishonamizki, kelajakda bizni birgalikda katta loyihalarni amalga oshirishdek maqsadlar yanada yaqinlashtiradi.

Natalya XANJENKOVA, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo va Rossiya boyicha boshqaruvi direktori:

Keyingi yillarda YeTTB bilan Ozbekiston ortasida hamkorlik munosabatlari yanada mustahkamlandi. Otgan yili dastlabki oltita loyiha ustida ish boshladik. Ayni paytda iqtisodiy islohotlarni rivojlantirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash, davlat-xususiy sherikligini qollab-quvvatlash jarayonida ishtirok etayapmiz.

Yaqinda Ozbekistonda kelasi besh yilga moljallangan faoliyat strategiyamizni tasdiqladik. Bu, albatta, mamlakatingizdagi faoliyatimizni yanada samarali yolga qoyishga asos boladi.

Mark BONNEL, Fransiyadagi Avitsenna assotsiatsiyasi prezidenti:

Ozbekistonning ochiq, konstruktiv siyosati uning xalqaro miqyosdagi imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Prezidentingizning bu boradagi tashabbuslarini qadrlaymiz. Abu Ali ibn Sino nafaqat ulug hakimi hoziq, balki koplab nodir asarlar yozib qoldirgan buyuk allomadir. Katta mamnuniyat bilan aytish mumkinki, dunyo Ozbekistonni buyuk shaxslar va boqiy durdonalar mamlakati sifatida qayta-qayta kashf qilishi uchun sabablar juda kop. Fransiya ham bugun ana shunday yangi bosqichdagi munosabatlar oldida turibdi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: