O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
09.10.2018

FRANSIYADA OZBEKISTONNI, OZBEKLARNI YAXSHI BILISHADI

— deydi Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti vrach-ordinatori Firdavs HAMIDULLAYEV

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrif buyurishi ushbu mamlakat bilan O‘zbekiston ortasidagi munosabatlarda tarixiy bir davr boshlanganligini korsatadi. Faxr-iftixor bilan aytish kerakki, Fransiyada Ozbekistonni, ozbeklarni, juda yaxshi bilishadi.

Men Samarqandda otkazilgan «Orta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati» mavzusidagi xalqaro konferensiyada Fransiyadagi Avitsenna assotsiatsiyasi prezidenti Mark Bonnel bilan uchrashgan edim.

Mark Bonnel osha yili tabiiy ofat paytlarida aholiga shoshilinch tibbiy yordam korsatish boyicha shifokorlarga mahorat darslari otish uchun Ozbekistonga yana kelgan edi. Oshanda u fransiyalik shifokorlar delegatsiyasiga rahbarlik qilgandi. Mark Bonnel bilan suhbatlarda uning Ozbekistonga bolgan mehr-muhabbatidan juda hayratlanganman. Mark Bonnelning aytishicha, u ottiz yoshida Ibn Sino hayoti bilan qiziqib qolgan. 1987 yilda fransiyalik sayyohlar guruhi tarkibida, 1997 yilda salomatlik loyihasi boyicha Ozbekistonga kelgan.

2004 yilda Ibn Sinoning merosini organish va uni Yevropada keng targib etish, Ozbekiston bilan aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida Avitsenna assotsiatsiyasini tashkil qilgan. Bu tashkilotning say’-harakatlari tufayli koplab ozbekistonlik talabalar Fransiyada oqish imkoniyatini qolga kiritdi.

Men ham 2016 yilda Samarqand davlat meditsina instituti talabasi sifatida yozgi amaliyotni Fransiyaning San Malou shahrida joylashgan Markaziy shifoxonada otkazdim. 2017 yilda Fransiyaning til orgatish boyicha Lions klub tashkiloti tanlovida ishtirok etib, grant asosida Fransiyaning Tuluza shahridagi Markaziy shifoxonada amaliyot otadim. Fransiyaga borishim goyasi dastavval janob Mark Bonneldan chiqqandi.

Fransiyadagi Avitsenna assotsiatsiyasi prezidenti Mark BONNEL (ongda), Samarqand davlat meditsina instituti rektori professor Azamat SHAMSIYEV bilan.

Janob Bonnelning Men Ozbekistonni ikkinchi Vatanim deb bilaman. Ozbekistonning buyuk tarixini, betakror tabiatini, kongli ochiq odamlarini qadrlayman, juda yaxshi koraman. Bu yerdagi tinchlikni, millatlararo hamjihatlikni, diniy bagrikenglikni butun jahonga ornak qilib korsatsa boladi, degan etirofi, bir ozbek sifatida menda faxr-iftixor tuygularini uygotadi. Bu sozlarning manosiga Fransiyaga safarim davomida tushunib, yetdim. Fransuzlar ham ozbeklarga oxshagan sodda, samimiy xalq ekan. Mehmondostlikni ham joyiga qoyishadi, hamisha kozlari kulib turadi. Men Fransiyada dostlar orttirdim, koplab yurtdoshlarimizni uchratdim. Ularning deyarli hammasi nufuzli davlat idoralarida ishlaydi, hurmat-etiborga sazovor insonlar ekanligini korib, juda quvondim.

Mark Bonnel tomonidan tashkil etilgan Avitsenna assotsiatsiyasi Ozbekistonning Ibn Sino jamgarmasi bilan yaqin aloqada bolib kelmoqda. Bundan bir necha yil avval Fransiya tibbiyot akademiyasida bolib otgan ananaviy Ibn Sino xalqaro mukofotini tasis etishga bagishlangan yigilishda yetti nominatsiya boyicha Ibn Sino jamoat fondi birinchi oringa sazovor bolgan edi.

Oshanda tadbirni ochgan Fransiyaning sobiq bosh vaziri, senator Jan-Per Raffarin, Fransiyaning Avitsenna assotsiatsiyasi prezidenti Mark Bonnel va Fransiya tibbiyot akademiyasi prezidenti Per Begyo, MED-21 dasturi prezidenti Muhammad Nodir Azizlar Ozbekistonda olib borilayotgan islohotlarga yuqori baho bergan edilar.

Bugungi kunda zamonaviy tibbiyot anjomlari va uskunalardan foydalanib qilinayotgan kashfiyotlar Ibn Sino tomonidan bir necha yuz yil oldin organilib, amaliyotga tatbiq etilganini tasavvur qila olasizmi? Ibn Sinoning mushaklar qisqarishi haqidagi nazariyasi 1963 yilda fiziologiya va tibbiyot boyicha Nobel mukofotiga sazovor bolgan angliyalik olim Andru Filling Xakslining ilmiy ishlarida oz aksini topgan. Ibn Sino kasallikni suv va havo orqali yuqadigan korinmas zarrachalar qozgatishi haqidagi gipotezani ilgari surgan.

Janob Bonnel kop suhbatlarda Ibn Sino tomonidan amalga oshirilgan ishlar nafaqat sharqda, balki garbdagi shifokorlar uchun asosiy manba bolganini, uning amalga oshirgan ishlari va kashfiyotlari fransuz tiliga tarjima qilinishi natijasida oz vaqtida Fransiya va Belgiyada juda kop yoshlar tibbiyot yonalishida oqib, shifokor bolib yetishganligini qayta-qayta takidlaydi.

Jamoat fondi tomonidan 2011 yilda Fransiyaning Ozbekistondagi elchixonasi va Ozbekiston Badiiy Akademiyasi hamkorligida Ibn Sino mening tasavvurimda mavzusida yoshlar badiiy korgazmasi otkazildi. Buxoro va Xorazmda tashkil etilgan VI-VII ananaviy Ibn Sino oqishlari va ilmiy-amaliy konferensiyalarda ozbekistonlik va fransiyalik mutaxassislar ishtirok etishdi. Shu bilan birga, onkologiya boyicha fransuz-ozbek simpoziumi bolib otdi.

Men Fransiyada bolganimda, tibbiyot akademiyasi kutubxonasida Ibn Sinoning XV-XVIII asrga oid Tib qonunlari asarining lotin tilidagi tarjimasini oz kozim bilan korishga muyassar boldim. Parij shahrida tashkil etilgan Ibn Sino kutubxonasida boldim. Fransiyadagi Arab dunyosi instituti kutubxonasida Ibn Sino asarlari uchun alohida orin ajratilgan.

Mark Bonnel janoblari bilan yaqin qadrdonlik aloqalarimiz davom etmoqda. U Ozbekiston haqidagi taassurotlari asosida Passion dOuzbekistan Ozbekiston hayratlari nomli kitob yozib Fransiyada chop ettirdi. Bu kitob Ozbekistonga kelayotgan fransiyalik sayyohlar uchun oziga xos qollanma vazifasini otaydi.

Shu kunlarda men Mark Bonnel bilan hamkorlikda ozbek-rus va fransuz tillarida Ibn Sino fenomeni deb nomlangan kitob yozdik. Bu kitob yaqin kunlarda bosmadan chiqadi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Nurulloh DOSTON yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: