O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
10.11.2012

ICHKILIKBOZLIK OQIBATI

KIShINING YoShLIK DAVRIDA ALKOGOLNING TOKSIK TA’SIRI MIYa VA IChKI AZOLARNING FAOLIYaTI TEZ BUZILIShIGA OLIB KELADI, INSONNING MeYoRDAGI JISMONIY VA RUHIY RIVOJLANIShI BUZILADI;

ERTA BOShLANGAN ALKOGOLGA QARAMLIK HALOKATLI KECHISHI MUMKIN VA U DAVOLANIShGA BO‘YSUNIShI QIYIN;

TIBBIYoTDA 30-35 GRAMM SPIRTLI IChIMLIK ODAMNING AQLIY QOBILIYaTINI BIR NECHA SOATDAN BIR NECHA KUNGAChA PASAYTIRIShI ISBOTLANGAN.

Eng qadimgi illatlardan biri — ichkilikbozlik sababli yuz bergan kulfatlar, fojialar togrisida otmishdan ham, bugungi kundan ham koplab misollar keltirish mumkin. Ichkilik nafaqat oddiy odamlar, qancha istedodlar, davlat va jamiyatlar maglubiyatiga sabab bolgan. Afsuski, bugun ham ichkilikbozlik oilalarga notinchlik, musibat va gam olib kirayotir. Nav-nihol yigitlarning umrini xazon etmoqda. Jinoyatlarning aksariyati ham ichkilikbozlik ortidan sodir etilishi oz isbotini topgan. Shuningdek, yol transport hodisalarida ichkilikning «hissasi» har doim salmoqli bolib kelgan.

Sirdaryo viloyati, Yangier shahrida yashovchi N. ismli fuqaro tun yarmida mast holatda avtomobilni boshqaradi va mashinani qarama-qarshi yonalishga burib, yolni kesib otayotgan M.ni urib yuboradi. Bir necha metr joyga uloqtirilgan piyoda roparadan kelayotgan boshqa bir mashina tagida qoladi. Natijada u voqea joyida joni uziladi.

Mast holatda avtomobilni boshqarish oqibatida yuz bergan bunday jinoyatlarga misollar oz emas.

Tashvish bilan qayd etish lozimki, spirtli ichimlik istemolchilari yoshi yosharib bormoqda. Hali ona suti ogzidan ketmagan yoshlar orasida spirtli ichimliklarga roju qoyganlar borligiga befarq qarab bolmaydi. Albatta, ularning bu boradagi ustozi kattalar hisoblanadi. Psixologlar bolada ozidan yoshi kattalarga kor-korona taqlid qilish xususiyati kuchli ekani, shuning uchun bola osayotgan muhit uning tarbiyasida muhim orin tutishini kop bor takidlashgan. Buni xalqimiz qush uyasida korganini qiladi deydi. Eslayman, 10 mingdan ziyod odam istiqomat qiladigan kattakon qishlogimizda bitta piyonista bolardi. Bugun esa qishloqda onga yaqin oshxona bor, mijozlarning aksariyati qishloq yoshlari. Ular yigini yuzta-yuztasiz otmaydi. Bu oddiy holatga aylangan. Toy dasturxonlari tokinligi esa ichkilik bilan baholanmoqda. Hatto ogiz kopirtirib, maqtab qoyiladi: Falon somlik qimmat aroq qoydi, chet elniki ekan....

Oramizda shundaylar ham bor, topgan puliga ichkilik olib kochada sovuradi, farzandiga loaqal bir dona kitob olib bermaydi. Barcha tamaddixonalarni izgib chiqqan, lekin ogli oqiydigan maktab qayerdaligini bilmaydi. Aroqni yorligidan taniydi, bolasi kundaligini bir marta ham varaqlab kormagan... Uyida viski va likyorning turli xillari bor, ammo oqishga bir dona gazeta yoki badiiy adabiyot yoq.

Tadqiqotlarga qaraganda, dastlabki qadah qanchalik yoshlikda ichilsa, uning oqibati shunchalik ogir va ayanchli boladi. 14-16 yoshli osmir tomonidan istemol qilingan bir qadah vino katta yoshli odamning bir shisha aroq ichganidan kuchliroq tasir kuchiga ega. Yer yuzidagi 100 ta oz joniga qasd qilganlarning yarmisini ichkilikbozlar tashkil qilsa, ularning aksariyati yoshlar ekan naqadar achinarli malumot.

Ayniqsa, 20 yoshgacha bolgan davrda alkogolning toksik tasiri miya va ichki azolarning faoliyati tez buzilishiga olib keladi, insonning meyordagi jismoniy va ruhiy rivojlanishi buziladi, deydi Respublika Sogliqni saqlash vazirligi Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish Bosh boshqarmasi boshligi Doniyor Mirazimov. Bu davrda boshlangan alkogolga qaramlik halokatli kechishi mumkin va u davolanishga boysunmaydi.

Tibbiyotda 30-35 gramm spirtli ichimlik odamning aqliy qobiliyatini bir necha soatdan bir necha kungacha pasaytirishi isbotlangan. Bir qultum 20-25 gramm ichkilik harf teruvchining ish tezligini 15 foizga sekinlashtiradi, xatolar sonini esa 20 foizga oshiradi. Haftada 300 gramm spirtli ichimlik ichib yuruvchi kishida insult xavfi ichmaydiganlarga nisbatan tort marta kop. Muntazam ichkilik, eng avval, jigarni ezgilaydi. Zaharlanish va zararlanish oqibatida u serrozga aylanadi, yani bujmayib, quriy boshlaydi. Bosh miya faoliyatining keskin buzilishi natijasida xotira susayadi. Bundan tashqari, yurak-qon-tomiri tizimini izdan chiqaradi. Bu hol qon tomirlarining siqilishi va qon bosimining oshishi sifatida namoyon boladi. Muntazam ichkilik jismoniy darmonsizlik va karaxtlikka olib keladi, ish qobiliyati va irodani susaytiradi. Irodasizlik esa mutelik va qaramlikni paydo qiladi. Irodasiz odamni har narsaga yetaklash mumkin.

1929 yili nashr qilingan Turkiston koloniya asarida Turkiston olkasi general gubernatorining maktubi keltirilgan: ... biz yevropacha madaniyatning har xil salbiy jihatlarini olib kirdik. ... pivoxona, restoran, bangixona va fohishaxonalar endi kattaroq qishloqlarda ham keng faoliyat korsatmoqda. Mahalliy yoshlar ushbu kongilxushliklarga mukkasidan shongib ketib, ... natijada ular orasida qotillar, ogrilar, buzuq va bezorilar paydo boldi.

Darhaqiqat, ichkilikbozlik ommaviy madaniyat turlaridan, ekspansiya qurollaridan biri. U milliy qadriyatlarni yemirishga xizmat qiladi. Millatning soglom genini buzib, kasallaydi. Odamlarni axloqsizlik va buzuqlikka yetaklaydi. U tufayli buzilayotgan oilalar, genofond, yetkazilayotgan tan va qalb jarohatlari, moddiy va manaviy ziyonlar haqida faqat afsus bilan gapirish mumkin.

Shu orinda yana bir mulohaza. Joy nomlari bilan nomlangan spirtli ichimliklar ham talaygina. Joy nomi muqaddas, vatanning bir parchasi, muhim bir bolagi, ajdodlar bilan bizni boglab turuvchi koprik. Nomlar bu tarbiya, ular qadriyat. Unda ajdodlar qadr-qimmati, manaviyati, xoki-turobi yotibdi. Muqaddas nomlarni inson sogligiga zarar yetkazuvchi narsa yuziga yopishtirish vatanni sevish, ardoqlash va tanitishga xizmat qilarmikin? Bunday nom, bunday vatanparvarlik faxr-iftixor berarmikin? Toshkent arogi, Samarqand konyagi yoki Qibray pivosi kabi nomlar qanchalik togriligini oylab korish kerakka oxshaydi.

Mamlakatimiz qonunlari yoshlar manfaatini qattiq himoyalaydi: bizda spirtli mahsulotlar reklamasi taqiqlangan. 20 yoshga tolmagan fuqaroga spirtli mahsulot sotganlar jazolanadi. Ammo ushbu himoya usullarining muntazam va samarali ishlashi har birimizga fuqaro, ustoz, ota yoki ona sifatida masulligimizga bogliq.

Akbar JONUZOQOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: