O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
01.10.2018

SIZDAN BIR UMR MINNATDORMIZ, AZIZ USTOZLAR!

Minhojiddin MIRZO, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi orinbosari:

— Prezidentimizning Ozbekiston oqituvchi va murabbiylariga yollagan tabrigini ozgacha bir hayajon, gurur bilan oqib chiqdim. Tabrikda hammamizning dilimizdagi his-hayajonlar ifodalangan, tilaklar bildirilgan, desak haqiqatni aytgan bolamiz.

Men tabrikni oqib, chuqur xayolga chomdim, oqituvchilarimizni, maktabimni esladim.

...Yoshing ulgaygani sayin hayot qadri, betakror umr lahzalari qadri, hayot yollarida senga chin baxt, chin saodat baxsh etgan, seni koz qorachigiday muhofaza qilib, tikanli soqmoqlardan asrab, ezgulik yollari sari yollagan, senga ilk bor harf tanitib, kitobga bir umr oshno qilgan muhtaram zotlar qarshisidagi qarzdorlik hissi kuchayib boraverar ekan. Ota-ona, bobo va buvi maktabi, mahalla dorilfununi, senga hikmat soylab, bir umrga tatiydigan bilim, ogit va nasihatlar berib, qalbingni nurday yoritgan aziz siymolar orasida muallim degan ulug zot ham borki, uni hamisha soginch, mehr, muhabbat, minnatdorlik bilan eslaysan.

1972 yil 1 sentabrda Andijon shahridagi, shunday Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogiga tutash maskanda joylashgan 30-maktabning birinchi sinfiga bordim. Ilk qongiroq, birinchi oqituvchim Muboraxon ayaning mehrli nigohlari, ilk saboqlari... Hali partada otirishga odatlanmagan, hali oyinqaroqlik va erkaliklari bosilmagan, kongillari intizom deb atalgan tartib olamidan betoqat bolib toshib turgan bolalar, ularning hayratli kozlari, onasini soginib qilgan xarxashalari koz oldimda namoyon boladi. Qalam, ruchka ushlaganidan bir zumda charchab qolgan biz bolalarni Muboraxon aya ornimizdan turgazib, qollarimizni chozdirib, barmoqlarimizni ochib, yopib qildirgan mashqlari, barchamiz xor bolib takrorlagan sozlar qulogim ostida jaranglaydi:

«Yozaverib, yozaverib qollarimiz charchab ketdi!...»

Ilk hayajonda husnixat yozishlarimiz, Alfavitni yodlab berganlarimiz, harflarni bir-biriga urishtirib O na, a na, non deya oqiganlarimizni hozir eslasam kozimga yosh qalqiydi, ustozlarimizning sabri, toqati, bardoshi, bularning barchasini ozida mujassamlashtirgan mehri qarshisida lol qolaman, ta’zim qilaman.

Alifbe bayrami, ilk qadrdon saboq kitobimiz bilan xayrlashib, Oqish kitobini kutib olishlarimiz... Birinchi qongiroq bilan kutib olinish, Oxirgi qongiroq bilan kuzatilish...

Endi bilsam hayot ozi, uning manosi kutib olish va kuzatishdan iborat ekan. Bugun juda katta minnatdorlik bilan Andijon shahridagi 30-maktabda saboq bergan barcha ustozlarimni eslagim keladi. Muboraxon Alimova, Oysha Yakubova, Larisa Toshmatova, Matlubaxon Xusanova, Nafisa Madaminova, Roza Sadovnichova, Marvar Shamsuddinova, Ilyos Murodov, Gulchehra Shamsutdinova... bu royxatni ancha davom ettirish mumkin. Muallimlar inson ongining muhandislari, qalbining naqqoshlari, odamiylik mulki marifat bogining bogbonlari.

Goho oylab qolaman, dunyoda oqituvchining tun boyi bedor daftar tekshirib otkazgan amaliga teng keladigan savob bormikan?! Sharqirab oqayotgan, oyinqaroq jilga, hali tizgin nimaligini bilmagan beqaror shamol kabi bola shoxliklarini qanday tartibga soladi, qanday kuch bilan uni oziga qaratadi, gozal itoatga orgatadi. Faqat mehr, mehr, mehr bilan!

Bola tafakkur olami, qalb dunyosiga tushadigan oltin kalitlar faqat oqituvchiga tegishlidir. Haligacha maktab qongirogini eshitsa, birdan hayajonlanib ketadigan qancha oqituvchilarni bilaman. Rizolik ila duolar bilan maktab qongirogi sadolari ostida abadiyat olamiga kuzatganimiz oqituvchilarimni eslayman.

Yangi hayot, kelajak, istiqbol yoli maktabdan, oqituvchilarning qalbidan boshlanadi. Bashariyat ertasi, dunyo taqdiri eng avvalo, oqituvchiga bogliqdir. Bugun urushlar olovi sonmayotgan, qalblar jaholat tori sirtmogidan chiqolmayotgan ayrim yurtlarda maktab, kitob, marifat degan ulug tushunchalar unut bolgani kishini qattiq iztirobga soladi.

Hayot turli tanlovlar ichra otadi, tashkilot rahbari kadr tanlaydi, yigit-qiz oziga umr yoldoshi tanlaydi, odam dost tanlaydi, hamkor tanlaydi. Bu dunyoda ikki zot borki, ular bunday tanlovlardan yiroq. Ona farzand tanlamaydi, muallim esa oquvchi!

Haq yolida kim senga bir harf oqutmish ranj ila,

Aylamak bolmas ado oning haqin yuz ganj ila.

Aziz ustozlar! Nazarimda, hazrat Alisher Navoiy ham besh yuz yillar naridan boqib, bu haqiqatni tasdiqlayotgandek. Negaki, ilk bor murgak bolalar qalbiga Vatan tuygusini Siz olib kirasiz. Ularning jajji yuraklarida marifat chogini yondirguvchi ham Sizsiz! Yosh kongillarda ochilgan behisob orzu-umid chechaklarining ildizi aynan, ha, aynan Sizning qalbingizdan suv ichadi.

Boshimizni silagan qollaringiz taftini hali-hanuz sezib turamiz. Biz har kuni, har soatda qalb qori, koz nurini, butun borligini zarrama-zarra, tomchima-tomchi olijanob ishga bagishlab kelayotgan aziz ustozlar oldida hamisha qarzdormiz, doimo bosh egib tazim qilamiz!


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: