O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
01.10.2018

QADRI BALANDNING QADDI HAM, RUHIYATI HAM BALAND BOLADI

Dilorom ABDURAHIMOVA, Namangan shahridagi 26-Mehribonlik uyi direktori, «Shuhrat» medali sohibi:

— Keyingi yillarda mamlakatimizda ta’lim tizimini chuqur isloh qilish, pedagog kadrlar mehnatini qadrlash orqali kelajagimiz vorislarining talim-tarbiyasi va intellektual qobiliyatini rivojlantirishga katta etibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan qator qaror va farmonlar qabul qilindiki, bu nafaqat soha xodimlarini, balki farzandlarimiz baxtli kelajagidan umidvor butun bir xalqimizni quvontirmoqda.

Prezidentimizning joriy yil 14 avgustda qabul qilingan Yoshlarni manaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga talim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari togrisidagi qarorida ham pedagog kadrlarga qator imtiyozlar belgilab berildi. Ayniqsa, umumiy orta talim muassasalari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari sezilarli kotarilgani, alohida yutuqlarga erishgan oqituvchilarga pul mukofotlari, arzon uy-joy, imtiyozli bank kreditlari, avtotransport sotib olish uchun qulayliklar belgilangani oqituvchilar ruhiyatini nihoyatda yuksaltirdi. Bu yilgi kasb bayramimiz ham davlat miqyosida oziga xos tantanavorlik bilan nishonlangani qaror va farmonlarning amaliy ijrosidan bir dalolatdir.

Oqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan esa Prezidentimiz farmoniga muvofiq talim-tarbiya tizimida alohida ornak korsatgan xodimlardan bir guruhi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular safida men ham borligimdan faxrlandim. Kamtarona mehnatimni yuksak qadrlagan davlatimizga, Prezidentimiz va bunyodkor xalqimizga tazimdaman.

Bu kabi gamxorliklardan xursandmiz, ammo ularni suistemol qilishga aslo haqqimiz yoq. Endilikda yanada fidoyilik bilan ishlashimiz zarur. Chunki mamlakatimiz kelajagi qatiy ishonch bilan biz oqituvchi-pedagoglarning zimmamizga qoyildi. Men rahbarlik qilayotgan Mehribonlik uyida 71 nafar ogil-qiz tarbiyalanadi. Muassasamizda bolajonlarimiz tolaqonli yashashi, talim olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Yangi oquv yili arafasida tadbirkor hamyurtlarimiz homiyligida muassasamizda umumiy qiymati 87 million somlik yozgi sahnali tomoshagoh barpo etildi. Maktabimizda alohida fizioterapiya xonasi tashkil etilgani, boks, shaxmat, tikuvchilik, pazandachilik togaraklarimiz, milliy qogirchoq teatri, badiiy oqish va suxandonlik togaraklari tashkil etilgani tarbiyalanuvchilarimiz intellektual salohiyatini osishiga xizmat qilmoqda. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ortasida otkazilgan minifutbol musobaqalarining respublika bosqichida jamoamiz birinchi orinni egallagani, kasb-hunar kollejini tamomlagan ikki nafar qizimizga Namangan shahrining Yuksalish mavzesida qurilgan yangi uylardan xonadon ajratilgani, Dilyor Abdulhamidovning Ozbekiston Milliy universiteti matematika fakultetiga oqishga qabul qilingani kabi yutuqlarimiz endilikda yanada kopayadi. Bunga asoslar yetarli.

Korsatilayotgan etibor va gamxorliklar, qadru ezoz bizlarni yangi va yuksak marralarni egallash uchun yanada astoydil mehnat qilishga ruhlantirmoqda.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: