O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
01.10.2018

TARIXIY MUSHTARAKLIKKA EGA MUNOSABATLARNING YANGI BOSQICHI

Nyu-Dehli, 30 sentabr. O‘zA maxsus muxbiri Matnazar ELMURODOV xabar qiladi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovindning taklifiga binoan 30 sentabr kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga keldi.

Davlatimiz rahbari dastlab Hindistonning qadimgi poytaxti Agra shahriga tashrif buyurdi. Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan jahonga mashhur Toj Mahal me’moriy obidasini ziyorat qildi.

Dunyoning yetti mojizasidan biri deb etirof etiladigan mazkur yodgorlik buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning avlodi Shoh Jahon tomonidan turmush ortogi Mumtoz Mahal xotirasiga bagishlab 1632-1653 yillarda bunyod etilgan.

Shoh Jahonning hukmronlik yillari Hindistonda boburiylar saltanatining eng gullagan, oltin davri hisoblanadi. Malumki, Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari Hindistonda savdo, ilm-fan rivoji, bunyodkorlik, mamurchilikka katta etibor qaratgan. Agradan tashqari boshqa shaharlarda ham koplab inshootlar, masjidlar, maqbaralar qurdirgan. Ushbu obidalar ichida Toj Mahal ozining tarixi, gozalligi, mahobati, jahon memorlik sanatining betakror ananalarini mujassam etgani bilan alohida ajralib turadi. Shu bois, bu yerdan mahalliy ziyoratchi va xorijiy turistlarning qadami uzilmaydi.

Prezidentimizning Hindistonga davlat tashrifini ushbu majmua ziyoratidan boshlashida chuqur mano bor. Zero, Toj Mahal – ozbek va hind xalqlari uchun birdek qadrli obida, mamlakatlarimiz tarixi mushtarakligi ifodasidir.

Maqbara ziyorati chogida Quron tilovat qilindi.

Prezidentimiz hindistonlik rasmiy shaxslar bilan muloqotda Ozbekistonda ham qadimiy obidalar, muqaddas ziyoratgohlar kopligi, ikki mamlakat ortasida sayyohlar bordi-keldisini kengaytirish zarurligini takidladi.

Shavkat Mirziyoyev majmuaning faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirdi.

Kunning ikkinchi yarmida Prezidentimiz Hindiston poytaxti Nyu-Dehli shahriga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari hind xalqi ananalariga xos tarzda kutib olindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston delegatsiyasi uchun ajratilgan qarorgohda Hindistonning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi. Unda Hindiston tashqi ishlar davlat vaziri Mobashar Javad Akbar, Hindistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Vinod Kumar, Hindiston sanoatchilari konfederatsiyasi bosh direktori Chandrajit Bannerji, shuningdek, «Apollo Hospitals Enterprise Ltd», ONGC Videsh Ltd, Sun Group, Indorama Corporation, Hero Enterprise Ltd, Cadila Pharmaceuticals Ltd, Lakshmi Machine Works Ltd kabi nufuzli kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.

Muloqotda Ozbekistonda amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar xorijiy investorlarning mamlakatimizda oz biznesini yolga qoyishi uchun keng imkoniyat yaratayotgani takidlandi.

Hindistonlik biznesmenlar yurtimizda ishbilarmonlik va investitsiya muhiti yanada yaxshilanayotgani mamlakatimizning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirish, yuqori texnologiyali qoshma loyihalarni amalga oshirishga katta qiziqish uygotayotganini takidladi.

Tashrif arafasida Nyu-Dehlida otkazilgan biznes-forum ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining hamkorligi uchun samarali maydon boldi. Ushbu forumda savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish, jumladan, Ozbekiston Hindiston ishbilarmonlar kengashini tasis etish masalalari muhokama etildi.

Tashrifning asosiy voqealari 1 oktabr kuni bolib otadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovind, Bosh vazir Narendra Modi va ushbu mamlakatning boshqa rahbarlari bilan qator uchrashuv va muzokaralar otkazadi.

Tashrif yakunida Ozbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vazirining qoshma bayonoti qabul qilinishi, Ozbekiston Hindiston munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga kotarish uchun huquqiy asoslarni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo salmoqli hujjatlar, mamlakatlarimiz hududlari va muassasalari ortasida bitimlar imzolanishi kozda tutilgan.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: