O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
27.09.2018

TINIB - TINCHIMAS DEPUTAT SAYLOVCHILAR ISHONCHINI QOZONMOQDA

«1-Bunyodkor» saylov okrugi Urganch shahrining eng ko‘p aholi istiqomat qiladigan mavzelaridan. Bu yerda otgan yillarda toplanib qolgan muammolar talaygina. Togri, kamchiliklar hokimiyat tomonidan bartaraf qilinmoqda, ayrimlari dasturlarga kiritilgan. Biroq bu jarayonda deputatning ham orni borligini unutmaslik kerak.

Ushbu hududdan viloyat Kengashiga saylangan Nodira Odamboyevani behudaga tinib-tinchimas deputat deyishmaydi. Bu ta’rifga u qatiyatliligi, faolligi va tashabbuskorliligi sabab erishdi.

Shahardagi 1,5,7,9 va 33-mahallalarda yashovchi fuqarolar har haftaning chorshanba va juma kunlarini orziqib kutishlari sababi bor. Ayni shu kunlarda deputat fuqarolarni qabul qiladi. Ularning masalalarini eshitadi, hal etishga harakat qiladi. Birorta murojaat beetibor qolib ketmaydi. Ayrimlarini shahar va viloyat Kengashi sessiyalariga olib chiqish, qaror qabul qilinishi va uni qatiy nazoratga olishda ham deputat anchagina faol.

Otgan yili nogironligi bolgan oquvchi yoshlar talim oladigan maxsus ixtisoslashgan maktab internatlari faoliyatini chuqur monitoring qilish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalasi ham deputat tashabbusi bilan kotarildi. Monitoring jarayonida sil kasalligiga chalingan bolalar uchun moljallangan Urganch shahridagi sanatoriy tipidagi maktab internatda nafaqat kamchiliklar, qonunbuzilish holatlari ham mavjudligi aniqlandi. Mazkur masala xalq deputatlari viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi yigilishida muhokama qilinib, sessiyaga kiritildi.

Deputat 15 yoshdan 30 yoshgacha bolgan nogironligi bor yigit-qizlarni til organishi, kasbga yonaltirish boyicha Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi qoshidagi Inklyuziv talim markazi bilan hamkorlikda ish olib bordi. Hunar organishga qiziqishi borlari aniqlanib, togaraklarga jalb qilindi. Natijada ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning nazariga tushdi, ota-onalarning quvonchiga sabab boldi.

Otgan yili viloyatning chekka hududi hisoblangan Qoshkopir va Yangiariq tumanlarida istiqomat qilayotgan fuqarolardan onlab murojaatlar bolgan. Ularga yechim topish uchun deputat mutasaddi tashkilot rahbarlariga deputatlik sorovi bilan chiqdi. Ana shu jarayonlardan bir voqea yodimda. Nodira Odamboyeva xonasiga kirayotib, uning kim bilandir telefon orqali tortishayotganini eshitdim. Bu sizning vazifangiz! Deputatlik sorovidagi muammoga yechim bor yoki yoqligi xususida aniq javob yozish burchingiz!, dedi u. Uning izoh berishicha, Jamoatchilik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqaro muammosini hal qilish boyicha tuman hokimiga deputatlik sorovi bilan chiqqan. Deputatning bunday murojaati hokimni bezovta qilib, telefonda doq urayotgan ekan. Bu masala ijobiy hal bolgach, hokim deputatdan uzr soragani ham bor gap.

Kamolot mahallasining Kamolot kochasida noqonuniy qurilish aholining haqli etiroziga sabab bolayotgan edi. Mahallada yashovchi keksalar shu yol necha yildirki berk, qayerga murojaat qilsak ham hech kim chorasini topa olmayapti. Yolni ochishda yordam bergan kishi savobga qoladi, deyishardi. Nihoyat yol ochildi. Odamlarning uzogi yaqin boldi.

Shuningdek, mahalladagi ichki yollar ham tamirtalab edi. Deputat say-harakati bilan Tong, Kamolot kochalarining 12, 13, 14-yolaklarida joriy tamirlash ishlari boshlab yuborildi.

Viloyat perinatal markazi direktori Salomat Matyaqubova Markazda ish boshlaganimning ilk kunlarida deputatimiz mendan mavjud muammolarni soragandi. Shunda eng asosiy masala turli chiqindilar markaz hududidagi quduqda saqlanayotgani, bu esa sanitar qoida va meyor talablariga zid ekanini bildirgandim. Quduqdan chiqayotgan hid atrofda yashovchi fuqarolar va markaz hududi bilan qoshni maktab mamuriyatini ham xavotirga solib turgandi. Deputat komagida muammo bartaraf etildi, dedi.

Bu deputatning kundalik faoliyatidan bir lavha, xolos. U OzXDP viloyat kengashi raisi orinbosari sifatida ham doimiy izlanish va harakatda. Viloyat va shahar Kengashlaridagi partiyamiz guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish, elektoratimiz manfaatlariga xizmat qiladigan masalalarni organish, kun tartibiga kiritish...

...Ushbu maqolani yozish jarayonida bir malumot olish uchun Nodira Odamboyevaning xonasiga kirdik. U yoq ekan. Qol telefoniga chiqdik. Sektordagi ishlarning borishini nazorat qilyapmiz, ishxonaga kechki sakkizlarda otaman, dedi u.

Partiyamizning faol yetakchilaridan biri, deputat Nodira Odamboyeva faoliyatidan ayrim misollarni keltirdik xalos. Tinib-tinchimay, halovat bilmay yelib-yugurishlari tufayli jamiyatga foydasi tegmoqda, saylovchilarni rozi qilmoqda, deputat degani sharafli nomni oqlamoqda.

Rozimboy HASAN,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: