O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
27.09.2018

YANGI QONUNLARDA QANDAY OZGARISHLAR KUTILMOQDA?

2018 yil 27-28 sentabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib otadigan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining on oltinchi yalpi majlisi oldidan Fan, ta’lim va sogliqni saqlash masalalari qomitasi yigilishi bolib otdi.

Yigilish «Xususiy bandlik agentliklari togrisida»gi Ozbekiston Respublikasi qonuni hamda Uy-joy kommunal xizmatlarni korsatish va aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini taminlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonuni muhokamasiga bagishlandi.

Yigilishda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 6 sentabr kuni qabul qilingan Xususiy bandlik agentliklari togrisidagi qonun Ozbekiston fuqarolarini ham mamlakatimiz korxonalarida, ham xorijda ishga joylashtirish imkoniyatini oshirish va kengaytirishga, davlat xizmatlari va xususiy sektor tomonidan bandlikka komaklashish mexanizmlarini aniq tartibga solishga, ishga joylashtirish xizmatlarini korsatish tartibi va shartlarini, shu jumladan, xususiy bandlik agentliklarining, korxonalarning va ish qidirayotgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini belgilab berishga qaratilgan.

Qonunda xususiy bandlik agentliklari tushunchasi ochib berilmoqda, xususiy bandlik agentliklari xodimlari soniga va ularning rahbarlariga talablar qoyilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 30 avgust kuni qabul qilingan hamda Uy-joy kommunal xizmatlarni korsatish va aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini taminlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonuni maqsadi tolov intizomini mustahkamlashga, shuningdek, ayrim toifadagi I va II guruh nogironlariga imtiyozli pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan.

Qonunning 1-moddasiga muvofiq, Fuqarolarning davlat pensiya taminoti togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonuniga qoshimchalar va ozgartish kiritildi. Jumladan, tegishli band bilan Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan royxat boyicha I va II guruh nogironligi bolgan erkaklarga kamida 25 yil ish staji, ayollarga kamida 20 yil ish staji bolgan taqdirda pensiya olish huquqi beriladi.

Mamlakatimizda 760 mingdan ortiq nogironligi bolgan shaxs royxatga olingan. Mutaxassislarning fikrlariga kora, ushbu ozgartish va qoshimchalar pensiya tarqatishda uchrayotgan kamchiliklar, notogri hisoblashlarga barham berishga xizmat qiladi.

Qonunning 2-moddasiga muvofiq, Uy-joy kodeksining 134-moddasiga qoshimcha va ozgartishlar kiritildi. Xususan, davlat va xususiy uy-joy fondlarida korsatiladigan suv taminoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari uchun majburiy tolovlar oldindan 100 foizlik haq tolash asosida amalga oshirilishi belgilanmoqda. Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, ijaraga oluvchilariga kommunal xizmatlar korsatish majburiy tolovlar 3 oydan ortiq tolanmagan taqdirda toxtatib turiladi, bundan suv taminoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari, shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish mustasno.

Ushbu qonun qarzdorlikning oldini olish, kommunal soha tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ichki infratuzilmasini yaxshilash, sohaga yangi texnologiyalarni jalb etishga xizmat qilishi aytildi.

N.NASRIYEV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: