O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
25.09.2018

MAQOMNI BOGCHADANOQ BOLALARGA QULOQQONDI QILISH KERAK!

Bu — taniqli sozanda, O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi a’zosi Bozorboy Orinovning fikri

Kop qadim Xorazm maqomlarining zukko bilimdoni Bozorboy Orinovni atay uylariga yoqlab bordik. Songgi davrda ozroq ogriganlari bois kongil sorab, dardiga Allohdan shifo tiladik. Bu milliy musiqamiz gultojisi bolmish maqomlarga tom manoda ikkinchi umr bagishlanayotgan kunlarga togri keldi. Prezidentimiz tomonidan ozbek milliy maqom sanatini yanada rivojlantirish maqsadida shu yilning 6-10 sentabr kunlari qadim Shahrisabz shahrida maqom sanati birinchi xalqaro anjumani otkazilganini bastakor quvonch yoshlari bilan qabul qilganini aytdi. Negaki, songgi yillarda oynai jahonni va sahnalarni yengil-elpi qoshiqlar egallab olgani hech kimga sir emas. Maqomlar esa... goyo muzey osori atiqalariga aylanib qolayotgandek edi.

Sizningcha hozir maqom ijrochilari konserti tashkil qilinsa, tomoshabin yigiladi, deb oylaysizmi?

Maqomga bu olmas qadim mumtoz musiqaga, uning betakror aytim yollariga ishtiyoqmand insonlar kop, deb oylayman. Bu orinda: kim maqomni ijro qilishi muhim! Songgi davrda maqom turkumiga kiruvchi qoshiqlarni har kim oz yoli, ovoziga moslab aytish holatlari kop kuzatilyapti. Endi...hamma ham maqom yolida ayta olmaydi-da! Bunga xudo bergan ovoz kerak, mahorat kerak.

Maqomga ishtiyoqmand tomoshabinlar orasida yoshlar necha foizni tashkil qilisharkan?

Ogriqli savol. Yoshlarimiz yengil-elpi kuy va qoshiqlarga, ayniqsa garbona ohanglarga mukkasidan ketgani bor gap. Lekin, buni otkinchi holat deb bilaman. Shu zaminda tugilib osgan, tomirlarida bobolari qoni oqayotgan inson borki, bugunmi, erta albatta maqomga qaytadi.

Amerikalik ruhshunoslar shunday tadqiqot otkazishgan: bir guruh yoshlarni toplab, betoxtov rok musiqa, eshittirishadi, yana bir guruhiga esa faqat mumtoz musiqalarni. Keyin tadqiq qilishsaki, rok tomoshabinlari asabiy, qon bosimlari oshgan, ruhiy zoriqish holatidalar. Mumtoz sanat ishtiyoqmandlari sokin kayfiyatda, sogliqlari joyida. Soramoqchi bolganim musiqa inson ruhiyatiga qanchalik tasir qiladi?

E, tasiri katta! Hatto bizda Sharqda musiqa bilan davolashgan ham. Ammo yengil-elpi qoshiq, musiqalar bilan emas, mumtoz asarlar bilan. Shu manoda maqomlar mutlaq shifobaxsh xususiyatga ega.

Xorazm olti yarim maqomlari haqida toxtalsangiz.

Maqomlar oz atamasidan kelib chiqib, oltita:«Rost», Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh va Iroqdan iborat.Bizda esa unga qoshimcha tarzda yana yarim maqom yoli bor. Togrisini aytish kerak, yarim maqom yolini tan oladiganlar bor, tan olmaydiganlar ham.

Ozbekiston Respublikasi sanat arbobi, professor Ravshan Yusupov bir maqolasida sizning maqom sanatiga bagishlangan ilmiy ishlaringizni etirof etgan edi: ...Bozorboy Orinovning Qalabandi nomi bilan bizga malum bolgan ikki qismli mojazgina durdona asari asosida salobatli maqomsifat turkum vujudga kelishi ajoyib hodisa. Rok shoba turkumi, Panjgoh maqomi aytim yollarini tiklash boyicha tajriba maqomshunoslik fani, maqom ustalarining diqqat-etiboridan chetda qolmasligi lozim...

Yuqorida eslatganingiz Qalabandi, Rok shoba turkumi; Panjgoh maqomi aytim yollari boyicha kop yillar izlanishlar olib bordim va unut bolayozgan bu mumtoz durdonalarni qayta tiklab, notaga solib, elimizga qaytardim, musiqa maktablari uchun qollanmalar yozdim. Bu kamtarona mehnatim umrimni behudaga yashamaganimni korsatadi.

Siz nafaqat nazariyotchi, balki amaliyotchi hamsiz. 1988-2000 yillarda Xorazm televideniyesi qoshidagi Xorazm maqom jamoasiga badiiy rahbarlik qildingiz...

Bu Xorazm maqomlarining qayta tiklanish davri edi. Yaxshi jamoa shakllantirdik. Maqom jamoasi ijrosida qadim maqomlarimiz respublika va Xorazm radiosi oltin fondiga yozildi, videotasmaga tushirildi.Yaxlit bir kitob holiga ham keltirdik. Bu ish boshida millatparvar insonlar turganini aytib otishim kerak.

Osha vaqtda maqom jamoasida ishlaganlarning barchasi maqom musiqasi, aytim yollarini yod bilisharmidi?

Albatta, talab shunday edi. Yaqinda osha paytda biz bilan birga ishlagan bir sanatkordan shu haqda qiziqib soradim. Aytdiki, maqom musiqasi, maqom yollarini yod olish boshqa, uni doimo ijro qilish boshqa. Yani, tan oldiki, aksari yodidan kotarilgan...

Hozirda viloyatimizdagi qaysi sanatkor butun maqomlarimizni yod biladi, deb ayta olasiz?

Hojixon ustalar uchun bu bolalikdan quloqqondi bolgan, olgunicha xotiridan ochmagan mumtoz bir boylik edi. Buni boshqalar haqida ayta olmayman.Maqomlarning ayrim aytim, chertim yollarini biladiganlar kop, ammo, butunligicha...

Mamlakatimiz rahbari maqom sanatiga etiborni kuchaytirish haqida qaror qabul qildi. Xalqimizni bu mumtoz qadriyatga yaqinlashtirish bir umrlik oshno qilish uchun nimalar qilish kerak, deb oylaysiz?

Mening qatiy fikrim: maqomni bogchadanoq bolalarga quloqqondi qilish kerak. Shundagina u bir umr bu boqiy sanatdan bahra oladi, uning ishqiboziga, kerak bolsa, ijrochisiga aylanadi...

...Mashhur bastakor xonadonidan chiqib, ishxonaga borish uchun mashinaga otirdim. Haydovchi yoshgina yigit radiodan musiqa tinglab kelayotgan ekan nima dersiz kop qadim, eshitganda kishini sel qiladigan maqom ijro qilinayotgandi...

Rozimboy HASAN

suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: