O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
25.09.2018

NOYABR OYIDAYOQ GAZETALARIMIZGA YILLIK OBUNA BOLISHGA KELISHIB OLINDI

Gazetamizning shu yil 13 sentabr sonida «Surxondaryolik partiyadoshlarimiz, deputatlar gazeta o‘qimaydimi?» sarlavhali tanqidiy maqola e’lon qilingandi. Unda 2018 yilgi obunani tashkil qilish borasida viloyatda qator kamchiliklarga yol qoyilgani, xususan, partiyadoshlarimiz va mahalliy Kengashlar deputatlarining Ozbekiston ovozi va Golos Uzbekistana gazetalariga yillik obuna bolmagani haqida soz yuritilgandi.

Joriy yilning 14 sentabr kuni Termiz shahrida mahalliy kengashlar raislari ishtirokida Ozbekiston XDP Surxondaryo viloyat kengashi ijroiya qomitasining navbatdagi yigilishi otkazildi va unda ushbu masala atroflicha muhokama qilindi.

— Yutuqlar bilan bir qatorda kamchiliklarimiz ham oz emasligini tan olishimiz kerak, dedi Ozbekiston XDP Surxondaryo viloyat kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi azosi Mavjuda Hasanova. Otgan yili xalq deputatlari viloyat, 13 tuman va bir shahar Kengashlari mutasaddilari tomonidan partiyamiz nashrlariga ikki nusxadan yillik obuna rasmiylashtirilgani quvonarli. Ammo xalq deputatlari viloyat Kengashidagi 18 nafar deputatning 12, tuman va shahar Kengashlaridagi 125 deputatdan 66 nafari Golos Uzbekistanaga, ikki nafar deputat Ozbekiston ovozi gazetasiga obuna bolmaganini qanday baholash mumkin? Sherobod, Sariosiyo, Muzrabot, Qiziriq tumanlarida Ozbekiston ovozi gazetasi rejasi 10-19, Angor, Oltinsoy va Termiz tumanlarida 30-32 foizga bajarilgan.

Mavjud 670 ga yaqin boshlangich partiya tashkilotida obuna deyarli uyushtirilmagan. Boshlangich tashkilotlar yetakchilari partiya nashrlarini oqimasa, ilgor tajribalarni organib bormasa, ulardan nimani kutish mumkin?

Tadbir davomida Ozbekiston XDP Sherobod, Sariosiyo, Muzrabot va Qiziriq tumanlari kengashlari raislariga obuna masalasiga jiddiy yondashish, korsatma va tavsiyalarni oz vaqtida bajarish vazifasi yuklatildi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda otgan yigilish yakunida surxondaryolik partiyadoshlarimiz va deputatlar noyabr oyida partiyamiz nashrlari obuna rejasini bajarishga kelishib olindi.

Haqiqatan ham maqolada dolzarb masala xususida fikr bildirilgan, deydi Ozbekiston XDP Muzrabot tuman kengashi raisi Panji Normatov. Elektoratimiz vakillari manfaatlarini himoya qilish va turmush darajasini yaxshilash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlarning yoritilishi va aholini bundan xabardor qilishda partiyamiz nashrlarining ahamiyati katta. Ammo otgan yilda Ozbekiston ovozi bor-yogi 17 foizga, Golos Uzbekistana gazetasi esa 29 foizga uddalandi, xolos.

Tanqidiy maqola va Termiz shahrida otkazilgan yigilishdan keyin deputatlar, faollar hamda boshlangich partiya tashkilotlari yetakchilari ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi. Unda yol qoyilgan kamchilik va boy berilgan imkoniyatlar alohida takidlangan holda kelgusi yil uchun Ozbekiston ovoziga 42, Golos Uzbekistana gazetasiga esa 20 nusxada yillik obuna tashkil qilishga kelishib oldik.

Viloyatning barcha tumanlarida ham obuna rejasini noyabr oyi oxirigacha bajarishga harakat qilinmoqda.

Abdumalik HAYDAROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: