O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
25.09.2018

ZAMONAVIY BOSHQARUV YOKI XALQ TALIMI TIZIMIDAGI OZGARISHLAR HAQIDA

No‘mon AKBAROV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Ozbekiston XDP fraksiyasi a’zosi:

Jamoatchilikni songgi vaqtlarda bir masala oylantirib, turli bahs-munozaralarga sabab bolib kelayotgandi. Bu oqituvchining qadr-qimmati, talimning sifati, intellektual salohiyat masalasi edi. Darhaqiqat, ushbu mezonlar taraqqiyotni belgilovchi muhim omillar hisoblanadi.

Takidlash joizki, bugun mamlakatimizda yosh avlodni manaviy-axloqiy va intellektual jihatdan kamol toptirishni sifat jihatidan yangi bosqichga kotarish, talimning innovatsion shakllari va usullarini qollashga har qachongidan-da katta etibor qaratilmoqda. Xususan, Prezidentimizning joriy yilda «Xalq talimini boshqarish tizimini takomillashtirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisida»gi farmoni oquv-tarbiya jarayoniga boshqaruvning yangi mexanizmlarini joriy etish, oqituvchi kasbining nufuzini oshirishga davlat siyosatining ustuvor yonalishlaridan biri sifatida qaralayotganini amaliy tasdigidir.

Ushbu hujjat xalq talim tizimini isloh qilishning asosiy yonalishlarini belgilab berdi. Unga kora, sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda Xalq talimi vazirligining muvofiqlashtiruvchi roli va masuliyati yanada kuchaytirildi. Endi Qoraqalpogiston Respublikasi xalq talimi vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar)lar xalq talimi boshqarma hamda bolimlari, vazirlikka idoraviy mansub boshqa tashkilot va muassasalar boshliqlarini lavozimga tayinlash yoki ozod qilish masalasi mahalliy ijro organlari bilan kelishilmay, Xalq talimi vaziri tomonidan amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, xalq talimi muassasalarini boshqarish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shaffof va samarali jamoatchilik nazoratiga erishish sohani isloh qilishning asosiy yonalishlaridan biri etib belgilandi. Xususan, muassasalarning telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini taminlash, barcha foydalanishi mumkin bolgan malumotlar manbasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimi joriy etiladi.

2019 yil 1 yanvardan boshlab tumanlar va shaharlar kesimida tanlash asosida umumtalim muassasalari faoliyati samaradorligi boyicha reyting tuzilib, keyingi oquv yili boshlanishidan kechiktirmay uning yakunlari ommaviy axborot vositalarida va talim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi veb-saytida joylashtiriladi.

Oz navbatida, bu oquv muassasalarida talim sifatini yaxshilashga, oqituvchilarning bilim darajasi va pedagogik mahoratini oshirishga, umumtalim muassasalari faoliyatidagi ochiqlik, shaffoflikni taminlashga xizmat qiladi. Oquv-tarbiya jarayoni ustidan samarali jamoatchilik nazoratini ornatish imkonini beradi.

Ushbu hujjat bilan 2019 yil 1 martdan boshlab davlat umumtalim muassasalariga bolalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish tartibi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Ana shunda ota-onalarga talim muassasasiga bormasdan, uning rahbariga uchrashmasdan, muassasa togrisida shaffof malumot olish tartibi yaratiladi. Byurokratik tosiqlarsiz farzandini umumtalim muassasalariga joylashtirish imkoni tugiladi. Shu yilning 1 oktabridan umumtalim muassasalarining vasiylik kengashlari tugatilishi va tarkibiga muassasa faoliyatiga jiddiy hissa qoshishga qodir eng faol ota-onalar, bitiruvchilar, homiylardan iborat umumtalim muassasalarining kuzatuv kengashlarining tashkil etilishi kozda tutilgan. Ushbu ozgarish umumtalim muassasasi rahbarini saylash, uni egallab turgan lavozimidan ozod etishda ota-onalar va bitiruvchilar vakillarining bevosita ishtirok etishini taminlashi bilan ahamiyatlidir.

Muxtasar qilib aytganda, kelajagimiz egalarining taqdiri uchun muhim ahamiyatga ega bolgan mazkur hujjat zamonaviy fikrlaydigan, intellektual rivojlangan, professional tayyorgarlikka ega avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va demokratik jamiyat qurish yolidagi murakkab hamda keng kolamli vazifalarni hal etishga qodir bolgan, xalqimiz manfaatlarini himoya qiladigan sadoqatli kadrlar tayyorlash masalasini prinsipial, hal qiluvchi ahamiyatga egadir.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: