O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
25.09.2018

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI TURKIYA RESPUBLIKASI BUYUK MILLAT MAJLISI RAISINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 sentabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi raisi Binali Yildirimni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, siyosiy iroda va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli Ozbekiston va Turkiya ortasidagi ananaviy yaqin va dostona munosabatlar strategik sheriklik darajasiga kotarilganini takidladi.

Otgan yil kuzda Turkiyaga va joriy yil bahorda Ozbekistonga amalga oshirilgan davlat tashriflari davomida bolib otgan oliy darajadagi samarali muzokaralar, ular yakunida imzolangan muhim hujjatlar turli sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun mustahkam asos yaratishga xizmat qilgani alohida qayd etildi.

Siyosiy muloqot faol rivojlanmoqda. Turkiyaning yetakchi kompaniyalari va banklari bilan hamkorlikda savdo, innovatsiyalar, energetika, infratuzilma, transport, turizm, toqimachilik, oziq-ovqat sanoati va boshqa tarmoqlarda investitsiya dasturlari va loyihalari amalga oshirilmoqda.

Joriy yil boshidan buyon 230 dan ortiq Ozbekiston — Turkiya qoshma korxonasi tashkil etilgani Turkiya ishbilarmonlarining Ozbekistonda biznes yuritishga qiziqishi ortib borayotganidan dalolat beradi. Ozaro tovar ayirboshlash hajmi shu davrda 40 foizdan ziyodga oshdi.

Madaniy-gumanitar, jumladan, sogliqni saqlash, talim va turizm sohalaridagi almashinuvlar kengaymoqda.

Ikki tomonlama munosabatlarni izchil rivojlantirish va mustahkamlashda parlamentlararo aloqalar muhim orin tutadi. Mamlakatlarimiz qonun chiqaruvchi organlari ortasida faol muloqot kuzatilmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisida dostlik guruhlari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Hamkorlikni rivojlantirish boyicha memorandum va «Yol xarita»si qabul qilingan.

Suhbatda oliy darajadagi uchrashuvlar yakunida erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan bitimlarni amalga oshirish, shuningdek, hamkorlikka oid qoshma dastur va loyihalarning parlamentlar vakillari tomonidan faol qollab-quvvatlanishi muhimligi qayd etildi.

Binali Yildirim Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirdi va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogonning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Mehmon Ozbekistonda amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlarni yuksak baholab, Turkiya mamlakatimiz iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini modernizatsiya qilishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga har tomonlama komaklashishga tayyor ekanini takidladi.

Konstruktiv muloqot davomida tomonlarning ananaviy dostlik munosabatlari va uzoq muddatli strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga intilishi qatiy ekani qayd etildi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: