O'zb  
 
25.09.2018

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI AQSHNING FAVQULODDA VA MUXTOR ELCHISINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 sentabr kuni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Amerika Qoshma Shtatlarining Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlenni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, kop qirrali va ozaro manfaatli Ozbekiston — Amerika Qoshma Shtatlari aloqalarini izchil rivojlantirish va mustahkamlashga AQSh elchisi shaxsan salmoqli hissa qoshganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqotlar va Ozbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil may oyida Amerika Qoshma Shtatlariga rasmiy tashrifining samarali natijalari mamlakatlarimiz ortasidagi dostlik va strategik sheriklik munosabatlarining yangi davri uchun mustahkam zamin yaratdi.

Tomonlarni qiziqtirgan barcha masalalar boyicha konstruktiv siyosiy muloqot yolga qoyildi. Parlamentlararo almashuvlar faollashdi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik kengaymoqda. Fan, ta’lim va madaniyat sohalarida, shuningdek, hududlararo hamkorlik rivojlanmoqda.

AQSh elchisi davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. Amerika Qoshma Shtatlari ikki tomonlama munosabatlarni izchil rivojlantirishga muhim ahamiyat qaratishi hamda mamlakatimiz bilan kop qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga intilishi qatiy ekanini qayd etdi.

Uchrashuv yakunida mamlakatlarimiz ortasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qoshgan katta hissasi uchun AQShning Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen «Dostlik» ordeni bilan taqdirlandi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: