O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
20.09.2018

MENING MAHALLAMDA JINOYAT BOLMAYDI

O‘zbekiston XDP Andijon viloyat kengashi Buloqboshi tumanida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda seminar otkazdi. Unda tumanning Tinchlik, Uchtepa, Zargaldoq, Shirmonbuloq, Navoiy, Qaqir mahallalaridagi BPT yetakchilari, din ulamolari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Buloqboshi tuman partiya kengashi raisi Sirojiddin Yoldoshev farzand tarbiyasida oilaning, jamoatchilikning roli haqida soz yuritdi. Mafkuraviy immuniteti kuchli yoshlar oz fikri va nuqtai-nazariga ega bolishini ta’kidladi.

Tuman IIB xodimi Alisher Toirov tumanda sodir etilgan jinoyatlar togrisida malumot berdi. Jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashishda mahalla va ota-onalarning ogohligi muhim ekanini alohida qayd etdi.

Shuningdek, viloyat partiya kengashi bolim mudiri Yoqutxon Mominova, tuman hokimining orinbosari Ixtiyor Tumanov, xotin-qizlar qomitasi raisi Gulnora Xudoyberdiyeva va boshqalar mavzu yuzasidan oz fikr-mulohazalarini bildirdi. Takidlandiki, jinoyatchilikning oldini olish uchun aholida huquqiy savodxonlikni shakllantirish kerak. Bunda mutasaddi tashkilotlar ortasida hamkorlik masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Avvalo, eskicha ishlash tizimidan butunlay voz kechish zarur. Chunki jinoyat bitta bolsa ham kop sanaladi.

Tadbirda chora-tadbirlar tasirchanligini oshirish boyicha takliflar muhokama qilindi, tavsiyalar ishlab chiqildi. Bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Sherali ABDURAIMOV,

Ozbekiston XDP Buloqboshi tuman kengashi ijrochi kotibi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: