O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
20.09.2018

NOTARIAT TIZIMI: ISLOHOTLARDAN NIMALAR KUTILYAPTI?

Mazkur tizimda olib borilayotgan huquqiy islohotlar haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Bunyod Eshonqulovning mulohazalari quyidagicha boldi:

— 2017 yil 27 fevralda davlat notarial idoralari faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va aholiga korsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining «Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qollagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, notarial harakatlarni amalga oshirishda idoralararo elektron hamkorlik yoli bilan davlat xizmatlari korsatishni nazarda tutuvchi Notarius avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etildi.

Yaqin kunlargacha aholiga korsatilayotgan notarial xizmatlar sifatining pastligi, notarial idoralardagi uzundan-uzun navbatlar, davlat bojlari va boshqa yigimlar undirishning shaffof emasligi haqli etirozlarga sabab bolayotgandi. Mavjud byurokratik tosiqlar aholining mazkur tizimga bolgan ishonchining pasayishiga olib keldi. Shuningdek, korrupsiya holatlarining kopayishiga imkon yaratib, jiddiy muammolarni keltirib chiqargani ham hech kimga sir emas. Demak, sohani tubdan isloh qilish, yangi, soglom fikrga ega kadrlar bilan boyitishni davrning ozi taqazo qildi va bu borada izchil chora-tadbirlar yolga qoyildi.

Avvalo, sohaning huquqiy asoslari qayta korib chiqilib, qonunchilik bazasi takomillashtirildi. Xalqimiz manfaatiga mos, odamlarning ogirini yengil qilish, ularga qulaylik yaratishga xizmat qiladigan, shaffof tartib-taomillar ornatildi. Vaqt otib borar ekan, har qanday jabhaga yangilik kiritilib, qulayliklar kolamini oshirib borish talab etiladi.

Misol uchun, otgan yili Kochmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qollagan holda notarial tasdiqlash tartibi togrisidagi nizom hamda idoralararo elektron hamkorlik yoli bilan almashinadigan malumotlar royxati tasdiqlandi. Adliya vazirining 2017 yil 5 apreldagi buyrugiga asosan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi togrisidagi yoriqnomaga tegishli ozgartirish va qoshimchalar kiritildi. Natijada yoriqnoma Kochmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qollagan holda tasdiqlash deb nomlangan 21-paragraf bilan toldirildi. Buning ozi ham muammolarning toliq yechimi uchun yetarli emasdi.

Prezidentimizning 2018 yil 25 maydagi Nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori ham bu boradagi yana bir muhim qadam boldi.

Mazkur qaror ijrosini taminlash maqsadida Notariat instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonun loyihasi ishlab chiqilib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi va maqullash uchun Senatga yuborildi.

Loyihada bir qator muhim jihatlar oz aksini topgan. Jumladan, hujjatda kochmas mulk ijarasi va tekin foydalanish shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlashni bekor qilish, kochmas mulk bilan bogliq bitimlarni respublikadagi istalgan notarial idorada rasmiylashtirish nazarda tutilgan. Jismoniy va yuridik shaxslar notarial tasdiqlanadigan bitim loyihasini mustaqil tayyorlaganda, huquqiy va texnik tusdagi qoshimcha harakatlar uchun haq tolashdan ozod etilishi, jismoniy va yuridik shaxslarning notarial idoralarga elektron murojaat qilish tartibi belgilanmoqda.

Mol-mulkni ozga shaxsga otkazishga taqiq qoyish va uni bekor qilish notarial harakati hamda unga alohida davlat boji tolanishi normasi ham chiqarib tashlandi. Shuningdek, qonunda yuridik shaxsning vakolatli boshqaruv organi murojaatiga kora, uning kollegial organi tomonidan qaror qabul qilinganlik faktini tasdiqlash belgilanmoqda. Notarius lavozimiga nomzodlarning amaliyot otash tartibi, ayrim turdagi bitim, ariza va boshqa hujjatlarni imzolash jarayonini majburiy audio hamda video yozuvda qayd etish haqida meyorlar orin olgan. Yani, bunda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulaylik yaratish masalasi qamrab olingan. Loyihaga notariuslarni attestatsiyadan otkazish va ularni rotatsiya qilish hamda boshqa ozgartishlar ham kiritilgan.

Ushbu qonunning qabul qilinishi kelgusida jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda notariat institutining rolini oshiradi. Notarial xizmatlarning samarali, shaffof tizimini yaratishga hamda sohani halol, yuqori malakali mutaxassislar bilan toldirishga komaklashadi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Zilola UBAYDULLAYEVA yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: