O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
20.09.2018

SHHTGA AZO DAVLATLAR TEMIR YOLLARI MAMURIYATLARI RAHBARLARINING BIRINCHI MAJLISI TOGRISIDA AXBOROT

Toshkent shahrida 19 sentabr kuni «O‘zbekiston temir yollari» AJ raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar temir yollari mamuriyatlari rahbarlarining birinchi majlisi bolib otdi.

Unda Shanxay hamkorlik tashkilotiga azo davlatlar vakillari — Hindiston Respublikasi Temir yollar vazirligining Temir yollar kengashi azosi Girish Pillay, Qozogiston temir yollari Milliy kompaniyasi boshqaruvi raisi Kanat Alpisbayev, Qirgiziston temir yollari Milliy kompaniyasi davlat korxonasi bosh direktori orinbosari Ruslan Bektemirov, Xitoy Xalq Respublikasi temir yollari davlat boshqaruvi boshligining orinbosari Lyu Ketsyan, Pokiston temir yollari raisi Muhammad Javad Anvar, Rossiya Federatsiyasi temir yollari ochiq aksiyadorlik jamiyati bosh direktori boshqaruvi raisi Oleg Belozyorov, Tojikiston temir yollari davlat unitar korxonasi boshligi Komil Mirzoali ishtirok etdi.

Shuningdek, majlisda ShHTda kuzatuvchi davlatlar Afgoniston Islom Respublikasi, Belarus Respublikasi va Mongoliya Respublikasi temir yol tashkilotlari rahbar va mutasaddilari, ShHTning muloqot boyicha hamkori Ozarbayjon Respublikasi temir yollari raisi hamda ShHT Bosh kotibi orinbosari Se Syaoyun qatnashdi.

ShHT doirasidagi hamkorlikning mazkur yangi formatiga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan shu yil iyun oyida Xitoyning Sindao shahrida otgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga azo davlatlar rahbarlari uchrashuvida asos solindi.

Qayd etilganidek, tashkilotga azo davlatlarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi bevosita transport-kommunikatsiya tarmoqlarini kompleks taraqqiy ettirishga bogliq. Xususan, temir yol transporti davlatlararo tovar ayirboshlash, import-eksport tashuvlarni amalga oshirish, dengiz yollari bilan togridan-togri ulanish imkoniga ega bolmagan mamlakatlarning jahon bozoriga chiqishi uchun muhim orin tutadi.

Transport borasidagi imkoniyatlarni birlashtirish ShHTga azo davlatlar iqtisodiyotini rivojlantirish barobarida, xalqlar ortasidagi hamkorlik aloqalarini ham mustahkamlaydi, deydi Girish Pillay. Ozbekiston tashabbusi bilan doimiy faoliyat yuritadigan muloqotning yangi shakli Sharqni Garb bilan, oz navbatida, Shimolni Janub bilan boglaydigan transport-kommunikatsiya tarmoqlarining integratsiyalashuvini taminlash hisobiga yuk tashuvlar hajmini oshirish imkonini beradi. Buning uchun, avvalo, barcha milliy transport tarmoqlari yagona meyorlarini ishlab chiqish zarur. Tadbirda bu borada Hindiston tomoni takliflari yuzasidan maslahatlashdik.

Uchrashuvda transport bozori xizmatlarini kengaytirish, bojxona hujjatlarini rasmiylashtirishni yengillashtirish va tarif siyosati masalalari boyicha muzokaralar olib borildi. Yangi iqtisodiy xalqaro yolaklarni yaratish, dengiz portlariga chiqish imkoniyatlari korib chiqildi.

Kun tartibidan orin olgan yana bir muhim masala logistika markazlari tizimini tashkil qilish, eksport-import yuklarini jahon bozoriga olib chiqish boyicha korsatiladigan xizmatlarni yaxshilash imkoniyatlarini tahlil qilishdan iborat boldi.

Muloqot chogida temir yol infratuzilmalariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, xalqaro moliya institutlari ishtirokida yangi temir yol yolaklarini ochish, mintaqada yuk tashishni oshirish imkonini beradigan istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish masalalari keng muhokama qilindi.

XXI asrda transport tizimlarimiz oldida turgan vazifalar kolami hamkorlikning ana shunday yangi yonalishini yaratishga ehtiyoj tugdirayotganini takidlamoqchiman, deydi Oleg Belozyorov. Shu nuqtai nazardan Ozbekistonning ShHTga azo davlatlar temir yollari mamuriyatlari rahbarlarining doimiy muloqoti borasidagi tashabbusini toliq qollab-quvvatladik. Endilikdagi vazifamiz transport borasidagi imkoniyatlarni birlashtirishning huquqiy asosini ishlab chiqishdan iborat. Shuningdek, tariflar, logistika xizmatlari, yuk tashish mexanizmlari boyicha qarashlarni uygunlashtirish zarur. Majlis davomida shu kabi ustuvor vazifalar haqida ozaro fikr almashish imkoniga ega boldik.

Majlisda Shanxay hamkorlik tashkilotiga azo davlatlar temir yollari mamuriyatlari rahbarlarining Bayonoti imzolandi.

Ushbu hujjatda ShHTga azo davlatlarning transport xizmatlarini birlashtirish yonalishidagi rejalarga toliq mos keladigan, ozaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga moljallangan asosiy yonalishlar oz ifodasini topgan.

Tomonlar ShHTga azo davlatlar temir yollari mamuriyatlari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvini Qozogistonda otkazishga kelishib oldi.

Ulugbek SHONAZAROV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: